Reja: 1. Gipermatnli murojaatlar haqida tushuncha. 2. Murojaatlar anatomiyasi va mahalliy Web-sahifalarga murojaat. 3. WW ning hoxlagan joyiga murojaat. 4. Murojaat rangi. 5. Tasvirlarni murojaat sifatida ishlatish. Gipermatnli murojaatlar haqida tushuncha. Web sahifalarga gipermurojaat WW ning asosiy xususiyatlaridan biridir. Istalgan bir hujjatdan boshqa bir WW hujjatga HTML ning maxsus tegi yordamida murojaat bo'lishi mumkin. Web ga sayohat paytida siz Web sahifalarda gipermatnli murojaatlarga to'qnashgan bo'lsangiz kerak. Bu matn fragmentlari ko'k shriftda va tagi chizilgan bo'ladi. Shu tariqa tasvirlangan matnlar murojaat matnlari deyiladi. Agar siz uni sichqoncha bilan turtsangiz u avtomat ravishda boshqa Web - sahifaga murojaat qiladi. Har qanday URL manzilida 3 qism mavjud: protokol, internet uzeli, fayl nomi (o'nga yo'l ko'rsatiladi, shart bo'lsa). Protokol - bu 2 ta kompterning bir-biri bilan aloqasining qoidasi, biz WW ning standart protokoli http (HyperText Transfer protocol) haqida gaplashamiz. Yana siz internet uzeli va fayl nomini ham ko'rsatishingiz kerak. Masalan: http: ww. ursu.uzpak.uzcreate Buni tushuntiradigan bo'lsak, brauzer ko'rsatilgan ursu.uzpak.o'z manzilini (http) aniq bir ulanish usuli yordamida internetga ulaydi va create direktoriyasidagi Web-sahifani topadi. Har bir internetdagi hujjat va fayl alohida resurslarning universal ko'rsatkichi deb nomlanuvchi manzilga ega (uinform resource locator - URL). URL elektron pochta manzilini eslatib turadi. Internet - kompyuterlar URL ni qanday jo'natishni, uni qanday topishni va nima bilan ulashni o'zlari tushunadi. Web-sahifa qayerda joylashishidan kat'iy nazar xox u Yangi Zellandiyada bo'lsin yoki Yaponiyada bo'lsin WW ular bilan bir xil ishlaydi. Brauzer har bir URL ni ishga solib sizga internetdagi hujjatni topib beradi va avtomatik ravishda taqdim qiladi. Dunyo bo'ylab Web uzellarni ko'rib chiqmoqchi bo'lgan shaxsga URL haqida va kerakli domen kalitni qanday topishni o'ylashga zarracha ehtiyoj yo'q. Murojaatlar anatomiyasi va mahalliy Web-sahifalarga murojaat. Web sahifaga murojaatlarni joylashtirish ikki turda bo'ladi (bir-biriga o'xshash). Dastlab mahalliy hujjatlarga murojaat qilishni ko'rib chiqamiz. Mahalliy hujjat bu shunday hujjatki sizning uy sahifangiz internetning qaysi joyida joylashgan bo'lsa u ham shu yerda joylashgan bo'ladi. Mahalliy hujjatlarga murojaat qilish oson va bunda siz to'liq URL ni bilishingiz shart emas, faqat faylga yo'l va uning nomini bersangiz kifoya. So'ngra siz WW ning hoxlagan joyidagi hujjatlarga murojaat qilishni o'rganasiz. Bu turdagi murojaatda sizdan to'liq URL talab qilinadi. Faraz qilaylik sizda bitta hujjat uchun ma'lumot ko'p va siz uni bir necha HTML fayllarga bo'lishga qaror kildingiz. U holda asosiy Web-sahifada bu hujjatning har biriga to'liq va oson o'tuvchi murojaatlarni joylashtirish kerak bo'ladi. Hatto siz asosiy Web-sahifangizni mundarija ko'rinishida qilishingiz mumkin va bunda alohida sahifalarga murojaat qilinadi. Dastlab tegi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.73 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.73 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: doc