Windows XP operatsion tizimi

Windows XP operatsion tizimi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Windows XP operatsion tizimi - rasmi

Material tavsifi

Reja: WINDOWS XP operatsion tizimining ish stoli va uning yorliqlari MOY KOMPYuTYeR yorlig'i bilan tanishish WINDOWS dasturining PUSK menyusi Ish stolni sozlash WINDOWS XP operatsion tizimining ish stoli Windows XP operatsion tizimi yuklangandan so'ng ekranga Windows XP operatsion tizimining ish stoli chiqadi. Bu 1-rasmda ko'rsatilgan. 1-rasm Windows dasturida hamma dastur, papka va fayllar alohida o'zining oynasida bajariladi. Oyna - bu ekranning chegaralgan to'rtburchak sohasi. WINDOWS ish stolida papka yorliqlar va har xil maxsus belgilar joylashadi. PAPKA -bu so'z bilan nomlangan diskdagi ma'lumotlar sohasi, uning ichida boshqa papka va fayllar joylanishi mumkin. Bu sohada fayl va boshqa papkalar saqlanishi mumkin. YORLIQ - bu diskda joylashgan fayl yoki dasturgacha yo'llanma. Bu yo'llanmaga sichqoncha bilan ikkitali bosish yordamida kirsaq kompyuter yo'llanmaga mos fayl yoki dasturni ochib beradi. Bitta fayl yoki dastur bir nechta yorliqlarga ega bo'lishi mumkin. Maxsus yoki ish stolninng asosiy papkalar - bu Windows dastur ustidan har xil amallarni bajaruvchi maxsus dasturlarga yo'llanma. MOY KOMPYuTYeR - maxsus papka yordamida sizning kompyuteringizda joylashgan disklar, papkalar va ular ichidagi fayllarni ko'rish va ular bilan ishlash (har xil amallar bajarish) imkoniyat yaratadi. MOI DOKUMYeNTЫ - maxsus papkada foydalanuvchi tomonidan ish jarayonida yaratilgan matn, rasm, jadval va boshqa fayllar saqlanadi. Bu belgi yordamida esa shu papkaga tezkor o'tishimiz mumkin va ular bilan ishlash imkoniyat yaratiladi) SYeTYeVOYe OKRUJYeNIYe - maxsus papka yordamida sizning kompyuteringizga tarmoqga ulangan kompyuterlardagi fayl, papka va disklar bilan ishlash imkoniyat yaratadi KORZINA - maxsus papkada siz tomoningizdan yaqinda uo'chirilgan fayl va papkalarni ro'yxati joylashadi. Bu belgi yordamida esa shu papkaga tezkor o'tishingiz va ro'yxat yordamida ularni qayta joyiga tiklashingiz mumkin bo'ladi INTERNET EXPLORER - brauzer yorlig'i internet tarmog'ida ishlash imkoniyatini yaratib beradi. Bu yorliq yordamida internet tarmog'iga kirishimiz va unda ishlashimiz mumkin bo'ladi Ekranda joylashgan hamma narsalar diskning WINDOWS papkasini RABOChIY STOL papkasi ichida joylashadi. Bo'lardan MOY KOMPYuTYeR, KORZINA, MOI DOKUMYeNTЫ, SYeTYeVOYe OKRUJYeNIYe va INTYeRNYeT EXPLORER bu standart maxsus papka va yorliqlar. MOY KOMPYuTYeR yorlig'i bilan tanishish. Windows ning maxsus papkalar qo'yidagi qismlardan iborat: Nom satri, Menyu satri, Yordamchi qurollar tugmalari satri, Ish soha, Ma'lumotlar satri, Oyna chegaralari va Ko'rib chiqish chizgichlari. 2-rasm Ushbu qismlar bilan biz utgan mavzuda tanishganmiz. Bu papkalarning hammasida yordamchi qurollar (asboblar) tugmalari satri bir xil bo'lib ular yordamida biz eng asosiy amallar va harakatlarni bajarishimiz mumkin. Shu tugmalar bilan yaqinroq tanishaylik. MOY KOMPYuTYeR Windowsning maxsus pakalaridan asosiy bo'lib u yordamida biz hoxlagan diskda joylashgan papka va fayllar bilan ishlashimiz mumkin. Ush bu papkani ochganimizdan keyin biz uning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1009.59 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1009.59 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga