Multimedia vositalari Multimedia vositalari o'qitish jarayonida foydalanish o'qitishning sifati va samarasini oshirib o'rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimedia vositalari bilan olib borilgan saboq o'quvchining darsga bo'lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi. Multimedia - bu informatikaning dasturiy va t exnikaviy vositalari axborotning an'anaviy va noan ' anaviy turlari asosida o'quv materiallarini tinglovchilarga yetkazib b erishning mujassamlashgan h oldagi ko'rinishidir. Multimedia hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot t exnologiyasi bo'lib, u quyidagilarni o'z ichiga oladi: an'anaviy axborot turlari: matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, t elekadrlar, anima t siya ko'rinishidagi axborot turlari); vi d eo va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy pro t sessorning h arakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o'tkazish qobiliyati, tezkor video-xotira, katta sig'imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari b o' yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi; inson - kompyuter - inson in t eraktiv muloqotining yangi darajasining ta'minlanishi, muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladi. Ta 'lim jarayonida m ultimedia vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish mumkin. Hozirda amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida tinglovchilarni o'qitish ikki barobar samarali bo'lmoqda. Ma'lumki, eshitgan materialning to'rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo'lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 foizgacha oshadi. Shuningdek, mazkur o'quv dasturlar audio, video va grafika ko'rinishida mujassamlashtirilgan holatda tinglovchilarga berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 70-95 foizga oshishi kuzatilmoqda. Ta'lim sohasida multimedia vositalari yordamida tinglovchilarga bilim berish afzalliklari : · Ta'lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o'zlashtirish imkoniyatining mavjudligi. · Ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqini yanada oshishi. · Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishilishi. · Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolinishi va uni amaliyotda qo'llash mumkinligi Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: · sistema bloki; · monitor; · klaviatura; · sichqoncha; · tashqi qurilmalar. Sistema bloki - odatda ikki xil ya'ni, desktop (yassi) yoki town (minora) ko'ri-nishlarida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo'lib, ular quyidagilardir: · Tezkor xotira (RAM-Random Accyess Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo'lgan) · mikroprosessor , · qurilmalar nazoratchilari, (ya'ni kontrollerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta'minlash bloki), · yumshoq disk yurituvchi qurilmasi (FDD-Floppy Disk driver), · qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk driver), · faqat o'qish uchun mo'ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-Compact Disk Read Only Memory) ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
304.33 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
304.33 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: docx