Web-sahifasida jadvallarni tasvirlash. Jadvallarni yaratish teglari va ularning atributlari. Freymlar yaratish Reja: Jadvallarni tashkil qilish Matnli kataklarga ega bo'lgan standart jadvallarni tasvirlash Tayanch iboralar: WW, Web-tugun, freym, Web-server, provayder, SSI, CGI-sssenariy, bezak, obyektlarining o'lchamlari, rangning RGB kodi, matnni tasvirlash, Font tegi, TABLE, panel, freym. 1. Jadvallarni tashkil qilish. HTMLda jadvallar an'anaviy tarzda ma'lumotlarni jadval ko'rinishida ifodalash uchun ishlatiladi. Biroq HTMLda bu maqsadda qo'llanilishdan tashqari Web-sahifalarni formatlash usuli sifatida xam xizmat qiladi. Jadval bshlimining ichiga joylashishi lozim. Har bir jadval tegi bilan boshlanib, tegi bilan tugallanadi. Jadval har birida alohida yacheykalarga ma'lumotlar beriluvchi bir yoki bir necha qatordan tashkil topadi. Har bir qator tegi bilan boshlanibtegi bilan tugaydi.tegi esa jadvaldagi alohida yacheykani aniqlaydi. HTML yordamida jadvallarni yaratishda quyidagi teglardan foydalaniladi: TABLE - jadval yaratadi; CAPTION - jadval sarlavhasini beradi; TR - jadvalda yangi qator(satr) yaratadi; TD - joriy satrda qiymatli katak yaratadi; TH - ham joriy satrda qiymatli katak yaratadi, faqat uni sarlavha deb aniqlaydi. HTML jadvallarni satrma-satr yaratiladi. Oldin TR tegi yordamida jadval qatori yaratiladi, keyin TD (yoki TH) orqali kataklar joylashtiriladi. Teglarga kiritilgan qo'shimcha parametrlar, jadvalga boshqacha ko'rinish beradi. tegi atributlari: align - jadvalni gorizontal joylashtirish: bu left, center, right qiymatlarni qabul qiladi, indalmaganda qabul qiladigan qiymati - left; valign - yacheyka ichidagi matnni vertikal yo'nalish bo'yicha tekislaydi. Qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlari: top - yuqori chegara bo'iyicha bottom- o'rtaga middle - quyi chegara bo'yicha border - jadvalning tashqi chegara chiziqlari qalinligini (piksellarda) aniqlaydi. border=0 yoki bu parametr berilmaganda chegara chiziqlari bo'lmaydi; cellpadding - katak chegarasi va ichki matn orasidagi masofani aniqlaydi (piksellarda); cellspacing - qo'shni kataklar chegaralari orasidagi masofani aniqlaydi (piksellarda); width - jadval kengligini yo piksellarda yo brauzer darchasi kengligiga nisbatan protsent hisobida aniqlaydi. Hech narsa ko'rsatilmasa qabul qilishi mumkin bo'lgan kengligi ichki matniga bog'liq; height - jadval balandligini yo piksellarda yo brauzer darchasi balandligiga nisbatan protsent hisobida aniqlaydi. Hech narsa ko'rsatilmasa qabul qilishi mumkin bo'lgan balandligi ichidagi matniga bog'liq; bgcolor - jadval kataklaridagi fon rangini aniqlaydi. Qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlari yo o'n oltilik sanoq tizimidagi RGB-qiymatlar, yoki 16 asosiy rangdan biri; background - jadval fon rasmi berish. Qiymat sifatida tasvirning URL adresi ko'rsatiladi; colspan. Bitta yacheykadagi ustunlar sonini ko'rsatadi (parametr ko'rsatilmasa =1) rowspan.Bitta yacheykadagi qatorlar sonini ko'rsatadi (parametr ko'rsatilmasa =1) Qatordagi maxsus yacheyka , yoki, teglari jadval tegining ichida bshlishi shart. tegi odatda jadvalning sarlavxa yacheykalarida, esa ma'lumotli yacheykalarda qo'llaniladi. Ular orasidagi o'zaro farq shriftning turi va ma'lumotlarning ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
107.37 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
107.37 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: doc