Windows Mobile, Windows Phone, Android, Symbian operatsion tizimlarining o'xshashliklari va farqi

Windows Mobile, Windows Phone, Android, Symbian operatsion tizimlarining o'xshashliklari va farqi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Windows Mobile, Windows Phone, Android, Symbian operatsion tizimlarining o'xshashliklari va farqi - rasmi

Material tavsifi

Windows Mobile Windows Phone Android AOS Symbian OS operatsion tizimlarining o'xshashliklari va farqi Reja: 1. Windows Mobile, Windows Phone, Android, AOS, SymbianOS operatsion tizimlar haqida ma'lumot. 2. Windows Mobile, Windows Phone, Android, AOS, SymbianOS operatsion tizimlarining o'xshashliklari va farqi. So'nggi bir necha yillardan beri, mobil divayslar sanoati shunchalik ulkanlashib kettiki, internetdan umumiy foydalanish va faollik bo'yicha hattoki kompyuterlar bozorini ham egallab bormoqda. Bu albatta mobil vositalardagi ustunlik, hamda ma'lumotlar tarmog'i bo'yicha muntazam aloqa tezligi sababidandir. Xuddi kompyuterlar o'tmishidagi singari, mobil operatsion tizimlari (O.T.) ishlab chiqaruvchilari orasida ham yakka liderlik uchun kurash boshlanib ketdi. Eng talabgorlar ro'yhatidan iOS, Android va Windowslar turli sanoat ishtirokchilari tomonidan kiritilgan. Ushbu holat nafaqat kim eng kuchli ekanligi to'g'risidagi savol balki siz uchun qaysi biri to'g'ri kelishini bilish uchun ham muhimdir. Har bir O.T ba'zi foydalanuvchilarga mos keluvchi va ba'zilarini yuzini burishtiruvchi o'z xususiyatlariga ega. Keling har bir nomzod bilan tanishib chiqaylik va sizning talablaringizni eng to'liq qondiradiganini topishga harakat qilaylik! Android Ushbu tizimning eng o'ziga xos xislatlaridan biri -unda o'zlashtirish (customization) imkoniyatlari miqdoridir. Bu qulaylik telefonning butun telefonning barcha qismi, o'rnatilgan fon, vidjetlar va ikonkalarni o'z ichiga oladi. Android Google Play yoki nashr qiluvchining o'zidan bevosita yuklab olinadigan, bir milliondan oshiq turli ilovalarga ega. Agar siz aynan o'zingizga moslashtirilgan mobil xizmatini istasangiz, Android eng yuqori tanlovdir. IOS Apple'ning IOS, IPhone'da 2007 yilda ishga tushirilgan bo'lib, mavjud eng birinchi mobil O.Tlaridan biridir. Ushbu tizimdan foydalanish ortidagi asosiy g'oya -boshqa barcha Apple mobil mahsulotlaridan foydalana olish imkoni bo'ladi. Ma'lumki Apple mavjud eng zo'r telefonlarni ishlab chiqadi, shu bilan o'z operatsion tizimini ahamiyatini oshiradi. Undan tashqari iOS uchun mobil ilovalar soni ulkandir, xayolingizga kelishi mumkin bo'lgan barcha dastur va xizmatlar muhayyo. Windows Kompyuterlar orasida Windows eng hurmatga sazovor O.T. bo'lishiga qaramay, Window mobil muqobillari to'yga so'nggi kelgan mehmonga o'xshab ketadi. Ijro bobida Windows Phone o'z raqiblari iOS va Androidga yaqin darajadagi ko'rsatkichga erishdi; biroq uning ilovalari miqdori sezilarli darajada kamchilikni tashkil etadi. Umuman olganda Windows OT.ning ashaddiy muhlisi bo'lmasangiz, Android va iOS yaxshi tanlov bo'lib ko'rinishi mumkin. Nokia firmasi tomonidan qo'llab quvvatlanganligi sababli eng keng tarqalgan (populyarniy) OT hisoblanadi. Tizimning xajmini kichikligi, hamda tizimyadrosining grafik interfeysdan ajratilganligi bu tizimni keng tarqalishida muim ahamiyat kasb etgan. Bu (garfik interfeys tizim yadrosidan ajratilganligi) Otni turli xil qurilmalarga o'rnatish imkonini beradi. Keyinrok ko'p vazifali (mnogozadachnost) funksiyasi qo'shilgan. Har bir ishlab chiqaruvchi o'z qurilmasining apparat platformasining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ushbu Otning o'z distributivini yozib chiqqan. Shu tarika Series 60, Series 80, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.88 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.88 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga