Xizmatlar ko'rsatish muammolarni hal etishda tizimli tahlildan foydalanish bosqichlari Reja: 1.Tizimli tahlilda uslub va uslubiyat. 2.Tizimli tahlilda eksperimental uslub. 3.Tizimli tahlilda maqsadlarni va mezonlarni aniqlash. 4. Kompleks muammolarni o'rganish va hal qilishda tizimli tahlilning o'ziga xosligi. 1. Tizimli tahlilda uslub va uslubiyat. Tizimli tahlilni boshqa tizimli tadqiqotlar yo'nalishidan farqlab turuvchi tamoyilidagi o'ziga xosliklaridan biri bu tizim maqsad va funksiyalarni shakllantirishni va qiyosiy tahlilini engillashtiruvchi vositalarni ishlab chiqishi va tadbiq qilishidir. Boshida maqsad tuzilmasini shakllantirish va tadqiq qilish metodikalari aniq misollarda to'plagan mutaxassislar bilimini umumlashtirishga asoslangan. Biroq, bu holda olinayotgan ma'lumotlarning to'liqligini hisobga olishning ilojisi bo'lmaydi. So'z tizimli tahlildagi uslubiyat to'g'risida ketganda ko'pchilik tadqiqotchilar tizimli tahlil metodikasini ishlab chiqishda asos sifatida har qanday ilmiy izlanishlarni o'tkazish bosqichlarini yoki boshqaruv nazariyasida qabul qilingan tadqiqot va izlanishlar bosqichlarini olish mumkinligi haqida bir to'xtamga kelishadi. Biroq, tizimli tahlilning metodikasining o'ziga xos bo'lgan tomoni shundaki, u tizim tushunchasiga asoslanishi hamda tizimni qurish, faoliyat yuritishi va rivojlanishi qonuniyatlaridan foydalanishi kerakligi. Bundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, tizimli tahlilning barcha metodikalariga tizimlarning faoliyat yuritish qonunini aniqlash, tizim tuzilmasi variantlarini shakllantirish va dekompozitsiya vazifalarini hal qilish, tadqiq qilinayotgan tizimni tahlil qilish, tizimni sintez qilish va amaliyot muammosini olib tashlash yo'llari bilan eng zo'r variantni tanlash umumiy hisoblanadi. Aniq sharoitlarda tizimlar tahlili va sintezi metodikasini qurish asoslari bo'lib, tizimli tahlil tamoyillariga amal qilish hisoblanadi. Uslub maqsadga etishtiruvchi mantiqiy hamda ijro nuqtai nazaridan tashkillashtirilgan tadbirlar ketma-ketligidir. Shu asnoda mantiqiylik u yoki bu harakatning asoslanganligi hamda harakat aniqlanishining uzil-kesilligidir. Tegishli talablar asosida tashkillashtirilgan ketma-ketlik - bosqichlari puxta aniqlangan, tanlash qoidalari esa noaniq bo'lmagan tegishli talablar asosida tashkillashtirilgan ketma-ketlikning ehtimoliyligi. Umumilmiy uslubiyat ilmiy bilimlarning yo'nalishlari, konsepsiyalari va tizimlari bilan taqdim qilinadi. Ular o'zlarining xarakterlarining universallik kuchiga qarab fanning rang-barang tarmoqlarida anglash faoliyati vositasi sifatida foydalaniladi. Ilmiy tadqiqotda uslubiyatning quyidagi muhim qo'llaniladigan sohalarini ajratib ko'rsatish mumkin: muammoni shakllantirish(ilgarisurish); tadqiqot predmetlarini shakllantirish; ilmiy nazariyani yaratish; nazariyaning haqiqiyligini amaliyotga murojaat etish yo'li bilan tekshirish; ushbu nazariyadan boshqa nazariyani yaratishdafoydalanish; - olingan natijalarni talqin qilish. Shunday qilib, ilmiy tadqiqot uslubiyati - bu ilmiy bilimlarni shakllantiruvchi tamoyillarni o'zida mujassamlashtirgan, uning tuzilmasini va uslublarini, olingan natijalarning haqiqiyligini tekshirishni va ularning talqinini o'z ichiga oluvchi tadqiqot vazifalariga mazmunini mos kelishini ta'minlovchi ilmiy bilimlarni (ilmiy-bilish faoliyatini) tashkillashtirishning eng umumiy shakli. Tizimli tahlilda uslub - bu muammoli vaziyat to'g'risida bilim olish hamda optimal yechimlarni qidirish va ishlab chiqishdir. Barcha uslublari kita asosda shakllangan: ekspertlarningbilim va tajribalaridan foydalanish; tizimlarniilmiy-formallashgantarzdatasavvurqilishva izohlash. Tizimli tahlilda foydalaniladigan uslublar juda ko'p. Hammasini o'rganish uchun bizda vaqt ham, imkoniyat ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
114.52 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
114.52 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:41 ]
Arxiv ichida: docx