Web-sahifa dasturlashni faollashtirish Reja: 1.Internet xizmati rivojining holati va kelajagi 2.Internetda axborotlarni ifodalash 3. Web-sayt yaratish va o'rganish muammosini faollashtirish Informatsion-kompyuter texnologiyasi muhitida innovatsiya jarayoni juda yuqori suratlar bilan o'sayotgani odatiy holga aylanib bormoqda. Ayniqsa, bu internet global tarmog'i uchun xarakterlidir. Hozir Internet nafaqat behisob hajmdagi axborotga ega bo'lgan global kompyuter tarmog'i hisoblanishi bilan birga behisob odamlar uchun prinsipial yangi muloqot qilish muhitiga aylanib bormoqda. Internet gorizontal usul, deb atalishi mumkin bo'lgan yangi insoniy muloqot usulini kashf etmoqda. U paydo bo'lgunga qadar muloqot va axborot tarqalishi asosan vertikal tarzda bo'lgan. Masalan, avtor kitob yozadi, o'quvchilar uni o'qiydi, radio va televideniya eshittirish va ko'rsatuv uzatadi-tamoshabin va tinglovchilar uni ko'radi va tinglaydi, gazeta yangiliklar nashr qiladi-obunachilar uni o'qiydi va h.k. Unga talab juda yuqori bo'lsada, teskari aloqa umuman yo'q edi. Gazetalarga yuboriladigan xatlar, radio va teleko'rsatuvlardagi talab va mulohazalar yuqoridagi fikrimizga guvohlik berib turibdi. Konkret bir kitob o'quvchilari o'rtasida, konkret uzatuv tinglovchilari o'rtasida axborot almashuvi praktik tomondan amalga oshishi qiyin edi. Internet esa, son-sanoqsiz iste'molchilar davrasi uchun axborot tarqalishini ta'minlaydi. Shu bilan birga, ular osongina muhokamaga kirishishlari mumkin bo'ladi. [2] Hozirgi vaqtda internet global tarmog'i gorizontal informatsion muloqot uchun ajoyib imkoniyatlarga ega. Hukumat bilan fuqarolar o'rtasida, oxirgilari birinchilar bilan teskari bog'lanishi mkoniyatlariga ega. Internetni bizning turmushimizga keng miqyosda tatbiq etishda xech qanaqa tashkilot bo'lmaydi. Tarmoq xuddi hodisa kabi mustaqil rivojlanib boraveradi, butun insoniyat uning dvigateli hisoblanadi. Hozir internetning asosiy g'oyasi-bu axborotlarni erkin ravishda tarqatish va odamlar o'rtasida aloqa tiklashdir. Bu odamlar, xalqlar mamlakatlar o'rtasidagi diniy, ideologik va har xil to'siqlarni olib tashlashdagi eng samarali yo'ldir. Internet texnologik jarayondagi eng ahamiyatli demokratik ish vositalardan biri hisoblanadi. paydo bo'lishi bilan axborot aksariyat dunyo odamlarining potentsial imkoniyatiga aylanib bormoqda.Telegraf, telefon, radio, televideniya va kompyuter texnikalar chambarchas bog'langan holda barcha global kommunikatsiyalar yagona butunlikda integrallashadi. Bu yerda gap axborotni tarqatish mexanizmi, odamlarni birlashtirish, masofa, vaqt, davlat va ko'plab shunga o'xshash chegaralar mavjudligidan qatiy nazar ularning o'zaro muloqotda bo'lishlari to'g'risida ketmoqda. Internet behisob miqdordagi axborotlarga ega bo'lgan holda, iste'molchilarga katta informatsion xizmat spektrini taqdim etadi. Uni shartli ravishda ikki kategoriyaga bo'lish mumkin: tarmoq abonetlari aro axborot almashuvi; axborotni qidirish va tarmoq ma'lumotlar bazasidan foydalanish. [7] Tarmoq abonentlariaro asosiy aloqa xizmatiga quyidagilar kiradi. Telnet-uzoqda turib tarmoqdagi istagan kompyuterni boshqarish rejimi, yani abonentga tarmoqdagi xohlagan EHM da xuddi o'ziniki kabi, ishlash imkonini beradi FTP(File Tragsftr Protocol)-abonentga tarmoqdagi istagan kompyuterda matnli va ikkilik fayllar bilan o'zaro muloqot qilishga sharoit yaratib beruvchi fayllar uzatish protokoli. Uzoqdagi kompyuter fayllari shaxsiy kompyuterga nusxalashgandan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.38 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.38 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: docx