WINDOWS 98 Operatsion tizimi Reja: Umumiy tushunchalar Yo'naltiruvchi dastur Amaliy standart ilovalar WINDOWS 98 yangi opeartsion tizimlaridan biri bo'lib, u foydalanishda qulaydir. WINDOWS 98 opeartsion tizimining asosiy menyusi 10.21-rasmda keltirilgan. Ushbu operatsion tizimning menyusida ishlash juda ham oddiy bo'lib, foydalanuvchi uchun qo'shimcha qiyinchiliklar tugdirmaydi. Microsoft kompaniyasining boshqa istalgan mahsuloti kabi WINDOWS 98 ni ham uchta oddiy so'z bilan izohlash mumkin. WINDOWS 98 operatsion tizimi konsepsiyasi oldingi versiyalarga nisbatan farq qiladi. Uning sifat darajasiga WINDOWS 95 tizimga tegishli bo'lgan darajalar ham kiradi: Birinchidan, o'zlashtirishda juda oddiy va foydalanishga qulay. Ikkinchidan, u yuqori samaradorlikka ega. Uchinchidan, atigi bitta dasturiy mahsulotni harid qilib, eng turli tarmoqli vositalar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lgan universal tarmoqli mijoz, taqsimlovchi tarmoqlar, maxsus elektron pochta, ko'chma kompyuterlar, multimediya vositalarini maxsus qo'llab-quvvatlash va boshqalarni qo'lga kiritiladi. WINDOWS 98 tizimida yaxshilangan grafik interfeysiga ega bo'lganligi munosabati bilan u samaradorli, ishonchli va universal ishlash muhitiga ega. WINDOWS 98 tizimiga quyidagi qo'shimcha yangiliklar kiritilgan: internet global tarmogiga ulanish; boshqarishning ishonchligi va sifati oshirilgan; mehnat unumdorligi oshirilgan. Internet global tarmogiga ulanish vazifasini bajarish uchun bu operatsion tizimda Internet Exrlorer 4.0 tizimi o'rnatilgan. Bu tizim yordamida Internet tarmogidagi Web -sahifalarni ko'rish mumkin. Bu tizim quyidagi dasturlardan tashkil topgan: Internetga ulanish, Outlook Exrress elektron pochtasi, Netmeeting raqamli kanal orqali telekonferensiya tashkil qilish, FrontRage Exrress Web - sahifalar redaktori. Boshqarishning ishonchligi va sifatini oshirish maqsadida oldingi xizmatchi dasturlar (tizimli fayllarni tekshirish, diskni tozalash va tekshirish, avtomatik texnik xizmat ko'rsatish, ma'lumotlarni arxivlash va boshqalar) takomillashtirilgan. WINDOWS 98 tizimida boshqaruv vositalari ham engillashtirilgan. Mehnat unumdorligi WINDOWS 95 tizimiga nisbatan oshirilgan. Bu ko'rsatkich WINDOWS 98 tizimida ishlayotgan G'AT 32 faylli tizimining disklardan foydalanishdagi unumdorli ishlash imkoniyatiga bog'liqdir. Bundan tashqari WINDOWS 98 tizimi tezroq kompyuterga yuklanadi va ishini tugatishga kamroq vaqt sarflaydi. 10.21-rasm. WINDOWS 98 operatsion tizimining asosiy menyusi. Foydalanuvchi interfeysi Foydalanuvchiga yo'naltirilgan istalgan dasturiy mahsulotdan interfeysning oddiyligi va tushunarliligi muhim rol o'ynaydi. Dastur bilan ishlashda, uning qulayligini interfeysning qulayligi ta'minlaydi. WINDOWS 98 ni yaratishda ko'pgina tajribalar o'tkazildi, natijada yangi interfeys maxsloti yaratildi. Xo'sh, u bilan qanday tanishish mumkin? WINDOWS 98 ni birinchi marta ko'rganda xech qanday ortiqcha detallar bilan to'lib toshmagan deyarli bo'm bo'sh ekran va yakkayu - yagona tugma - [Start] ko'zga tashlanadi.(10.22 - rasm.) Tugma [Start] WINDOWS 98 ning 90% vazifalariga kirishni ta'minlaydi.Tugma yordamida pogonali menyu ochiladi, u orqali foydalanuvchi kompyuterda o'rnatilgan barcha ilovalarga kirishi mumkin bo'ladi. [Start] tugmasi joylashgan kulrang darcha WINDOWS 98 OT interfeysining ajoyib elementlaridan biri. Bu darcha Task Bar (vazifalar darchasi) deb ataladi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: docx