Windows bosh menyusi

Windows bosh menyusi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Windows bosh menyusi - rasmi

Material tavsifi

Bosh menyu 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 16-mavzu Menyu - biror xususiyat bilan mujassamlashtirilgan buyruq yoki amallar majmuidir. Windows operatsion sistemasidan foydalanuvchilar to'rt turdagi menyu bilan ishlashi mumkin: - operatsion sistemaning bosh menyusi; - barcha obyektlarning kontekst-menyulari (sichqonchaning o'ng tugmasi yordamida ochiladi); - dastur menyulari; - dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruv menyusi. Menyu bandlari orasida buyruqlardan tashqari qism (yoki kichik) menyuga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo'lishi mumkin. Bu holda iyerarxik yoki ichma-ich joylashgan menyu bilan ishlanadi. Odatda, Bosh menyu masalalar panelining chap burchagida joylashadi. Bosh menyu sichqoncha yordamida tanlanganda yoki (Win) klavishi bosilganda ekranda Windowsda ish boshlash uchun kerak bo'ladigan bo'limlar ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, sistema parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma'lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Windows XP operatsion sistemasida Bosh menyuning Klassik bosh menyu (chapdagi) va Bosh menyu (o'ngdagi) ko'rinishlaridan birini tanlash imkoniyati bor: Bu ko'rinishlardan birini Boshlash tugmasi kontekstmenyusining Свойства bandi yordamida tanlash mumkin. Odatda, Boshlash tugmasining Bosh menyu ko'rinishida Windowsning ish stolida faqat Savatcha aks etib turadi. Bosh menyu quyidagilardan iborat: Menyuning Dasturlar bo'limi yordamida instalyatsiya qilingan barcha dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi iyerarxik qism menyuga kiriladi. Dasturlar bo'limiga yangi dasturlarni ham qo'shish mumkin. Masalan, instalyatsiya qilingach, Microsoft Office dasturlar paketi ham shu bo'limda aks etib turadi. Hujjatlar bo'limi yaqin vaqt ichida ishlangan hujjat, rasm yoki multimediya fayli ro'yxatini ko'rsatuvchi menyuni yuklab beradi. Bosh menyu Qidirish bo'limi papkalarni, fayllarni, server kompyuteri yoki E-Mail ma'lumotlarini qidirish imkonini beradi. Masalan, agar Navro'z haqida yozgan hujjatlarimiz nomi va qaysi papkada ekanligi yodimizdan ko'tarilgan bo'lsa, fayllar va papkalarni qidirish bo'limidan foydalanamiz. Ma'lumot - ma'lumotlar tizimini chaqirishni amalga oshiradi. Axborot olish uchun ma'lumot tizimi mazmunidan yoki mavzular ko'rsatkichidan foydalanish mumkin. Bu tizim Windowsning imkoniyatlari va unda ishlash bo'yicha to'liq axborot beradi. Savol va topshiriqlar 1. Menyu nima va ularning qanday turlari mavjud? 2. Windows OS da foydalanuvchi necha turdagi menyu bilan ishlashi mumkin? 3. Kontekst-menyu ochilishini amalda ko'rsating. 4. Menyu bandlarida qanday shartli belgilar qo'llaniladi va ularning vazifalari qanday? 5. Qism menyular haqida so'zlab bering. 6. Sozlash bandining qanday qism menyulari bor? 7. Bosh menyuning Hujjatlar bo'limi haqida ma'lumot bering. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.03 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.03 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga