Windows operasion tizimida ishlash

Windows operasion tizimida ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Windows operasion tizimida ishlash - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Windows operasion tizimi 2. Windows ish stoli 3. Windows 98200 Zamonaviy kompyuter yordamida ishlash uchun mo'ljallangan ushbu bo'lim, Windows operasion tizimida ishlash uchun mo'ljallan-gan bo'lib, unda Windows operasion tizimi haqida ma'lumot va ana shu operasion tizimdagi ba'zi bir eng ko'p ishlatiladigan dasturlar bilan ishlash yoritilgan. 1. Windows operasion tizimi Windows nima? Bu operasion sistema (OS). Ya'ni inson bilan kompyuterni o'zaro bog'lash uchun qo'llaniladigan vositalardan biri. OSning turlari juda ko'p bo'lib, ulardan MS DOS, OS2,UNIX va hoka'zolar. Bulardan eng ko'p tarqalgani MICROSOFT kompaniyasi-ning Windows operasion tizimlaridir. Ularda ishlashning qulayligi - ekran elementlarining soddaligi va ish stolidan kerakli vaqtda foydalanish uchun ko'rinib turishidir. Windows - oynalar degan ma'noni anglatadi. Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo'lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo'lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan operasion tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanish-ni iloji boricha sodda va o'rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 200 operasion tizimi 200 yildan ishlatila boshlangan. MS Windows 200 murakkab dasturlar majmui bo'lib, shu bilan birga foydalanish uchun qulay operasion tizimdir. Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOSni qabul qilgan bo'lsa, Windows 200, Windows 200 o'zi mustaqil bo'lib, kompyuterda boshqa bir operasion tizimning bo'lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Operasion tizim sifatida MS Windows 98200 quyidagi afzalliklarga ega: o'zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko'lami qulay u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tadbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi; iste'molchi atiga bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo'lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo; sodda dasturlar majmui yuqori unumlilikka ega. Bundan tashqarii Windows bilan ishlaganda uzun, ko'p belgili fayl nomlarini ishlatish mumkin, ularda hatto bo'sh joyni ishlatish mumkin, ixtiyoriy obyektni ekranning istalgan joyiga kontekstni (MATN parchasini) chaqirish va kontekstli menyu yordamini olish mumkin. Windowsning samarali ishlashi uchun kerak bo'lgan kompyuter konfigurasiyasi: Pentium-I va undan yuqori mikroprosessori; 16 Mbaytdan yuqori sig'imli tezkor xotira; vinchesterda 500 M baytdan ortiq xotira sig'im; xotira 1 Mbaytdan kam bo'lmagan vidioadapter. Windows 98200 foydalanuvchilari doirasi WINDOWS foydalanuvchi uchun qulay bo'lgan ko'pgina imkoniyatlarga ega bo'lgan dasturiy muhitdir. Uning imkoniyatlari MS DOS dan sezilarli darajada yuqori. Windows muhitida ishlashda foydalanuvchi ko'p qulayliklarga ega bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.45 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.45 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga