Xizmat ko'rsatish boshqaruv faoliyatining rejasini ishlab chiqish

Xizmat ko'rsatish boshqaruv faoliyatining rejasini ishlab chiqish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Xizmat ko'rsatish boshqaruv faoliyatining rejasini ishlab chiqish - rasmi

Material tavsifi

Xizmat ko'rsatish boshqaruv faoliyatining rejasini ishlab chiqish Reja: 1.Xizmat ko'rsatish faoliyatida tizimli tahlil. 2.Xizmat ko'rsatish boshqaruv faoliyatining rejasini ishlab chiqish. 1. Xizmat ko'rsatish faoliyatida tizimli tahlil. Xizmat ko'rsatish faoliyatining rejasi tizim doirasida tahlilni amalga oshirish uchun, tizimli tahlilning xususiy jihatlari amaliy mazmun kasb etadi, bu xususda fikr yuritishdan oldin, tizim haqida munosabat bildiramiz. Xizmat tizimi, bu yagona maqsad sari, aniqrog'i shaxsning kamolotini ta'minlash uchun o'zaro aloqador bo'lgan, bir birini to'ldiruvchi, takomillashtiruvchi, son yoki sifat ko'rsatkichi bo'yicha bir xossa o'zgarsa, albatta ikkinchi xossa ham o'zgaradigan, turli tuzilmali tarkiblardan (ya'ni: faoliyat, jarayon, hamkorlik, mavjudlik (amaliyot)) iborat bo'lgan majmuadir (yaxlitlikdir). Fanda tahlilning bir qator turlari mavjud bo'lib, fan sohalari doirasida ular turli xossalari bo'yicha tavsiflanishini alohida ko'rsatib o'tib, muhimlarini keltiramiz: - funksional tahlil, institutsional tahlil, trendlar tahlili; fragmentar tahlil; ivent tahlil; mifologik tahlil, grafikali tahlil, prognozlarning tahlili, aksiologik tahlil, pragmatik tahlil, prakseologik tahlil, dasturlar tahlili, muammoli tahlili, konseptual tahlil, vaziyatli tahlil, syujetli tahlil, jo'z'iy o'zgarishlar ko'rsatkichining tahlili, sabab-oqibat bog'likdigi tahlili, korrelyasion tahlil, klasterli tahlil, semantik tahlil, diskurs tahlil, darajali tahlil, qiyosiy (jumladan juftli) tahlil, resurslarning tahlili, mantiqiy- lingvistik tahlil va boshqalar. Ta'kidlashicha tizim doirasida tahlilni amalga oshirish uchun, ongli harakat texnologiyasiga (2-chizma) amal qilish samarali natijalar berishi ehtimoldan xoli emas. Vazifadorligiga (funksionalligiga) ko'ra, ongli harakat texnologiyasi tahlilni amalga oshiruvchini tahliliy faoliyatining samaradorligini ta'minlab, axboriy va intellektual kabi resurslardan foydalanish jarayonini takomillashtiradi. Samaradorlik quyidagi mantiqiy xossalarda ifodalanadi: tahlilni amalga oshirish uchun vaqtni tejashda, muamoni yechimini topish uchun ilgari suriladigan farazni to'g'ri to'zishda, tahlilni amalga oshirish uchun vositalarni (usullarni) maqsadli tanlashda, tahlilni amalga oshirish uchun muammoning (vaziyatning) xarakterini inobatga olishda, mummoni yechish uchun belgilanadigan muddatni aniq belgilashda, qaror qabul qilish uchun turli variantli yechim yo'llarini belgilab olishda, tavsiyalarni manzilli tayyorlash kabilarda21. 2.4 - chizma. Ongli harakat texnologiyasi. Demak, tahlil, shu jumladan, tizimli tahlil o'z sohasining bilimdoni, yangiliklarga intiluvchi-bunyodkor, chuqur mushohada yurita oladigan-ijodkor inson-mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi natijasida pedagogik mehnat, shaxs, jamiyat va davlat hayoti bilan bog'liq bo'lgan manfaatlarni himoyasi ta'minlanadi. Tizim doirasida bu masala alohida mazmun kasb etib, istiqbolga qaratilganligi, millat, vatan taqdiri bilan bevosita bog'liq bo'lganligi jihatidan strategik masalalar sirasiga talluqli bo'lishi bilan ham ahamiyatlidir. 2. Xizmat ko'rsatish faoliyatining boshqaruv rejasini ishlab chiqish. Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo'lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni quyidagi belgilar bo'yicha guruhlarga bo'lish mumkin (1-jadval). 2. 1-jadval Boshqaruv qarorlariga qo'yiladigan talablar. Boshqaruv amaliyotida qarorlar bir necha ishlab chiqarish, xo'jalik, iqtisodiy, ijtimoiy faoliyat masalalari bo'yicha qabul qilinadi va ular o'zlarining ifodalanish shaqli, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 51.29 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 51.29 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga