Web 2.0 servislar orqali o'quv jarayonini tashkil etish mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI KIRISH Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar davomida o'zgarmay kelgan holatlarni o'zgartirib yubordi. Bu odatdagi xat yozishmalari elektron pochta bilan, kutubxonalar esa web-saytlar bilan almashinishida namoyon bo'ldi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi - ta'lim sohasida tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratishdir. Bu tizim dunyoga yangi ko'z bilan qaraydigan, ishning ko'zini biluvchi, vaziyatni tahlil qilib, to'g'ri xulosa chiqarib, qaror qabul qiluvchi, kelajakni mustahkam poydevorini quruvchi va jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi kadrlar tayyorlashni eng muhim va mas'uliyatli vazifa sifatida amalga oshirishi lozim. Bu vazifani amalga oshirishda ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini tashkil etish, fanlarni o'qitishda o'quv-uslubiy kompleks va uning o'quv jarayonini tashkil etishda qo'llash muhim rol o'ynaydi. O'qitish jarayonini kompyuterlashtirishda ikki yo'nalishni ajratish mumkin: kompyuterni ta'lim vositasi sifatida qo'llashning barcha usullarini o'zlashtirish va kompyuterdan o'rganish obyekti sifatida foydalanish. Kompyuterning texnik ko'rsatkichlari va dasturiy ta'minotining takomillashib borishi didaktik imkoniyatlarning kengayishi, uning ta'lim vositasi sifatida yangi xossalarini namoyon qilmoqda. Kompyuterlar yordamida o'qitishning rivojlanish tarixida an'anaviy va intellektual o'qitish tizimlarini ajratish mumkin. Intellektual o'qitish tizimlarining asosiy maqsadi o'quv masalalarini hal etish bosqichlari xususiyatlarini inobatga olgan holda o'quv faoliyatini amalga oshirish va boshqarishdan iboratdir. Intellektual o'qitish tizimlarida individuallashtirilgan o'qitish talabalarning dinamik modeli asosida amalga oshiriladi. Bunday tizimlar talabalar va kompyuter o'rtasida boshqaruv vazifalarini taqsimlash imkoniyatini berish orqali talabalarda o'quv faoliyatini shakllantirishda yangi o'quv topshiriqlarini beradi, ya'ni mustaqil o'qishga o'rgatishga optimal o'tish amalga oshiriladi. Kompyuterlar vositasida o'qitish o'quv jarayonining barcha jabhalariga samarali ta'sir ko'rsatadi. Kompyuterlarning o'qitish mazmuniga ta'siri talabalarga ko'plab imkoniyatlar ochib beradi. Bu kompyuterlarning o'quv materiallarini namoyish etish imkoniyatlari yuqori ekanligi, sun'iy intellekt g'oyalarning joriy etilishi, talabalarga ko'plab axborotlarni yetkazish vositasi ekanligi bilan bog'liqdir. Ikkinchi tomondan kompyuterlar o'qitish mazmuniga har xil evristik vositalarni kiritadi. Kompyuterlarning muhim ahamiyatli tomonlaridan biri ularni integratsiyalashgan o'quv fanlarini yaratishga real imkoniyat vujudga keltirishidir. O'quv maqsadlarida kompyuterlardan foydalanish talabalarning faoliyatini ijobiy tomonga o'zgartiradi. Endi talaba o'qituvchiga murojaat qilmasdan ham zarur axborotlarni mustaqil izlab topishga, ya'ni mustaqil tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo'ladi. Kompyuter yordamida o'qitishning ikkinchi yo'nalishi kompyuterlarni o'rganish obyekti sifatida qo'llashdir. Kompyuterlarning o'quv jarayonida o'qitish vositasida qo'llanilishi didaktika va pedagogik psixologiyaning ayrim nazariy asoslarini takomillashtirishni taqozo etadi. Jumladan, ekspert tizimlar talabani istalgan murakkablikdagi masalani yechishda optimal yechimni tanlash, gipermatn o'rgatuvchi tizimlar esa talabaga o'quv materiallarini o'zlashtirish ketma-ketligini tanlash imkoniyatlarini beradi. Ta'kidlash joizki, kompyuterlar vositasida o'qitish ta'limning barcha muammolarini yechishga olib kelmaydi. Kompyuter o'quv jarayonida pedagog faoliyatini ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.16 MB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.16 MB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc