WordART obyekti - rasmi

Material tavsifi

WordART obyekti 6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 14-mavzu Worddagi hujjat yanada go'zal bo'lishi uchun unga so'z yoki matn qismini turli grafik shakllarda tasvirlash imkonini beruvchi WordART obyektini joylashtirish mumkin. WordART kolleksiyasi WordArt obyekti - bu manzarali rasm ko'rinishidagi matn bo'lib, uning yordamida maxsus matn effektlarini qo'llash mumkin. Masalan, matnni og'dirish, cho'zish, matnni biror shakl ko'rinishida joylashtirish yoki matnni turli usullarda bo'yash mumkin. Matnning kerakli joyiga siljitish yoki o'lchamlarini o'zgartirish orqali WordArt obyektiga e'tiborni jalb etish mumkin. Yurgich WordArt obyektini joylashtirish kerak bo'lgan satrga o'rnatilgach Joylashtirish (Вставка) tasmasining Matn (Текст) guruhidagi (WordArt) tugmasi tanlanadi Ochilgan quyidagi kabi uslublar ro'yxatidan manzur bo'lgan uslub tanlanadi, masalan, Градиентная заливка - черная, контур - белый, тень снаружи: Natijada matn kiritish uchun quyidagi ko'rinishda matn maydoni aks etadi: Bo'yalib turgan matn maydoni o'rniga kerakli matn kiritiladi. Masalan, Ona vatan O'zbekistonim! Yashna O'zbekiston! Natijada belgilanib turgan matn o'chib, o'rnida yangi terilgan matn aks etadi. Hosil bo'lgan WordArt obyektiga faollashgan Chizish vositalari-Format (Средства рисования-Формат) kontekst-menyu tasmasi formatlash imkoniyatlarini qo'llash mumkin bo'ladi. WordArt obyektiga yozilgan matnga esa Matn yo'nalishi (Направление текста), Matn o'lchami (Размер текста) va Matn rangi (Цвет текста), Bo'yash usuli (Заливка текста), matnning aks etish shakli kabi formatlashlarni qo'llash e'tiborni tortadi. Buning uchun Chizish vositalari-Format (Средства рисования-Формат) kontekst-menyu tasma si WordArt uslublari (Стили WordArt) guruhi Animatsiya (Анимация) tugmasi ro'yxatini ochib, quyidagi O'zgartirilsin Преобразовать) tugmasi ro'yxatidan Halqa (Кольцо) shaklini tanlab olamiz va o'lchamlarini oshiramiz: Matn aks etish shaklini o'zgartiramiz. Natija quyidagicha aks etadi: Savol va topshiriqlar 1. WordART obyekti qanday vazifani bajaradi? 2. WordART obyekti qanday usullar bilan joylashtiriladi? 3. WordArt uslublari (Стили WordArt) guruhi qanday imkoniyatlar beradi? 4. WordART obyekti shaklini o'zgartirishni amalda ko'rsating. 5. Informatika fanidan referat uchun muqova tayyorlang. 6. WordARTda tayyorlangan obyektni erkin burishni amalda ko'rsating. 7. WordARTda tayyorlangan obyekt formatini o'zgartirishni amalda ko'rsating. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.47 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.47 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga