Web sahifa yaratish texnologiyasi. Web sahifa yaratishda qo'llaniladigan dasturlar. Book Creator HTML formatda hujjat yaratish Reja: WEB-serverda mijoz kompyuteri tizimini tashkil qilish Elektron kitob yaratish dasturi Tayanch iboralar: Elektron o'quv resurslar, dasturiy vositalar,Book CreatorHTML dasturi, web sahifalar, HTML tili, Masromedia Dreamweaver, Masromedia Flash, HTML, PHP, WEB-server, teg, atributlar va h.k. 1. Internet tarmog'ini foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini beradigan WEB serverlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlangan. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog'liq. Bu bo'limda WEB- serverlarni tashkil qilish, bunday serverlarni yaratish mumkin bo'lgan vositalar bilan tanishishga imkon beradigan, shuningdek WEB serverga «qo'yilgan» ixtiyoriy axborotdan erkin foydalana olish va bu axborot buzilmasdan ko'rsatilishi uchun mijoz kompyuterida nima mavjud bo'lishi zarurligi to'g'risidagi ma'lumotlar o'rin olgan. WEB-serverda mijoz kompyuteri tizimini tashkil qilishning umumiy tamoyillari nuqtai nazaridan mijoz-server texnologiyalari ishlatiladi. Bunda serverda, odatda, WEB-serverda aks ettiriladigan barcha ma'lumotlarni saqlaydigan MB va ilovaning server qismi o'rnatiladi, foydalanuvchining ishchi stansiyasida esa axborotni ko'rish uchun ancha oddiy vosita o'rnatiladi. Bu tizimda WEB ilovaning server qismi «qalin» server ko'rinishida taqdim etiladi, mijoz mashinasida esa «yupqa» mijoz o'rnatilgan bo'ladi. Hozirgi kunda oddiy WEB-serverni yaratish texnologiyasini ancha oddiy vazifa deb hisoblasa bo'ladi. Asosiy qiyinchilik server sahifasini badiiy bezashdan iborat. Tarmoqdagi u yoki bu serverning muvaffaqiyati ko'p jihatdan aynan sahifalar qanday bezatilganiga bog'liq. Axborot sahifalarga qanday bo'linganligi va matndagi murojaatlar qanday belgilanganligi ham muhim rol o'ynaydi. Ko'pchilik WEB-serverlari ishlab chiquvchilari (WEB-dizaynerlar) WEB-dizaynning muhim muammolaridan biri - har biri HTML va sssenariylarni turlicha qo'llab-quvvatlaydigan brauzerlar va platformalarning ko'pligi to'g'risida bir fikrdalar. Har bir yangi brauzerning chiqishi bilan ularning tavsiflari va imkoniyatlari yaxshilanadi, lekin bu avvalgi versiyalar yo'q bo'lib ketishini anglatmaydi. Ko'p hollarda insonlar eng yangi va eng yaxshi narsalar ketidan quvishga moyil emaslar. Birlari ularda bori bilan qanoatlansalar, boshqalari esa brauzerlarni ular uchun tanlab bo'lgan firma yoki muassasalarning kompyuterlarida ishlaydilar. WEB-texnologiyasining asosini gipermatnli murojaatlar tashkil qiladi. Gipermatnni belgilash tili (HTML - Hypertext Markup Language) Web-hujjatlar yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan tildan iborat. U ekranda chiqarilmaydigan, lekin brauzerga hujjatning ichidagi matn bo'laklarini qanday aks ettirishni ko'rsatadigan maxsus yo'riqnomalar (teglar)ning sintaksisi va joylashishini aniqlaydi. U, shuningdek, mahalliy yoki Internet tarmog'idagi boshqa hujjatlarga murojaatlarni yaratish uchun ham ishlatiladi. Professional dasturlardan tashqari bugungi kunda ko'plab malum yo'nalishda xizmat ko'rsatuvchi tayyor shablonlar asosida o'quv resurslari ishlab chiqishga mo'ljallangan dasturiy vositalar mavjud. Ular o'zining imkoniyati, yaratadigan o'quv resursining formati, fayllar konvertatsiyasi kabi xususiyatlari bilan farqlanadi va aynan shu asosda cheklanishlarga ham ega. Bunday dasturlarga misol qilib ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc