Windows XP operatsion sistemasi. Windows ish stoli. Asosiy obyektlar va boshqarish usullari Reja: Operatsion sistemalar. Windows XP operatsion sistemasi. Windows ish stoli. Asosiy obyektlar va boshqarish usullari. 1. Operatsion sistemalar Operatsion sistemaning vazifasi kompyuter ishini boshqarishdan iborat, ya'ni u dasturlarni ishga tushiradi, ma'lumotlar himoyasini ta'minlaydi, foydalanuvchilarning va dasturlarning talablari bo'yicha turli servis amallarini bajaradi, printer va boshqa kompyuterga ulangan «tashqi» qurilmalar ishini boshqaradi. Kompyuterga yuklanuvchi ixtiyoriy dastur operatsion sistema xizmatidan foydalanadi, shuning uchun bu dastur faqat unga shu xizmatlarni ta'minlab beruvchi OS boshqaruvida ishlaydi. Osni tanlash juda muhim, chunki u foydalanuvchi kompyuterida kaysi dasturlar bilan ishlash mumkinligini, uning ma'lumotlari himoyasining darajasini, qanday apparat vositalari kerakligini va xakozolarni aniqlaydi. Windows (inglizcha Windows- oynalar degan ma'noni anglatadi) Microsoft (qisqacha MS) firmasining programma maxsuli bo'lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo'lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan operatsion sistemadir. Uning asosiy maqsadi- kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o'rganish uchun oson, shu bilan birga foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish xoliga keltirishdir. Microsoft firmasi garchand Windows dasturini dastlab 1983 yilda yaratgan bo'lsada, yildan-yilga uni takomillashtirmokdalar. Dastlab Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12 versiyalari, 1995 yilda Windows 95, 1998 yilning yozida yangi Windows 98 va 200-2007 yillarda Windows OS ning mos ravishda Windows-200, ME, XP ko'rinishlari yaratilib, yo'qori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bezagi, o'z-o'zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Windows 98 dan yo'qori ko'rinishlari grafik mahsulotning ko'rinishi, tovush va zamonaviy texnologiyalar bo'yicha yaratilgan multimedia ilovalarini qo'llash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal Serial Bus( USB) shinasi yordami tashqi qurilmalarning oson ulanishi va o'zib quyillishini ta'minlaydi, televideniye hamda shaxsiy kompyuterning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi. 2.Windows XP operatsion sistemasi Windows XP va undan yo'qori ko'rinishning oldingi versiyalaridan asosiy farqi-uning ishlatilishi va Internetga kirishdagi soddaligi hisoblanadi. Ularda Web texnologiyasi bo'yicha o'zgaruvchan yordam tizimi va kompyuter ishlatilishini o'rgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Web-yo'naltirilgan interfeys foydalanuvchiga kompyuterda, lokal kompyuter tarmog'ida ham Web-texnologiyada axborotlarning bir shaklda ifodalanishini ta'minlaydi va shu bilan birga axborotlar kidiruvini osonlashtiradi. Operatsion sistema sifatida Windows XP va undan yo'qori ko'rinishlari quyildagi afzalliklarga ega: qattiq disklarni tozalash va «vaqtinchalik» fayllarni uchirish; qattiq disklar holatini tekshirish va fayllar tizimidagi kamchiliklarni bartaraf qilish; o'ta muhim axborotlarni zaxira nusxasini yaratish; qattiq disklarga xizmat ko'rsatish va defragmentatsiya o'tkazish; Internet tizimiga ulanish va kompyuter qurilmalariga yangi yaratilgan drayverlarni aniqlash, ulardan foydalanishni taklif qilish; Avtomatik « davolanish»; Internet kanallari chakiriklariga javob berish va pressa ma'lumotlarini qabul qilish va x.k. foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini harid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo'lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:40 ]
Arxiv ichida: doc