Veb sahifalarni yaratish va ular bilan ishlash tartibi

Veb sahifalarni yaratish va ular bilan ishlash tartibi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Veb sahifalarni yaratish va ular bilan ishlash tartibi - rasmi

Material tavsifi

Veb-sahifalarni yaratish va ular bilan ishlash tartibi Reja: Veb-sahifa tavsifi Korxonaga veb-sahifa nima uchun zarur Sahifa turlari va mazmuni tarkibi Veb-sahifani yaratishda nimalarga etibor berish zarur Sahifani yaratish va joylashtirish Boshqarish Ommaviylashtirish yo'llari Veb-sahifa tavsifi Veb-sahifa Internetdagi sahifadir. unda ma'lumotlar joylashadi. Bu - matn, rasm, jadval, audio va video ma'lumotlardir. Veb-sahifa so'zi ingliz tilida quyidagi manoni anglatadi. «Veb» bu o'rgimchak va «sahifa» joy, yani tarmoqdagi joy, tarmoqning qismidir. Veb-sahifa Internetdagi malum manzilda joylashgan elektron ma'lumotlar majmuasidir. Veb-sahifa korxonaga nima uchun zarur Hozirgi kunda dunyoda 500 millionga yaqin veb-sahifalar yaratilgan. ular oddiy foydalanuvchilar yoki tashkilotlar, korxonalar, ta'lim muassasalariga tegishlidir. Barcha vebsahifalar birgalikda xalqaro tarmoqni yaratadi. Shuning uchun Internetda korxona veb-sahifasi bozor uchun eng yaxshi vositadir. Bu esa korxona uchun veb-sahifa zarurligining isbotidir. Shu bilan birga, Internetda korxona veb-sahifasining mavjudligi uning obro'sini ko'taradi va jiddiyligidan dalolat beradi. Veb-sahifalar quyidagi vazifalarga va imkoniyatlarga egadir: Aloqa - veb-sahifa aloqa vositasidir. Korxona bog'lanish uchun ma'lumotni, yani manzil, telefon raqamlari va elektron manzilni veb-sahifada ko'rsatish mumkin. uning yordamida bog'lanish imkoniyati, yana bir usuli aloqa qilish uchun maxsus shakl yoki forumdan foydalanish mumkin. Mijoz va hamkorlar qulay bo'lgan paytda sizga Internet orqali murojaat etishi va siz ham ularga qulay bo'lgan paytda javob berishingiz mumkin. Hatto hisobotlarni va to'lovlarni Internet orqali jo'natish mumkin. Vebsahifa mehmonxonasi yordamida ham bog'lanish mumkin. Mehmonxonani ma'muriy ravishda boshqarish tavsiya etiladi, yangi taklif, g'oyalar va savollar uchun maxsus murojaat uchun murojaatnoma yaratish mumkin. Axborot - Korxona rasmiy biznes ma'lumotnomasini, faoliyati, tajribasi, hamkorlari, xizmatlari, mahsulot tavsiflarini veb-sahifada yoritish mumkin. Korxona hamkorlik shartlari bilan mijoz va hamkorlarni tanishtirishi hamda rejalar haqida ma'lumot berish mumkin. ma'lumot tavsifi matn, rasmlar va jadvallar yordamida yoritilishi mumkin. Videotasvirlardan ham foydalanish mumkin. ma'lumotlar to'g'ri bo'lishi shart, shuning uchun ularni muntazam ravishda, yangilab borish tavsiya etiladi. Bu korxonaning jiddiyligini aks ettiradi. Marketing - Veb-sahifada mahsulotlar bozorini o'rganish, yangi hamkorlar va mijozlar topish, yangi buyurtmalarni rasmiylashtirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, tanlovlar o'tkazish mumkin. So'rovnomalar yordamida mahsulotlarga talabni tezda deyarli xarajatsiz o'rganish mumkin. Masalan, yangi mahsulotga bo'lgan talablarni o'rganish, yangi taklif va g'oyalar va savollar uchun murojaatnoma yaratish mumkin. Bu ma'lumotlar korxona mahsulotlari va xizmatlari sifatini oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga, korxona mijozlari geografiyasini bilish mumkin. Hamkorlar uchun ma'lumotlarni maxsus sahifada yoritish mumkin. Axborotnomalar yordamida esa ularga ma'lumotni muntazam ravishda yuborish mumkin. Internet foydalanuvchilari soni jadallik bilan ko'payib borishi uni odatdagi ommaviy axborot vositalaridan ustunligini ko'rsatadi. Reklama - Veb-sahifada korxona mahsulotlari va xizmatlarini reklama qilish mumkin. Buning uchun mahsulotlar va xizmatlar haqidagi ma'lumotni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 452.8 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 452.8 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga