Web texnologiya - integratsion texnologiya sifatida Reja: Web-texnologiya integratcion texnologiya sifatida. Web-texnologiyadan foydalanuvchilarning tahlili. Web-texnologiyani ishlatish maqsadlari ko'rsatkichlari. Arxitektura. WW uchun dasturlar. WW uchun dasturiy ta'minotdan foydalanish bo'yicha ko'rsatuvchi dasturlar. Browsers (Brauzerlar) Tayanch iboralar: WEB-server, WEB-navigatorlar, ARXITEKTURA, Internet ning asosiy texnologiyalari sharhi, WW, FTP, IRC, E-mail, telekonferentciyalar, WEB-texnologiya, Universal interfeys. Web texnologiyaning ma'nosi, dasturiy ta'minotni ishlab chikaruvchilar uchun ham , oddiy foydalanuvchilar uchun ham Web-texnologiya birinchi navbatda integratcion texnologiya ekanligi bilan ifodalanadi. Turli xil axborot manbalari va ularning turli tiplarini qanday qilib integratciyalashga misol keltirish qiyin. Foydalanuvchi ma'lumotlarni har xil manbalardan - fayllardan, ma'lumotlar bazasidan, elektron jadvallardan, elektron pochta va hoka'zolardan izlashga majbur. Bundan tashqari, foydalanuvchi ma'lumotlarni turli ko'rinishda - matn, jadval, grafika ( rasmlar, chizma, sxema) , video va audio shakllarda oladi. Albatta, turli xil tipdagi ma'lumotlarga kirish uchun aniq tipga - matn va grafik redaktorlar, elektron jadvallar, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va b.ga tegishli ma'lumotlarni «tushunadigan» maxsus izohlar kerak. Foydalanuvchi har kungi ishida kerak bo'ladigan ma'lumotlar tipining ko'pligi izohlarning ham ko'payishiga olib keladi. Maxsus interfeysli va ishlashdagi murakkab qoidali izohlar ko'p. Ammo ular foydalanuvchilarga anchagina muammo tug'diradi. Bunday muammoni samarali yechishga 2 ta shartni bajarish orqali erishish mumkin. Birinchidan, turli xil tipdagi va tabiatli, turli manbalardan olingan ma'lumotlar foydalanuvchiga kelib tushishidan oldin o'zaro shunday mujassamlashadiki, u foydalanuvchining informatcion so'rovlariga maksimal darajada mos keladi hamda qabul qilish uchun eng qulay ko'rinishda taklif etiladi. Ikkinchidan, ma'lumotga kirish uchun foydalanuvchi tayyorlangan informatciya bilan birgalikda ishlashga imkon beruvchi universal interfeysli birta dasturdan foydalanadi. Web texnologiya bu shartlarga tula mos keladi. Web-server ma'lumotni turli manbalardan olib, uni yagona ko'rinishda foydalanuvchiga takdim etadigan informatcion kontcentrator vazifasini bajaradi. Universal va tabiiy interfeys bilan ta'minlangan brauzer foydalanuvchiga ma'lumotni uni tabiatidan kat'iy nazar, oson ko'rishga imkon beradi. Web texnologiyaning integratcion sifatlari korporativ tarmoqlarda qo'llash uchun juda muhim bo'lib hisoblanadi. Gap shundaki, turli tipdagi ma'lumotlar integratciyalashuvi imkoniyati kompyuter tarmog'ining turli uzellarida joylashgan axborotlarni birlashtirish mexanizmi bilan birgalikda axborotni yaratilish va foydalanishning tabiiy ketma-ketligi bilan mos ravishda to'plash va unga yagona kirishni amalga oshirish uchun imkon yaratadi. Bu bilan axborot yetkazib beruvchi axborotni samarali tayyorlashi va nazorat qilishi mumkin, foydalanuvchi esa kerakli axborotni unga zarur bo'lgan vaqtda kiynalmay topishi mumkin. WEB - texnologiya nima uchun kuchli integratcion imkoniyatlarga ega ? Sababi, WEB texnologiya uchun axborotlar bilan ishlash texnologiyasi rivojlanishining 30 yillik davri asos bo'lib xizmat kildi. Aynan ochiq standartlardan foydalanish evaziga ma'lumotlarni brauzerning 1 ta sahifasi (1ta ekran) ga integratciyalash imkoniyati mavjud. Axborotning bir butun blokini buzmasdan turib. Turli ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
78.19 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
78.19 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: doc