Xizmatlar ko'rsatish faoliyatida tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari Reja: Tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari. Umumilmiy va xususiy metodlar. 1. Tizimli tahlilni amalga oshirish metodlari. Tizimli tahlilni umumiy va xususiy jihatlarini inobatga olib, faoliyat doirasida uni amalga oshirish uchun to'rttadan ortiq usullardan vosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Garchi, faoliyat doirasida tizimli tahlil usulidan foydalanishga oid alohida yondashuv bulmasada, ammo reallikni amaliy jihatlaridan kelib chikkan holda mazkur masalaga funksional tarzda yondashish maqsadga muvofiqdir. Usul, biron bir natijaga erishish vositasi hisoblanib, reallikni amaliy yoki nazariy jihatdan o'rganish tarzi. Muammoni alohida tartib asosida o'rganish uchun qo'llaniladigan harakatlar ketma-ketligini ta'minlash uchun, aniq o'lchov birligiga (son, foiz, ball, gramm, kilogramm, shakl, rang, koeffitsent, o'rin va b.) ega bo'lgan majmuadir. Tizimli tahlilni amalga oshirish uchun turli usullar tanlanishi mumkin. Nisbatan ko'prok qo'llaniladiganlari sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tish mumkin: so'rov (anketa tarzida yozma, og'zaki savol-javob (masofali)) usuli; hujjatlarni o'rganish (DTS, hisobot, xulosalar va b.) usuli; faoliyat mahsulini o'rganish (insho, maqola, talabalarning bilimi va b.) usuli; alohida holatlarni o'rganish (alohida pedagogik vaziyatni. Masalan, a'lochilar guruhini, faollarni va b.) usuli; qiyoslash (rakamlar, dalillar, bildirilgan fikr va munosabatlarni kiyoslash) usuli; - suhbat (nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bilvosita ma'lumot olish) usuli. biografik (kishini uning tarjimai xoli bilan bog'lik bo'lgan hujjatlar orqali o'rganish) usul; intervyu (muammoga oid bo'lgan savollarga berilgan javob tariqasida axborot to'plash) usuli; kuzatish (kishining harakatlarida namoyon bo'ladigan turli holatlarni hisobga olish, biron bir jarayonni kechishiga oid axborot olish) usuli; sotsiometriya J. Moreno tomonidan tavsiya etilgan bo'lib, o'zaro munosabatlar tuzilishi bilan psixologik qovushuvchanlikni aniqlash maqsadida guruh va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o'rganish. Bugungi kunda sotsiometriyani turli variantlari ishlab chiqilgan usuli: test (standartlashtirilgan sinov bo'lib, uning yordamida u yoki bu xildagi psixik jarayon baholanib, shaxsni bir butunligicha o'rganish mumkin) usuli; eksperiment (muammoli vaziyatni xal qilish jarayoni, xattoki shaxsning histuyg'ulari, xarakteri, qobiliyati, aql-zakovatini o'rganish mumkin. Bunda, obyektga ta'sir etadigan barcha omillar qat'iy nazorat kilgan holda ko'zatiladi) usuli; modellashtirish (jarayonni bilvosita o'rganishga asoslangan bo'lib, bunda biron obyektning xususiyatlarini o'rganish uchun maxsus ravishda tuzilgan boshqa obyektda qayta hosil qilish tushuniladi) usuli; prognozlash (biror-bir hodisaning kelajakdagi holati haqidagi mulohaza) usuli; - ekstrapolyasiya (lot. ekstra-tez, polio-silliqlayman, to'g'rilayman) biror hodisaning alohida qismini kuzatish natijasida olingan xulosani shunga o'xshash hodisaning boshqa bir qismiga, boshqa hududiga (manzilga, joyga) tadbiq etish) usuli. Shu bilan birga biografik va tarixiy-qiyosiy usullarni xam ko'rsatib o'tish mumkin. Biografik metod (yunon tilida bios - hayot, graho - yozayapman) - shaxs hayot yo'lini tadqiq etish, tashxislash, korreksiyalash, rejalashtirish uslubi. Biografik usul XX asrning birinchi choragida tatbik etila boshlandi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.75 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.75 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:41 ]
Arxiv ichida: docx