Wordda matn yozish qoidalari

Wordda matn yozish qoidalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Wordda matn yozish qoidalari - rasmi

Material tavsifi

6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 4-mavzu Wordda matn yozish qoidalari Hujjat bilan ishlash maqsadlaridan kelib chiqib Microsoft Word dasturi Ko'rinish (Вид) tasmasi orqali hujjatni aks ettirishning bir necha ko'rish holatlarini tavsiya etadi: Sahifani belgilash (Разметка страницы) holatida (A-rasm) matn, hoshiyalar, rasmlar va boshqa qismlar qog'ozga chop etishga mo'ljallangan sahifadagi kabi ko'rinishda aks etadi. O'qish holati (Режим чтения) holatida hujjat o'lchamlari ekran o'lchamlariga mos ravishda o'zgaradi hamda ko'p uskunalar aks etmaydi. Bu holat hujjatni o'qishda ko'zning kamroq toliqishini ta'minlashga qaratilgan. Web-hujjat (Веб-документ) holati hujjatni brauzer oynasidagi kabi aks ettiradi. Bu holatdan brauzerlarda (masalan, Windows tarkibidagi Internet Explorerda) ko'rish uchun Web-sahifa va Web-hujjatlar tayyorlaganda foydalanish qulay. Struktura (Структура) holatida (B-rasm) hujjat sarlavhalari hujjat strukturasidagi pog'onasiga mos ravishda siljiydi. Bu holat matn tarkibini ko'rib turish, matn qismlarini nusxalash, ko'chirib o'tkazish yo'li bilan matnni qayta tashkil etishda qo'llaniladi. Matn yozish qoidalari Microsoft Word dasturida matndagi so'zlar sahifaning o'ng chegarasiga yetganda keyingi yozilgan so'z yangi satrga avtomatik o'tkaziladi. Yangi abzasga o'tish uchun Enter klavishini bosish shart. Har qanday tinish belgisidan keyin probel klavishi bosilishi shart, tinish belgilaridan oldin probel bosilmaydi. «Qat'iy probel»ni joylashtirish uchun Ctrl , Shift , probel klavishlari birgalikda bosiladi. Qat'iy probel satr oxirida qatnashgan jumla (masalan, A. Fozilov) ajralib qolmasligi uchun, ya'ni jumla bir satrda joylashishi shart bo'lganda ishlatiladi. «Defis» (-) belgisi probellarsiz yoziladi, masalan: qovun-tarvuz, kiyim-kechak. «Tire» (-) ikki tomondan probellar bilan ajratiladi. Uni yozish uchun Ctrl va yordamchi klavishlar majmuyidan «tire» klavishlari birgalikda bosiladi. Masalan, «Bahrom Mahkamov - sinfimizdagi eng a'lochi o'quvchi». «Uzun tire» (-) ikki tomondan probellar bilan ajratiladi. «Uzun tire» yozish uchun Ctrl , Alt va yordamchi klavishlar majmuyidan «tire» klavishlari birgalikda bosiladi. Masalan, «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch». «Qat'iy tire»ni yozish uchun Ctrl , Shift va - klavishlari birgalikda bosiladi. Qat'iy tire satr oxirida yozilgan defi s qatnashgan so'z (masalan, 5-sinf) ajralib qolmasligi uchun, ya'ni bir satrda joylashishi shart bo'lganda ishlatiladi. Hujjatda harakatlanish bir satrdan ikkinchisiga ↑ yoki ↓ yo'nalish klavishlari; bir belgidan ikkinchisiga → yoki ← yo'nalish klavishlari; bir so'zdan ikkinchisiga Ctrl klavishini bosib turgan holda → yoki ← klavishlarini bosish yordamida; bir abzasdan ikkinchisiga Ctrl klavishini bosib turgan holda ↑yoki ↓ klavishlarini bosish yordamida; bir sahifadan ikkinchisiga PageUp va PageDn klavishlari yordamida; satr boshiga Home , satr oxiriga End klavishlari yordamida; matn boshiga Ctrl + Home, matn oxiriga Ctrl + End klavishlari yordamida. Microsoft Word dasturida yurgich tezkor klavishlar yordamida hujjatda quyidagicha harakatlantiriladi: Microsoft Word dasturida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.73 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.73 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga