Windows operatsion sistemasi

Windows operatsion sistemasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Windows operatsion sistemasi - rasmi

Material tavsifi

Windows operatsion sistemasi 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 15-mavzu Kompyuterlarning texnik tomondan mukammallashishi hamda grafik imkoniyatlarining rivojlanib borishi dasturchilarda grafik interfeysli qobiq-dasturlar ishlab chiqarish fikrini uyg'otdi. Bu ishga birinchi bo'lib Microsoft kompaniyasi kirishdi. Mazkur kompaniya tomonidan 1985-yilda ishlab chiqilgan WINDOWS 1.0 grafik qobiq-dasturi e'tiborli afzalliklarga ega emas edi. Unda fayllar ekranda go'zalroq tasvirlangan edi. 1987-yilda ishlab chiqilgan WINDOWS 2.0 grafik qobiqdasturida WINDOWS 1.0 dagi kamchiliklar bartaraf etilgan bo'lsa-da, foydalanuvchilar tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi. Operatsion sistemalarning rivojlanishi foydalanuvchining turli talablari asosida xotiradan kam joy egallaydigan, kompyuter ichki resurslarini optimal boshqaradigan va bir vaqtda bir necha xil dasturlarning ishlashini ta'minlay oladigan sistemalarning ishlab chiqilishiga olib keldi. 1990-yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 3.0 dasturi birinchi ommaviy grafik qobiq-dasturga aylandi. WINDOWS 3.0 dasturlar sistemasining asosiy afzalligi bir vaqtda bir nechta dasturlar bilan ishlash imkoniyatidir. WINDOWS 3.0 ning to'la jadval holatida ishlashi foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini yengillashtirdi. Lekin u MS DOS operatsion sistemasi boshqaruvida ishga tushirilishi sababli mustaqil operatsion Sistema emas, balki grafik muhit sifatida tan olindi. 1995-yilning sentyabr oyida IBM PC kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDOWS 95 birinchi grafik operatsion sistema bo'ldi. Umuman, WINDOWS foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar berishi sababli uni grafik qobiq-dastur emas, grafik muhit deyish qabul qilingan. WINDOW inglizcha so'z bo'lib, o'zbek tiliga oyna, lavha, darcha deb, WINDOWS so'zi esa oynalar, lavhalar, darchalar deb tarjima qilinadi. 1998-yilning yozida yaratilgan WINDOWS 98 yuqori darajadagi ishonchliligi, bezagining yaxshilanganligi, o'z-o'zini tuzatish va rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Kompyuterlarning jadallik bilan rivojlanishi va operatsion sistemalarga qo'yilayotgan talabning ortib borishi 199-yil oxiriga kelib WINDOWS 200 operatsion sistemasining ishlab chiqarilishiga olib keldi. 2001-yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS XP (eXPerience - tajriba, sinov) operatsion sistemasi WINDOWSning avvalgi naqllaridan o'zagi bilan tubdan farqlanadi. Windows operatsion sistemasining asosiy afzalligi - ko'p vazifaliligidir! Kompyuterning Power tugmasi ishga tushirilishi bilanoq Windows operatsion sistemasi tezkor xotiraga yuklanadi va ekranda Windowsning ish stoli aks etadi. Windowsga kirish. Windowsdan chiqish. Windowsdan chiqish uchun sichqonchaning ko'rsatkichi Boshlash tugmasi ustiga keltirilib chap tugmasi bosiladi. Sichqonchadan foydalanish o'rniga ALT+F4 tezkor klavishlarini bosib ekranga yuqoridagi oynani chaqirish mumkin. Yo'nalish klavishlari orqali ulardan keraklisi tanlanadi va ENTER klavishi bosiladi. Savol va topshiriqlar: 1. Grafik va nografik operatsion sistemalarning farqini tushuntirib bering. 2. WINDOWS operatsion sistemasining qanday afzalliklari bor? 3. Windows obyekti deb nimalarga aytiladi? Misollar keltiring. 4. Savatchadan qanday maqsadda foydalaniladi? 5. Kontekstli sezuvchanlik nima? 6. Nima sababdan Windows grafik sistema deb ataladi? Javobingizni misollar bilan asoslang. 7. Yopiq ishchi muhit deganda nima tushuniladi? Reja: Operatsion sistema tushunchasi. WINDOWS operatsion sistemasining ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.54 MB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.54 MB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga