WEB sayt yaratish - rasmi

Material tavsifi

WEB sayt yaratish Internetning WW xizmati kundan-kunga rivojlanib, mukammal ma'lumotlar manbasiga aylanib bormoqda. Uning yordamida istalgan sohada, istalgan mavzuda va istlagan vaqtda ma'lumotlarni qidirib topish, ulardan foydalanish, zarur bo'lsa ulardan nusxa olish mumkin. Internetning ushbu xizmat turidan foydalanish uchun avvalo mijoz kompyuterida xuddi shunday imkoniyatlarni yaratib beruvchi maxsus dastur ta'minoti bo'lishi zarur. Bunday dastur ta'minoti brauzer (Browsers) deb ataladi. Eng birinchi brauzer CERN (YevropaFizika Tadqiqotlari Markazi) xodimi Tim Berner tomonidan kashf qilingan. AQSHning NSCA (Milliy Super hisoblash Markazi) xodimi Mark Andrisson va bir nechta talabalar tomonidan ishlab chiqilgan Mosaic brauzeri esa grafik ma'lumotlarni ekranda aks ettira oluvchi birinchi brauzer bo'lgan. Brauzer inglizcha so'z bo'lib, ko'rinishni ta'minlash, ko'rsatish manosini anglatadi. Dunyoda eng ko'p foydalaniladigan brauzerlar Netscape Communication Navigator va Internet Explorer lar hisoblanadi. Bugungi kunda Netscape hamda Internet Explorer dan tashqari yana ko'plab Opera, FMSD Friada, MSICE, Web celerator, AtGuard, AdWiper kabi brauzerlar mavjuddir. Brauzerlarga qo'yiladigan asosiiy talablardan biri, bu internetning WW xizmatidagi ma'lumotlar joylashgan web sahifalarini qaysi texnologiya yordamida ishlashidan, hamda qaysi dasturlash tilida yozilganidan qatiy nazar, undan to'liq foydalanish imkoniyatlarini yaratib berishdir. Bu talabga xamma baruzerlar xam javob bera olmaydi. Bunga misol qilib Netscape Communicator ning Microsoft kompaniyasining VisualBasic Script tili qo'llanilgan web sahifalarni ekranda aks ettira olmasligini keltirish mumkin. Internet Explorer brauzeri esa ixtiyoriy web sahifani xech qanday muammolarsiz ko'rish va undan to'liq foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. Opera brauzerining muxlislari esa uni juda ixcham xajmda ekanligi uchun yaxshi ko'rishadi. Chunki bu brauzer kompyuter tashqi xotirasidan atigi 2 Mb gina joyni egallaydi xolos. Uning juda xam tezkor ishlashi va ko'plab Netscape ishlaydigan PlugIn lar Masromedia Flash, asrobat Reader, Cosmo Player larni o'zida aks ettira olishi unga bo'lgan qiziqishga sabab bo'lmoqda. Web sahifalar va ularni uzatish haqida qisqacha to'xtalib o'taylik. Shaxsiy elektron hisoblash mashinalarida formatlashtirilgan elektron hujjat WYSIWYG (What You See Is What You Get) «Nimani ko'rayotgan bo'lsang, o'shani olasan» prinsipida ishlaydigan matn taxrirlagichlar yordamida yaratiladi. Masalan MS Word, Lexicon, AmiPro kabilar yordamida. Bunday dasturlar yordamida biz elektron hujjatni xoxlagan shriftda, o'lchamda, chap yoki o'ng tomondan tekislagan holda yaratishimiz mumkin. Ammo biz ushbu elektron hujjatni internet yordamida elon qila olmaymiz. Sababi, uni o'qimoqchi bo'lgan boshqa bir internet mijozining shaxsiy komyuterida biz foydalangan matn taxrirlagich dasturi yoki shriftlar o'rnatilmagan bo'lishi mumkin. Buni oldindan aytib bo'lmaydi. Undan tashqari ushbu matnni ochishga mo'ljallangan «oyna»ning o'lchamlari haqida xech qanday ma'lumotlarga ega emasmiz. Shuning uchun xam ShEXMlarda foydalaniladigan matn taxrirlagichlar va ularning «format»lash usullaridan internetda foydalanib bo'lmaydi. Bunday noqulayliklarning oldini olish maqsadida yangi HTML ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 863.84 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 863.84 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga