Reja: 1. obyektga yo'naltirilgan texnologiyalar asoslari 2. Java Script sssenariylarini tuzish tili 3. Java Script tilining umumiy tavsifi va uning o'zagi 4. Shartli operatorlar, sikllar va sharhlar 5. Java Script obyektlarining funksiyalari, massivlari va kiritma turkumlari 6. HTML va Java Script. Hodisalar 7. Visual Basic Script (VBS) sssenariylar tuzish tili 1. obyektga yo'naltirilgan texnologiyalar asoslari HTML ni belgilashning standart tili internet tarmog'i orqali uzatiladigan Web-sahifalarni tez va oson tuzish imkonini beradi. Bu tarmoqda ishlashning qulay usulidir. Ammo brauzer darchasiga yuklanadigan sahifalar turg'undir. Foydalanuvchi ularning mazmunini o'zgartira olmaydi, ular bilan aloqaga kirisha olmaydi. HTML sahifalariga jo'shqinlik bahsh etish uchun HTML hujjatlarini «jonlantiruvchi» va foydalanuvchining harakatlariga «munosabat bildiruvchi» bir qancha texnologiyalar taklif qilindi va yaratildi. Yuqorida zikr etilgan amallarni sahifalarni belgilash dinamik tili (Dynamic HTML) yordamida bajarish mumkin. Dinamik HTML (Dynamic HTML yoki DHTML) sahifalarni belgilashning alohida tili emas. Bu faqat mazmuni dinamik o'zgartiruvchi HTML sahifalarini belgilash uchun qo'llaniluvchi atamadir,[45]. DHTMLni amalga oshirish bevosita HTML ga, uslublar kAsqad jadvallari (Cascade Style Sheets-CSS)ga va sssenariylar tili (Java Script yoki VBScript)ga asoslanadi. DHTMLning bu uch tarkibiy qismi, mohiyat etibori bilan, amaliy dasturlashtirish (API)ning interfeysi hisoblangan hujjatning obyekt modeli (Document Object Model-DOM) bilan o'zaro bog'lanadi. DOM yuqorida zikr etilgan uch tarkibiy qismni o'zaro bog'laydi va oddiy HTML hujjatiga yangi sifat bahsh etadi-sahifani qayta yuklamasdan o'z mazmunini dinamik o'zgartirish imkoniyatini beradi. Ushbu birlikning simvollarda ifodalangan shakli 1-rasmda keltirilgan. 1 − rasm. Dinamik HTMLning tarkibiy qismlari Yuqorida tavsiflangan texnologiyalar interfaol Web-sahifalar tuzishning qudratli vositasidir, ammo ular HTML tilining teglari bilan yuklanuvchi sahifada joylashgan elementlar bilan bevosita bog'liq bo'lgan sssenariylarning tegishli tillari imkoniyatlari bilan cheklangandir. obyektga yo'naltirilgan texnologiyalar (OYT)ni qo'llab-quvvatlovchi dasturlashtirishning zamonaviy tillari yordamida yaratiluvchi Java hamda Active X boshqarish elementlari hujjatga dasturlashtiriluvchi obyektlarni kiritish, sssenariylarning tillari vositasida ularning xossalarini o'zgartirib va metodlarini qo'llash, ushbu obyektlar bilan o'zaro aloqaga kirishish imkonini beradi. Dasturlashtiriluvchi obyekt muayyan tashqi ko'rinishga yoki uning o'zgaruvchilari ifodalarida aks etuvchi xossalarga hamda protseduralar ko'rinishida yuklanuvchi xulq-atvor yoki metodlarga egadir. Bu xossalar va metodlar bir-biridan ayrim holda mavjud bo'lmaydi, ular o'zaro birlashadi va yangi sifatga ega bo'lgan yagona obyektni tashkil etadi. Metodlar obyektning xossalarini «qamrab» oladi va ularga bevosita murojaat etish yoki ularning ifodalarini o'zgartirish imkonini bermaydi. Mutaxassislarning fikricha, xossalar muayyan «kapsula» ichiga joylangan, obyektga inkapsulyatsiya qilingandir. obyekt metodlari ularga kirish imkonini beradi. Ular xossalar ifodasini o'zgartirish mumkin yo mumkin emasligini yoki faqat dasturiy obyekt muallifi tomonidan belgilangan muayyan xossa ifodasini olish mumkinligini hal qiladi. Bu dasturiy obyektning fundamental xossasidir: xossalar obyektga inkapsulyatsiya qilingan bo'lib, ularga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.57 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.57 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: doc