Web Freelance saytlari bilan tanishish

Web Freelance saytlari bilan tanishish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Web Freelance saytlari bilan tanishish - rasmi

Material tavsifi

Web-freelance saytlari bilan tanishish Frilanserlik iste'dod yoki sevimli mashg'ulotni pulga aylantirishning eng yaxshi usullaridan biri. Har bir shaxs o'zi yoqtirgan va o'ziga ma'qul kelgan loyihalar ustida ishlashi mumkin. Frilans veb-saytlar ish qidirayotganlar va ish beruvchilar o'z takliflarini joylashtiradigan platformalardir. INTERNET FRILANSERLIK BILAN SHUG'ULLANUVCHI SOHALAR Matnlar bilan ishlash bo'yicha mutaxassislar Dasturchilar Administratorlar Dizaynerlar Veb-dizayner va sahifalovchilar Veb-saytni yurituvchi mutaxassislar SMM marketingni yurituvchi mutaxassislar Murabbiylar Freelance saytlari Saytlar mustaqil shaxslarga frilanserlikni boshlashga yordam berish uchun ishlab chiqilgan erkin xizmat bozori hisoblanadi. Ushbu bozor turli kasb egalari, jumladan, yozuvchi, dasturchi, grafik rassom va boshqalarga xizmat ko'rsatadi. https:ww.upwork.com bulutli global Freelance platformasi bo'lib, bugungi kundagi eng katta ish qidiruvchilar jamg'armasi hisoblanadi. Iqtidorli, bilimli shaxs o'z ishini ko'rsata olsa bo'lgani - internet orqali daromad topishda hech qanday muammo bo'lmaydi. Xizmatga bepul ro'yxatdan o'tish mumkin. Oson hisob-kitob; ilovalar bilan aloqa kanallari; oson va xavfsiz to'lovlar mavjud. https:ww.freelancer.com frilans xizmat bozori va kraudsorsing platformasi bo'lib, xaridor va sotuvchilarni bir joyga yig'ish uchun qurilgan. Narx rejalari juda moslashuvchan; xavfsiz va ishonchli to'lovlar. Jarayonni oson kuzatib borish; profildagi ma'lumotlar yordamida yaxshi loyihalarni qo'lga kiritish mumkin Web-sayt atamasi har kuni bir necha marta qulog'imizga chalinadi. Ushbu so'z internet manzil ekanligini bilamizku, ammo web-sayt tushunchasi, uning asl mohiyati, nima uchun kerakligi, nega bu qadar ommalashib borayotganligi va balki o'zimiz ham saytimizga ega bo'lishimiz kerakligi haqida o'ylab ko'rmaymiz… Web-sayt - bu noyob manzil Sayt yoki web-sayt inglizcha website: web - «o'rgimchak to'ri, tarmoq» va site - «joy, segment, tarmoqning bir qismi» degan ma'nolarni anglatadi. Sayt - bu bitta domen nomidan foydalanadigan, bir-biriga bog'langan web-sahifalar to'plami. Web-saytlar shaxs, guruh, korxona yoki tashkilot tomonidan turli maqsadlarda yaratilishi mumkin. Barcha ommaviy web-saytlar butun dunyodagi internet to'rini tashkil qiladi. Oddiy qilib aytganda, sayt - bu Internetda joylashgan, ba'zi ma'lumotlarni (matn, video, fotosuratlar, hujjatlar, musiqa va hk) o'z ichiga olgan manzil. Internet esa ushbu manzillar to'plamidir. Saytlarning Turlari Ayni paytda turli xil web-saytlar mavjud: ta'lim, yangiliklar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron tijorat saytlari (onlayn-do'konlar), bloglar, lendinglar va h.k. 1. Kompaniya yoki shaxs haqidagi batafsil ma'lumotlarni taqdim etish - web-sayt orqali kompaniya, xizmatlar, buyurtma shartlari va aloqalar haqida batafsil ma'lumotlarni ommaga taqdim etish mumkin. Sayt mijozlaringizni xizmat yoki mahsulotlaringiz haqida yil bo'yi, kecha-yu kunduz xabardor qiladi. Siz o'z saytingizga havolani vizitkalar, suhbat davomida, reklama materiallari va kataloglarda, qidiruv tizimlarida va shu kabi turli ma'lumotnomalarda taqdim etishingiz mumkin. Qolaversa saytdagi ma'lumotlarni o'zgartirish va yangilash ham juda oson. Bu avvalgi reklama bukletni modellashtirish, chop etish va mijozlarga yuborish kabi sarf-xarajatlarning oldini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.16 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.16 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga