Web-sahifa, Web-sayt va Web-dizayn tushunchalari 11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 18-mavzu Internetda axborotlarni joylashtirish va ularni kompyuter ekranidagi ko'rinishi qulay bo'lishi uchun web-sahifalardan foydalaniladi. Web-sahifa (inglizcha - Web page) - bu HTML fayl kengaytmasiga ega bo'lgan gipermatnli fayldir. Har xil web-sahifalarga tarqatilgan va o'zaro bog'langan hujjat gipermatn deyiladi. Unga matn, rasm, ovoz, video va animatsiya kabi ma'lumotlar joylashtirish mumkin. Web-sahifada ma'lumotlar sahifa ko'rinishida beriladi. Bu sahifalar, odatda, HTML hujjat, ya'ni HTML tilida yozilgan hujjat deb qaraladi. Bu holda yozilgan hujjatlarni ko'rish uchun maxsus dasturlar ishlatiladi. Web-sayt (inglizcha - Website, web - o'rgimchak to'ri, site - joyi) - bu bir nechta web-sahifalarni kompyuter tarmog'ida bitta manzilda birlashtirilgan fayllar to'plamidir (Domen ga yoki IP ga ega bo'ladi). Domen - bu biror-bir serverda joylashgan saytga olib boradigan manzildir. Barcha web-saytlar qaysidir serverda joylashgan bo'ladi. Aslida siz hosting xizmatidan foydalanib, saytingiz ma'lumotlarini qaysidir ser- verga joylashtirganingizda saytingiz IP manzilga ega bo'ladi. Hosting - bu web-sayt uchun joy ajratib beruvchi xizmat turidir. Odatda domen beruvchi kompaniyalarda ham hosting xizmati bo'ladi. Hosting va domenni bir kompaniyadan yoki alohida kompaniyalardan ham olish mumkin. Web-dizayn - bu yaratiladigan web-saytlarga texnik ishlov berish va axborotlarni tizimli ravishda shakllantirishdir. Web-sayt va web-sahifalar o'zaro har xil usullar bilan bog'lanadi. Ushbu yagona oraliq World Wide Web (butun dunyo o'rgimchak to'ri) yoki qisqacha WW deyiladi. Web-sahifalarga giper murojaat WW ning asosiy xususiyatlaridan biridir. Ayni paytda web-sayt yaratishni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin: statik va dinamik. HTML da yozilgan web-saytlar statik holda bo'lsa, zamonaviy web-saytlar dinamik ko'rinishga ega. CM tizimlarining asosiy afzallik jihati shundaki, dinamik web-saytlarni oson yarata olish va ularni turli xil axborotlar bilan to'ldirish imkoniyati mavjud. Quyida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining web-saytini asosiy sahifasidan lavha keltirilgan Bugungi kunda, asosida qurilgan Dmpal, PHP-Nuke, WebDirector, NetCat, Slaed, Microsoft CMS, WordPress, PHPShop kabi platformalarni misol tariqasida aytish mumkin. Web-sahifalar yaratishning asosi sifatida tasviriy san'atning yangi turi web-dizaynga bevosita aloqadordir. Intemet dizaynerlari rasm va tasvirlar tayyorlash bilan cheklanib qolmasdan, balki tayyorlangan rasm va tasvirlami tarmoqqa joylashtirish, web-sahifalar orasida aloqalar o'matish, matn, tasvir va rasmlaming harakatini amalga oshirish, ranglami estetik jihatdan to'g'ri va chiroyli tanlashga e'tibor qaratilishi lozim. Sayol va topshiriqlar 1. Web-sahifa deganda nimani tushunasiz? 2. Intemet tarmog'idan (uzedu.o'z) web-saytini yuklang va uning di- zaynini tahlil qiling. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.45 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.45 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: pptx