Visual Basic dasturiy tizimda massivlar bilan ishlashni tashkillashtirish Mundarija Kirish Visual Basic haqida umumiy ma'lumotlar Visual Basicda loyihalar, metodlar, xossalar va hodisalar ma'lumot turlari, o'zgarmas va o'zgaruvchilar Massivlar bilan ishlash Adabiyotlar. Kirish Hozirgi davr ilmiy-texnika taraqqiyoti jadal suratlar bilan, turli xil mutaxassisliklarning egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning mazmunining o'zgarishi va hajmining ortishi bilan xarakterlanadi. ta'lim jarayoni samaradorligining istiqbolli usullaridan biri uni avtomatlashtirish hisoblanadi, yani o'qitish vositasi sifatida zamonaviy hisoblash texnikasidan foydalanishdir. ta'limda kompyuterlarni qo'llash o'quv jarayonlarning barcha sohalariga va o'quv materiali mazmuniga ta'sir ko'rsatadi, shuningdek, o'qitish usullari, qo'llanilayotgan masalalarga, o'quvchilarning qiziqtirishga va h.k. larga ta'sir etadi. Ushbu malakaviy bitiruv ishi Visual Basic 6 muhitida masivlar bilan ishlashni tashkil qilishga bag'ishlangan. Ushbu ish kirish, olti qism, xulosa, adabiyotlar ro'yxatidan tuzilgan. Ishning birinchidan turtinchi qismigacha Visual Basic programmalashtirish asoslari, Visual Basic muhiti, vizual programmalashtirishning asosiy tushunchalari va operatorlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Beshinchi qismi, Visual Basic muhitida massivlar bilan ishlashga, bag'ishlangan bo'lib, ularni yaratish, saqlash, ma'lumotlarni izlash kabi vazifalarni bajaruvchi proyektlari ishlab chiqilgan va ulardan foydalanishga misollar ilovalar ko'rinishida keltirilgan. Ishning amaliy qismida ilovaning yaratilishi va undan foydalanishga doir ko'rsatmalar berilgan. 1. Visual Basic haqida umumiy ma'lumotlar Visual Basic- Windows asosida ishlaydigan dasturlar tuzish uchun kulay vosita hisoblanadi. Basic so'zi - Beginner's All-purase Sysbale Instuction Code dan hosil bo'lgan (Boshlovchilar uchun umum yo'nalishdagi dasturlash tili). Bu tilning mazkur dastur versiyasidagi Visual so'zi dastur tuzish jarayonida ko'plab operatsiyalar vizual vositalari yordamida, yani bevosita kodlarni yozmasdan bajarilishni anglatadi. Visual Basic ning yana bir yutug'i shundaki, u MS Office paketi dasturi va Internet resurslari bilan ishlaydi. Visual Basic bir necha versiyada ishlab chiqiladi. Visual Basic integrallashga muhiti - bu menyu satri, asboblar paneli va oynalarning majmuasi programmistning ish joyini tashkil qiladi. Menyu satri -dastur tuzishning barcha ishlarini boshqarish uchun yordam beradi: File, Edit, View, Projest, Format, Debug, Run, Query, Diagram, Tools, Add-ins, Window, Help (1-rasm). 1-rasm Asboblar paneli o'zining knopkalari orqali menyuning ko'pgina imkoniyatlariga tez kirish uchun xizmat qiladi. Shakl - Visual Basic da dasturlarning asosiy qurish bloki - shakllar dizayneri oynasida joylashadi. VB ilovalarinig ko'pchiligi ekran shakli asosida yaratiladi. Shakl - biz rasm chizishimiz mumkin bo'lgan oq matodir. Ko'pchilik xollarda ilova bir nechta shaklga ega bo'ladi, lekin VB ishlash jarayonida ularni yashirish va ko'rsatishga imkon beradi. Toolbox paneli loyiha shakllariga turli xil ActiveX elementlarini qo'shish uchun foydalinadi. Project Explorer oynasida ishlov berilayotgan loyiha va ularning qismlari aks ettiriladi. Xossalar oynasida shakl va modullardagi boshqarish elementlarning xossalarini ko'rish va o'rnatish mumkin. Shaklga boshqarish elementlarini ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
154.61 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
154.61 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: docx