WEB saytlar yaratish. Word 2000 da web sahifalar yaratish usullari

WEB saytlar yaratish. Word 2000 da web sahifalar yaratish usullari

O'quvchilarga / Informatika va AT
WEB saytlar yaratish. Word 2000 da web sahifalar yaratish usullari - rasmi

Material tavsifi

WEB-saytlar yaratish. Word 200 da web-sahifalar yaratish usullari Reja: Web-saytlar qanday yaratiladi. Masalaning quyilishi. Texnik masala (TM)ni ishlab chiqish. Strukturizatciya. Web-sayt dizaynini ishlab chiqish. Web-saytni boshqarish tizimini ishlab chiqish. Web-saytni Internet tarmoqlariga joylashtirish. Word 200 da WEB-sahifalar yaratish usullari. Gipermurojaatlar yaratish. WEB-sahifaga videoyozuvlar qo'yish. Tayanch iboralar: WEB-server, WEB-navigatorlar, ARXITEKTURA, Internet ning asosiy texnologiyalari sharhi, WW, FTP, IRC, E-mail, telekonferentciyalar, WEB-texnologiya, Universal interfeys, Masalaning quyilishi, Texnik topshiriqni ishlab chiqish, Tizimlashtirish (Strukturizatciya), WEB-sayt dizayni, WEB-saytni boshqarish tizimi, WEB-interfeys, Belgilangan va raqamlangan ruyxatlar, Gorizontal chiziqlar, Fon qo'shish, Jadvallar bilan ishlash, Rasmlar bilan ishlash, Gipermurojaatlarni yaratish, WEB-sahifaga videoyozuvlarning o'rnatilishi. Web-saytlarni ishlab chiqish jarayoni aniq mantiqiy davom etadigan harakatlardan iborat bo'lib, ularni bajarish natijasida ishga yaroqli, qonun-qoidalarga asosan rasmiylashtirilgan dastur mahsuloti yaratiladi. Dastur buyurtmachining texnik shartlariga javob berganda ishga yaroqli deb hisoblash mumkin. Uni Internet tarmog'iga ulangan kompyuterga joylashtirish va loyihani amalga oshirish mumkin. Web-saytni ishlab chiqishni WEB-dizayner, WEB-studiya, dizayn-studiya yoki ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi mumkin va ko'p bosqichli kompleks ishni, ya'ni masalaning quyilishi va funktcional mukammal dastur mahsuloti ishlab chiqishdan to o'zining yuqori samaradorli serverlarida Internet tarmog'iga joylashtirishgacha bo'lgan ishlarni bajaradi. Masalaning quyilishi. Masalaning to'g'ri quyilishi buyurtmachiga vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. Topshiriq buyurtmachining maslahati bilan quyiladi. Buyurtmachi o'z qiziqishlari va uylangan loyihaning qanday bo'lishidan kelib chiqib maslahat beradi. Ba'zan quyilgan topshiriqning oxirgi natijasi boshlang'ich holatidan tubdan farq qiladi. Bu tabiiy holdir, chunki buyurtmachi bilan muloqot natijasida u uylangan loyihaning shaklini o'zgartiruvchi qo'shimcha , ba'zan unikal axborotlar berishi mumkin. Topshiriqning quyilishi WEB saytini loyihalashni boshlashning birinchi va muhim kadamidir. Topshiriqning quyilishi texnik masalaning ajralmas qismidir. Topshiriqni qo'yish va muhokama qilishda, loyihaning muvafaqqiyatli xizmat ko'rsatishida qanday texnik vosita va resurslardan foydalanishni belgilash lozim. Chunki sizning WEB saytingiz faqatgina sizning shaxsiy servisingizda emas, provayder xizmatini ko'rsatuvchi serverlarda joylashtiriladi. Texnik topshiriqni ishlab chiqish Barcha zamonaviy injener - texnik inshootlar yoki obyektlarni texnik xujatlashtirishsiz yaratib bilmaydi, chunki unda hamma komponentlar, elementlar bazasi va ular orasidagi munosababtlar yoritilgan bo'ladi. Texnik hujjatlashtirishga mos keladigan tizimli tashkil qilingan, element aloqalarining yig'indisini «oxirgi mahsulot» deb atash mumkin. Texnik topshiriqlarni qayta ishlash jarayonida tomonlar oxirgi mahsulot qanday xizmat ko'rsatishi va qanaqa xususiyatlarga ega bo'lishini aniqlaydilar va kelishib oladilar. Kelgusi loyihaning topshirigi quyilayotganda umumiy termin va tushunchalar bilan yoritilishi kerak. Texnik topshiriqni ishlab chiqish jarayonida WEB-sayt tizimini tartibga solish kerak, ya'ni parallel ravishda loyihani tizimlash ruy beradi. Texnik topshiriq o'zining oxirgi ko'rinishida birinchi navbatda buyurtmachiga tushunarli bo'lishi kerak. Texnik topshiriqning tushunarliligi - loyihaning oxirgi bosqichida uni tuzatish va o'zgartirishlar kiritishning oldini oladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.71 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.71 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga