Web brauzerlar va html tili asoslari RYeJA: 1. Web brauzerlar 2. Netscape Comunicator 3. Internet Explorer 4. WW ga kirish 5. HTML asoslari 1. Web brauzerlar HTML da yozilgan Web sahifa odatda brauzer deb nomlanuvchi maxsus dastur yordamida quriladi. Bu so'zning o'zbekchaga to'g'ridan - to'g'ri tarjimasi «sharxlovchi dastur» manosini beradi. Brauzerning asosiy vazifasi foydalanuvchi talabiga muvofiq manzilni internetdan topish va qiyinchiliksiz uni tasvirlashdir. Oldiniga brauzer HTML tilida yozilgan «instruksiyani» tahlil qiladi va bu instruksiya yordamida Web sahifada mavjud bo'lgan axborotni tasvirlaydi. Hozirgi kunda eng ko'p ishlatiladigan 2 ta Web brauzer mavjud bo'lib Web sahifa tayorlovchilar bu brauzerlarning xususiyatlarini etiborga olishlari kerak. Bular Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer (IE) brauzerlaridir. Aslida brauzerlar juda ko'p, lekin ular dunyoda ishlatilayotgan brauzerlarning bor - yo'g'i 1% ni tashkil qiladi. Qolgan 75% ni IE, 24% ni esa Netscape Navigator egallaydi. Demak shunday ekan ko'pchilik hollarda shu 2 ta brauzer haqida so'z yuritiladi. Keling endi brauzerlar tarixiga nazar tashlaylik. 1989-yilda Shveytsariyada CERN (The European Labaratoru for Practikle physics) olimlari tomonidan WW tizimiga asos solingandan keyin uning axborot manbalarini ochib ko'rish muammosi paydo bo'ldi. Bu muammoni hal qiluvchi dastlabki dasturlardan biri bu Lynx tipidagi satrli brauzerdir. Shunday qilib dastlabki satrli brauzerlar paydo bo'ldi. Vaqt o'tishi bilan brauzerlardan faqat matnlarni emas, balki ovoz, grafika va tasvirlarni tasvirlash ham talab qilindi. Grafik ma'lumotlarni matnli ma'lumotlar kabi ko'rish masalasi birinchi bo'lib Mosaic brauzeri tomonidan amalga oshirilgan . Mosaic brauzeri UNIX, PC va Macintosh platformalarida ishlashga mo'ljallangan bo'lib bepul brauzerdir. Keyinchalik Mosaic va Silicon Graphics asoschilari birlashib hozirgi kunda yetakchi brauzerlardan bo'lgan Netscape brauzeriga asos soldilar . 2. Netscape Communicator Bu brauzer eng mashxur va ko'p ishlatiladigan Web brauzerlardan biridir. Netscape kompaniyasi foydalanuvchi uchun juda sodda va qulay bo'lgan ushbu dasturni bepul tarqatib Internet va WW olamida inqilob qildi. Yillar davomida bu dastur Internet muhitida aloqa vositalarini o'zida to'liq mujassam qildi. Bu dasturga elektron pochta va yangiliklarni o'qish vositalari qo'shildi. Bularning hammasi birgalikda Netscape Communisator deb nom oldi. Agar siz ushbu brauzerdan foydalanmoqchi bo'lsangiz u holda http:home.netscape.com sahifaga kirib dasturni kompyuteringgizga o'rnatishinggiz mumkin. Netscape ochiq arxitekturaga ega, yani u Java va JavaScript tillarida yozilgan dasturlarni tushinadi. Netscapening yuqoridagi imkoniyatlari va uning ixtiyoriy platformalar (Windows, Macintosh, OS2 va UNIX ning barcha versiyalari) bilan birga ishlay olishi uning mashhurligini yanada oshiradi. 3. Internet Explorer Netscape ning jiddiy raqobatchisi Microsoft firmasining Internet Explorer brauzeri hisoblanadi. Bu brauzer Netscapning yangi imkoniyatlarini o'zida mujassam qilgan va o'zining ilg'or texnologiyasiga ega bo'lgan brauzerdir. Internet Explorer ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.58 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.58 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc