Videokartalar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi TDSHI qoshidagi Akademik Litsey Videokartalar haqida ma'lumot Ba'zan bo'lsa ham zamonaviy kompyuter o'yinlarini o'ynaydigan har qanday foydalanuvchi o'yinli qo'shimchalarning qulayliklari to'laligicha grafik adapterlar mahsuldorligiga bog'liq bo'lishini biladi. Shu bilan birga shaxsiy kompyuter sotib olayotganda videokarta masalasiga kelganda ko'pincha foydalanuvchilarda ikkilanish paydo bo'ladi, qarama-qarshi fikrlar mahsuldor grafik adapter sotib olish istagidan aynitadi? «Mana qo'shnim GeForce FX5200 videokarta bilan o'zining kompyuterida «Need For Speed Underground» o'yinini o'ynaydiku, lekin hech qanday noroziligi yo'q …- deb o'ylaydi xaridor, - demak u yaxshi, shuning uchun men ham ortiqcha ellik mingni sarflamayman». Shunday qilib. Avvaldan o'yinlar uchun mo'ljallangan shaxsiy kompyuer ofisga mo'ljallangan mashinaga o'xshab qoladi. Eslatib o'taman, har doim ushbu kompyuterda qanday ishlar bajarilishini aniq esda tutish kerak va shundan kelib chiqib kompyuterni tuzilishini belgilash kerak - faqat shu yo'l bilan kerakli narximahsuldorligi eng yaxshi nisbatlarga erishish mumkin. Bu maqolamizda biz zamonaviy grafik tezlatgichlarni o'rganib chiqishga va ular nimalarga qodir ekanliklarini tushunib olishga harakat qilamiz. Biz nVidia kompaniyasi GeForce 6 series va ATI kompaniyasining Radeon X series tezlatgichlari haqida gapiramiz.2004 yil yozida grafik tezlatgichlar bozorida mana shu sohada ikkita asosiy raqobatchilar hisoblangan kompaniyalar deyarli bir vaqtda yangi avlod chiplarini chiqardilar. Kaliforniyadagi nVidia kompaniyasi NV40 kodli nomi bilan, Kanadaning ATI firmasi esa R420 kodli nomi bilan grafik chiplarni taqdim etdilar. Xalq orasida bu chiplar nVidia GeForce 6800 va ATI Radeon X800 nomlari bilan ma'lumdir. Avvalgi avlodlarining mahsuldorligi ancha sekin o'sib kelishi mazmunida bu yangi grafik prosessorlarning chiqishi haqiqiy keskin o'sish bo'ldi. Mahsuldorligi avvalgi avlodga nisbatan deyarli ikki barobarga ortdi va 3DMark 2003 natijalari bo'yicha birinchi bor 100 «qushchalar» mahsuldorligiga erishildi. Bu yangi qurilmalarning imkoniyatlari eng zamonaviy 3D-o'yinlar uchun hatto tasvir sifatini maksimal darajada sozlaganda ham yetib ortadi. Bu ikki kompaniyalar ichida ilg'orini ko'rsatishning (nVidia yoki ATI) hech ham iloji yo'q, bu ikki stakandagi suvlarni taqqoslash bilan barobardir. U yoki bu videokartalarga baho berishdan avval ularning umuman qandayligini bilish olish kerak. Umuman olganda videokarta - bu plata, prosessor, xotira va sovutish tizimidan tashkil topgan shaxsiy kompyuterning yaxlit bir grafik tizimidir. Aytish mumkinki, videokarta - bu shaxsiy kompyuterning platformasi bilan o'xshash tuzilishdagi alohida tizim, lekin u faqat grafik ma'lumotlarni ishlab chiqadi. Ushbu holatda GPU (Graphic Processor Unit) prosessor hisoblanadi. Grafik prosessorlar biz uchun odatiy bo'lgan markaziy mikroprosessorlardan farqli ravishda ancha oddiyroq yarim o'tkazgichli qurilma hisoblanadi. Zamonaviy GPU unchalik nozik bo'lmagan 110130 nm texnologik jarayon bilan ishlab chiqarilmasa ham (GPU ishlab chiqaruvchi ulkan Intel va AMD kompaniyalari va boshqalar anchadan beri 90 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 947.06 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 947.06 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga