Windows tizimi va uning imkoniyatlari Reja: Windows 3.11 qobig'i haqida tushuncha. Windowsning asosiy elementlari. Windowsning ishlash shartlari. Windowsning imkoniyatlari. Windows 3.11 qobig'i haqida tushuncha. Windows qobig'i (muhiti) foydalanuvchi uchun qulay bo'lgan ko'pgina imkoniyatlarga ega bo'lgan dasturdir. U MS DOS OS imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Windows muhitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko'pgina qulayliklarga ega bo'ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko'chirish, qayta nomlash, o'chirish va hakozo amallar tezda va yakkol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning uzida bir necha kataloglar bilan ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur bir paytning o'zida bir necha masalalarni yechish, ixtiyoriy printer va displey (adapter) bilan ishlash, MS DOS dasturlari bilan ishlash qobiliyatiga ega. Yagona interfeysga, ya'ni Windows turli versiyalari dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir. Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilar e'tiborini o'ziga jalb etmoqda. Microsoft firmasi Windowsni takomillashtirish borasida doimo ishlamoqda. Shu bilan birga turli dastur ilovalarining yaratilishi Windowsning imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu Microsoft Word, Page Maker, Excel, CorelDraw va hakozolardir. Windowsning imkoniyatlari. Windows operatsion muhiti quyidagi imkoniyatlarga ega: Universal grafika - Windows dasturlarining qurilmalarga va dastur ta'minotga bog'liqsizligini ta'minlaydi. Yagona interfeys - Windowsda foylalanuvchining muloqoti yagona, ya'ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin. Mavjud dastur ta'minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOSning barcha amaliy paketlari, taxrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to'la ta'minlaydi. Ko'p masalaligi - Windows bir paytning o'zida bir necha masalani hisoblaydi, bir dasturdan boshqasiga o'tishni ta'minlaydi. Mavjud operativ xotiradan to'liq foydalanish imkoniyati - Windows mavjud operativ xotiradan to'la foydalana oladi. Qurilma resurslaridan ham to'liq foydalanadi. Bu qurilmalar bilan muloqotni o'zi ta'minlaydi. Ma'lumotlar almashuvi - Windows dasturlararo ma'lumotlar almashish imkoniyatlariga ega. Bu maxsus Clipboard (ma'lumotlar buferi), yoki DDE (ma'lumotlarning dinamik almashuvi, ya'ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), yoki OLE (ma'lumotlardan ularni taxrirlagan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi. Windowsning ishlash shartlari. Windows 2 xil xil ishlash rejimiga ega: Standart. 386ga kengaytirilgan. Rejimning tanlanishi qurilma turiga bog'liq. Windows standart rejimda protsessorning himoyalangan rejimida ishlaydi. 386ga kengaytirilgan rejimda ishlash uchun 80386 protsessor va 2 M bayt operativ xotira zarur. Standart rejimda ishlash uchun rejim belgisi «G's», kengaytirilgan rejim uchun «G'3» o'rnatiladi. Rejim belgisi ko'rsatilmasa, kengaytirilgan rejim tushuniladi. Shaxsiy kompyuterda Windows o'rtanilish shartlari. MS DOSning kamida 3.1 versiyasi bo'lishi. 20 Mbayt bo'sh joyli qattiq disk - HDD (Windowsning o'zi 6-10 Mbayt joyni egallaydi) va disketani o'qish uchun qurilma - diskovod. Video adapter (EGA, VGA, Curillic VGA yaxshisi SVGA yoki TVGA va shunga o'xshash modeldagi adapterlar). Chop etish qurilmasi - ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.14 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.14 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:40 ]
Arxiv ichida: doc