Web uzel yaratish asoslari

Web uzel yaratish asoslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Web uzel yaratish asoslari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Web-uzel to'g'risida umumiy tushuncha 2. Web-uzel strukturasini loyihalash prinsiplari 3. Web-sahifani kengaytirish texnologiyasi 4. Front Page 200 master va shablonlar yordami bilan Web-uzel yaratish 5. Web-uzelning quvvatlash tizimlari 1. Web-uzel to'g'risida umumiy tushuncha Shunday qilib, HTML tilidan foydalanib, Web-sahifa yaratiladi. Hozirgi paytda WWda ko'plab shu kabi sahifalar mavjud va ular internetda o'z o'rinlariga ega. Web-sahifalar har xil shaklda o'lchanadi va xizmatda bo'ladi. Ularning ko'pi shaxsiy xususiy odamlar tomonidan yaratilgan bo'lib odatda tashrif buyuruvchilar unchalik qiziqmaydilar va ularni bir sistemaga tushirish oson emas. Noyob axborotni xech qaerdan topib bo'lmaydigan sahifalari ham mavjud. Hozir ko'pchilik odamlar xizmat turini kengaytiradilar yoki o'z mahsulotlarini uy sahifalari orqali sotadilar. Lekin, baribir shaxsiy Web-sahifa bu internet foydalanuvchilar bilan axborot almashuviga imkon yaratadigan WW dagi doimiy joy. Lekin, vaqt o'tishi bilan yolg'iz Web-sahifa muallifning o'sib borayotgan talablarini qondirolmaydi va uning ko'p qirrali tomonlarini butunlay ifoda etolmaydi. Shuning uchun bu sohani rivojlantirish kengaytirish va takomillashtirish zarur. Buni quyidagi misol bilan taqqoslash mumkin. Faraz qilaylik siz mo'jazgina bir xonali kvartirada yashar edingiz. Mebel va devor bezaklari juda kam edi. Keyinchalik bular ko'paysa kvartirani kengaytirish yoki boshqa alohida uyga ko'chib o'tish zarur bo'lib qoldi. Endi to'lib ketgan bir xonali kvartirangizni boshlang'ich yagona Web-sahifa bilan taqqoslang. Xa, unda axborotlar juda ham ko'p emasligi ayon bo'ladi. Avval boshlang'ich Web-sahifa sizning talablaringizga javob berdi. Ammo vaqt o'tishi bilan siz unda o'zingizning shaxsiy professional va boshqa xo=ishlaringizni sanab o'tishni boshlaganingizda zamonaviy tasvir va multimedia kliplarini kiritib, Internet bo'yicha boshqa Web-sahifalarga dastak (ssilka) larni ko'plab qo'llaganingizda Web-sahifangiz =addan tashqari katta va beo'xshov bo'lib qolgani seziladi. Demak, o'z garizontingizni kengaytirish va bitta boshlang'ich Web-sahifa o'rniga ko'plab o'zaro uzviy bog'langan shu kabi sahifalar yaratish vaqti kelganligi malum bo'ladi. Agar yangi ancha katta kvartiraga ko'chib o'tilgach, ko'p ishlar qilinganligi, ta'mirlash va qandaydir yangiliklar kiritilganligini eslasak, bu ishlar uchun zaruriy maydon mavjud edi. Katta kvartira yoki uyda takomillashtirish ishlari doim topiladi. Xuddi shunday kengaygan ko'plab bir xil Web-sahifalarda takomilashtirish ishlari etarli bo'ladi. Ular doimiy quvvatlab turishni talab qiladi. Tabiyki, ko'plab bir jinsli o'zaro bog'liq Web-sahifalarni zamonaviy darajada quvvatlab turish bitta yagona Web-sahifaga nisbatan murakkabdir. Boshlang'ich Web-sahifa-bu sizga tegishli zotni qiziqtirayotgan shaxs uchun jo'natish nuqtasi. Lekin, bu sahifani kengaytirilgach, unda bir qancha HTML-sahifalariga ssilka (dastak) lar bo'ladi, (siz to'g'ringizdagi axborotli sahifalarga ham). Barcha bu Web-sahifalar Web-uzel yoki Web-sayt deyiladi. [23; 112-114] Web-saytdagi Web-sahifani kengaytirish-bu uni takomillashtirish va rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan obyektiv zaruriyat hisoblanadi. Web-uzeldagi Web-sahifani kengaytirish yoki ikki tomonlama dastakli (ssilkani) HTML-hujjatlarning xususiy mini o'ramini yaratish uchun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 455.91 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 455.91 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga