Viruslar va Antiviruslar Kompyuter virusi o'zi nima? Virus ham bir dastur. Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini hotirjamligini buzishga va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar yetkazishni o'zining maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun dunyo bo'yicha 200 00 dan ortiq virus dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo'lib, kompyuterdagi ma'lumotlarga zarar etkazadi yoki kompyuterning ishlash samaradorligini tushirib yuboradi. Kompyuter virusi o'zi nima? Kompyuter virusi o'lchami bo'yicha katta bo'lmagan, maхsus yozilgan dasturdan iborat bo'lib, u o'zini boshqa dasturlarga «yozib qo'yishi», shuningdek, kompyuterda turli noхush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va unga «yuqadi», shuningdek, qandaydir zararli amallarni bajaradi. Kompyuter virusi o'zi nima? Kompyuteringizda antivirus tomonidan ushlangan viruslarning qaysi turga kirishini bilish sizga nima beradi? Birinchidan, sizga bu virusga qarshi qanday samarali kurashishda yordam berish mumkin. Ikkinchidan, bu viruslarning qanday zarar yetkazishi mumkinligini bilib olasiz, keyinchalik bunday viruslardan ogoh bo'lasiz. Uchinchidan, bu ma'lumotlar sizning kompyuter savodxonligingizni oshishiga yordam beradi. Troyanlar (Trojan Horses) Troyanlar odatda internet orqali tarqaladi. Troyanlar kompyuteringizga o'rnashib olib, dastlab foydali programma sifatida o'zlarini tanishtiradilar, lekin ularning asl vazifasi foydalanuvchiga noma'lumligicha qoladi. Yashirin ravishda ular o'zlarining yaratuvchisi (cracker - yovuz haker) tomonidan belgilangan harakatlarni amalga oshiradilar. Troyanlar o'z-o'zidan ko'paymaydi, lekin kompyuteringiz xavfsizligini ishdan chiqaradi: troyanlar kerakli ma'lumotlaringizni o'chirib yuborishi, kompyuterdagi ma'lumotlarni kerakli manzilga jo'natishi, kompyuteringizga internetdan ruxsatsiz ulanishlarni amalga oshirishi mumkin. VIRUS ning turlari Chuvalchang viruslar (Worms) Chuvalchang (черв) viruslar o'z nomiga mos ravishda juda tez o'z-o'zidan ko'payadigan viruslardir. Odatda bu viruslar internet yoki intranet tarmoqlari orasida tarqaladi. Tarqalish usuli sifatida elektron xatlar yoki boshqa tez tarqaluvchi mexanizmlardan foydalanadi. Ular haqiqatan ham kompyuteringizdagi ma'lumotlar va kompyuter xavfsizligiga katta ziyon yetkazadi. Chuvalchang viruslar operatsion tizimning nozik joylaridan foydalanish yoki zararlangan elektron xatlarni ochish yo'li bilan kompyuteringizga o'rnashib olishi mumkin. VIRUS ning turlari Boot sektor viruslari (Bootsector viruses) Bu viruslar kompyuterning ishlay boshlashi (загрузка) uchun foydala-niladigan qattiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradi. Bu virus kompyu-teringizni zararlaganidan keyin kompyuter ishlamay qolishi mumkin. Odatda floppy disklar orqali tarqaladi. VIRUS ning turlari Makro viruslar (Macro viruses) Macro viruslar bu - o'zlarining tarqalishi uchun boshqa bir programmaning makro dasturlash tilidan foydalanadigan viruslardir. Ular odatda Microsoft Word yoki Excel xujjatlarini zararlaydi. VIRUS ning turlari Operativ xotirada yashovchi viruslar Bu viruslar kompyuteringizning operativ xotirasida (RAM) yashaydi va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
361.5 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
361.5 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: pptx