Web sahifada grafika va multimedia RYeJA: 1. Grafik tasvirlar. 2. Videofayllar. 3. Tovushli fayllar. 1. Grafik tasvirlar. Grafik obyektlar Web sahifani bezashda juda muhim o'rin tutadi. grafik obyekt deganda biz har xil tipdagi rasmlar, fotorasmlar, tovushli fayllar va videokliplarni tushunishimiz kerak. Brauzer GIF, JPEG va PNG formatdagi grafik fayllarni tasvirlaydi. GIF formatidagi fayllar animatsion tasvirlarni yaratish imkonini beradi. JPEG fayllar fototasvirlarni saqlash uchun ishlatiladi. PNG formati esa tasvirning yuqori sifati va grafik faylning kichik hajmda bo'lishini ta'minlaydi. Web sahifada grafik fayllarni tasvirlash uchun tegi o'zining bir qancha parametrlari bilan qo'llaniladi. Bu teg o'zining yopiluvchi tegigi ega emas, yani biror soha uchun emas balki ko'rsatilgan joyga grafik obyekt joylashtirilishini bildiradi. tegining asosiy va majburiy parametrlaridan biri src parametridir. Bu parametr qiymati sifatida tasvirlanishi kerak bo'lgan obyekt manzili yoki aniqrok qilib aytganda uning URL manzili ko'rsatiladi. Masalan Web sahifaning HTML fayllari joylashgan IMAGES papkasi o'zining grafik fayllari bilan joylashgan bo'lsa bu papkadagi rasm1.gif faylini tasvirlash uchun quyidagi yozuvni yozishimiz kerak: Hozirgi kunda grafik obyektlarni tasvirlay olmaydigan brauzerlar umuman ishlatilmaydi, lekin brauzerlarda grafik obyektlarni ekranga chiqarmaslik imkoniyati mavjud. Shuning uchun grafik obyekt chiqarilmagan vaqtda uning o'rnida shu obyekt haqida paydo bo'luvchi alternativ matnli ma'lumot bo'lishi zarur. Bu alternativ matnli ma'lumot tegiga alt parametri yordamida qo'shiladi va matnli qiymat qabul qiladi. Misol: Agar grafik tasvir brauzer tomonidan ekranga chiqarilsa u holda alternativ matn sichqoncha ko'rsatkichi tasvir ustiga olib borilganda ko'ratkich yonida paydo bo'ladi. Grafik tasvir haqidagi to'liq ma'lumotni beruvchi internet manba manzilini ko'rsatuvchi longdesc parametri ham sichqoncha ko'rsatkichi yonida paydo bo'luvchi matnli ma'lumotni yaratishda ishlatiladi. Bu parametr qiymati sifatida tasvirning URL manzili ko'rsatiladi. Jimlik holati bo'yicha grafik tasvir saqlangan paytda qanday gorizantal va vertikal o'lchamlarda saqlangan bo'lsa ekranda ham xuddi shunday tasvirlanadi. Grafik tasvirni foydalanuvchi o'zi hoxlagan o'lchamda tasvirlash imkoniyatiga ega, buning uchun height va width parametrlaridan foydalaniladi. Web sahifada grafik tasvirni boshqa obyektlardan bo'sh joy bilan ajratib turuvchi hspace va vspace parametrlari ham mavjud. hspace parametri bo'sh joyni gorizantal bo'yicha piksellarda o'rnatsa, vspace parametri esa vertikal bo'yicha o'rnatadi. Bu parametrlar qiymati faqat sonlarda beriladi. Border parametri bilan tasvir atrofidagi chegara qalinligi o'rnatiladi. Parametr qiymati sifatida pikselda o'lchangan son beriladi. Jimlik bo'yicha bu parametr 0 qiymat qabul qiladi va chegara xoshiyasi ko'rinmaydi. Tasvirni o'ziing atrofidagi matnga nisbatan tekislashni ko'rib chiamiz. Buning uchun align parametri ishlatiladi. Bu parametr qiymati sifatida quyidagi so'zlar ishlatiladi: buttom, middle, top, left, right. Endi yuqoridagi parametrlar qo'llanilgan quyidagi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
213.12 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
213.12 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc