Wordda hujjatni chop etish

Wordda hujjatni chop etish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Wordda hujjatni chop etish - rasmi

Material tavsifi

6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 16-mavzu Wordda hujjatni chop etish Zamonaviy printerlar turli usulda chop etish imkoniyatiga ega. Masalan, qog'ozning bitta sahifasiga hujjatning bir nechta sahifasini chop etish, hujjatni buklet yoki kitobcha shaklida chop etish va hokazo. Hujjatni chop etish parametrlarini o'zgartirish uchun Fayl menyusining Chop etish (Печать) bo'limi tanlanadi. Natijada ekranga Chop etish (Печать) lavhasi chiqadi. Chop etish lavhasi Printer (Принтер), Sahifalar (Страницы), Nusxalar (Копии), Masshtab (Масштаб), Qamrov (Включить), Chop etish (Напечатать) bandlaridan iborat. Sahifalar bandida barchasi (все), joriy (текущая), tartib raqamlari (номера) va ajratilgan qism (выделенный фрагмент) ko'rsatmalari bo'lib, ulardan biri sichqoncha yordamida tanlanadi. Barchasi ko'rsatmasi tanlansa, hujjat to'lig'icha (barcha sahifasi) chop etiladi. Joriy ko'rsatmasida joriy sahifa (yurgich turgan sahifa) chop etiladi. Tartib raqami ko'rsatmasi tanlansa, unga tegishli oyna faollashadi. Nusxalar bandida nusxalar soni (число копий) va nusxalar bo'yicha ajratish (разобрать по копиям) ko'rsatmalari bor. Ular hujjat necha nusxada va qay tartibda chop etilishini ko'rsatadi. Masalan, biror hujjatni 3 nusxada chop etish kerak bo'lsin. Nusxalar bo'yicha ajratish ko'rsatmasi belgilangan bo'lsa, avval hujjatning birinchi nusxasi to'lig'icha chop etiladi, keyin ikkinchi nusxasi, so'ngra uchinchi nusxasi chop etiladi. Masshtab bandida qog'ozning bir sahifasiga hujjatning nechta sahifasi chop etilishi ko'rsatiladi. Buning uchun varaqdagi sahifalar soni (число страниц на листе) oynasida taklif etilgan 1 sahifa (1 страница), 2 sahifa (2 страницы), 4 sahifa (4 страницы) va hokazo ko'rsatmalardan biri tanlanadi. Qamrov bandida barcha sahifalar (Все страницы диапазона), toq tartib raqamli sahifalar (Нечетные страницы), juft tartib raqamli sahifalar (Четные страницы) ko'rsatmalaridan biri tanlanadi. Printerlar turli-tuman xususiyatlarga ega bo'lib, quyida biz ularning hujjatni kitobcha shaklida chop etish xususiyati bilan tanishamiz. Ta'kidlash joizki, hamma printerlar ham bunday xususiyatga ega emas. Shu sababli kitobcha shaklida chop etish xususiyatini «HP LaserJet 1300» rusumli printer misolida ko'ramiz. Mazkur printerning xususiyatlari lavhasi quyidagi rasmda keltirilgan. Undagi Hujjat parametrlari (Параметры документа) bandidan Ikkala tomoniga chop etish (Печать на обоих сторонах) ko'rsatmasi tanlanadi. Avval hujjatning bir qismi (yarmi) qog'ozning bir tarafiga chop etiladi. Chop etib bo'lingan qog'oz varaqlarini tekislab, ikkiga buklasangiz kitobcha hosil bo'ladi. Chop etilgan qog'ozlar tartibini buzmagan holda yana printerga joylansa, hujjatning qolgan qismi qog'ozning orqa tomoniga chop etiladi. Hujjatni kitobcha shaklida chop etishda ehtiyojga qarab, o'ng tomondan yoki yuqoridan muqovalash ham mumkin. Buning uchun buklet maketida tegishli ko'rsatma tanlanadi. Savol va topshiriqlar 1. Qaysi tugma yordamida hujjatni chop etish mumkin? 2. Hujjatning joriy sahifasini chop etish qanday amalga oshiriladi? 3. Hujjatning ketma-ket kelmagan bir nechta sahifasini bir yo'la chop etish mumkinmi? 4. Hujjatning faqat belgilangan qismini chop ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.21 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.21 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga