Xotirali raqamli avtomatlarni sintezlash

Xotirali raqamli avtomatlarni sintezlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Xotirali raqamli avtomatlarni sintezlash - rasmi

Material tavsifi

Xotirali raqamli avtomatlarni sintezlash Reja: Strukturaviy sintezlash kanonik usulining bosqichlari. Kodlash. Avtomatning xotira elementlarini tanlash Strukturaviy to'liq elementlar tizimsini tanlash. Avtomatning chiqish yo'li va qo'zg'atish mantiqiy funksiyalari tenglamalarini tuzish. Avtomatning funksional sxemasini qurish. Xotirali raqamli avtomatlarni sintezlash masalasi, umumiy holda, bazi elementar avtomatlar kompozitsiyasi asosida murakkab avtomatlarning strukturaviy sxemalarini qurishning umumiy yo'llarini, yani ularni bir-biriga ulashning aniq usullarini topishdan iboratdir. Strukturaviy sintezlash bosqichida dastlabki abstrakt sintezlash natijasida olingan Mili, Mur yoki S - avtomatlarini strukturaviy sxemasini qurish uchun elementar avtomatlar tanlab olinadi. Ularning kompozitsiyasi asosida strukturaviy sxema quriladi. Strukturaviy sintezlash masalasi yechimga ega bo'lsa, u holda berilgan elementar avtomatlar tizimsi strukturaviy to'liq deb ataladi. Ixtiyoriy xotirali avtomatni strukturaviy sintezlashni kombinatsion sxemalarni sintezlash masalasiga keltiruvchi metodni ko'rib chiqamiz. Bu metod xotirali avtomatlarni strukturaviy sintezlashning kanonik metodi deb ataladi. Strukturaviy sintezlashning kanonik metodi ikkita katta sinfga bo'linuvchi elementar avtomatlar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi sinfni xotira elementlari deb ataluvchi elementar xotirali avtomatlar tashkil etadi. Ikkinchi sinfni elementar kombinatsion avtomatlar- mantiqiy elementlar tashkil etadi. Strukturaviy sintezlashning kanonik metodini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: kodlash; avtomatning xotira elementlarini tanlash; strukturaviy to'liq elementlar tizimsini tanlash; avtomatning chiqish yo'li va qo'zg'atish mantiqiy funsiyalari tenglamalarini tuzish; avtomatning funksional sxemasini qurish. Yuqorida keltirilgan bosqichlarni har birini batafsil ko'rib chiqamiz. Kodlash. Yuqorida takidlab o'tilganidek, ixtiyoriy xotirali avtomat abstrakt sathda quyidagi ko'rinishda ifodalanishi mumkin A X, S, Y, , . Strukturaviy sathga o'tilganda avtomatning kirish yo'li alfaviti X ning har bir harfi xi ikkili vektor yoki ikkili nabor orqali ifodalanadi. Avtomatdagi fizik amalga oshirilgan kirish yo'li kanallarining minimal soni kkir quyidagicha aniqlanadi: kkir log2 X , bu yerda |X|- kirish yo'li alfaviti X ning quvvati. Masalan, agarda Xx1, x2, x3, u holda kk i r 2 bo'ladi. Boshqacha aytganda, har bir xiªX arfini elementlar soni ikkidan kam bo'lmagan vektor bilan kodlash mumkin, yani X00, 01, 10. Shunindek, chiqish yo'li alfaviti Y ning har bir harfi yi, elementlari soni fizik amalga oshiriladigan avtomatning chiqish yo'llarining soniga teng bo'lgan ikkili vektori bilan kodlanadi. Avtomat chiqish yo'lining ikkili vektori elementlarining minimal soni kchiqlog2Y ifoda bilan aniqlanadi. Avtomat holatlari alfaviti S ning ar bir harfi si elementlarining minimal soni kol log2S orqali aniqlanuvchi formula bilan ifodalanadi. Abstrakt avtomatining X, Y, S alfavitlari harflarini ikkili vektorlar bilan almashtirish jarayoni kodlash deb ataladi. Kodlash jadvali quyidagicha tuziladi: jadvalning chap tomoniga barcha harflar (masalan, abstrakt avtomatining kirish yo'li alfaviti harflari), o'ng tomonga esa shu harflarga mos keluvchi ikkili vektorlari yozib chiqiladi. Misol. Mili abstrakt avtomati qo'shma o'tishlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 110.1 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 110.1 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga