Reja: Yig'ish chizmasining mazmuni Moylash tuzilmalarini tasvirlash Zichlagich tuzilmalarini tasvirlash Tebranish podshipnigini tasvirlash Prujinalarni tasvirlash Qimirlatmaydigan (stopor) tuzilmalarni tasvirlash Yig'ish chizmalaridagi shartliklari va soddalashtirishlar Asliga qarab yig'ish chizmalarining bajarish tartibi Yig'ish chizmalarini o'qish va detallarga ajratish Sxemalarni chizishdagi umumiy qoidalar 1. Yig'ish chizmasining mazmuni Mashina, stanok va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun konstruktorlik hujjatlari tuziladi. Konstruktorlik hujjati loyiha va ish hujjatlariga bo'linadi. loyiha hujjati tarkibiga buyumning konstruktiv tuzilishini, uning tarkibiy qismlarining o'zaro ta'siri va buyumning ishlash prinsipini tushuntiruvchi (izoxlovchi) umumiy ko'rinish chizmalari, loyihaning tushuntirish yozuvi va boshqa hujjatlari kiradi. Umumiy ko'rinish chizmasidagi ma'lumotlar, konstruktorlik ish hujjatini ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Konstruktorlik ish hujjatlariga buyumlar tarkibiy qismlarining yig'uv chizmalari kiradi: yig'uv chizmalari buyumlarning tasvirlari va yig'ish hamda nazorat qilish uchun zarur bo'ladigan ma'lumotlar, spetsifikatsiyalar, montaj va gabarit chizmalar, sxemalar va boshqalarni o'z ichiga oladi. Yig'uv chizmalari quyidagilardan iborat: a) yig'uv birligining tasviri: ushbu chizma bo'yicha biriktiriladigan tashkiliy qismlarning joylashishi va o'zaro bog'lanishi to'g'risida ma'lumot beradi; b) yig'uv birligining yig'ish va nazorat qilishni ta'minlovchi ko'rsatmalar; v) o'lchamlar, chekli chetga chiqishlar va nazorat qilinishi kerak bo'lgan boshqa parametrlar va talablar; g) detallarni biriktirish usuli to'g'risidagi ko'rsatmalar; d) buyum tarkibiga kiruvchi qismlarining pozitsiya nomerlari; ye) buyumning asosiy xarakteristikalari; j) gabarit, o'rnatish, ulanish, shuningdek, kerakli spravka o'lchamlar. Buyumning yig'ish chizmasi - 1-shaklida keltirilgan. Bu chizmani bajarish tartibi quyida bayon qilingan. Chizmada quyidagilar mavjud; a) bosh ko'rinish, ustdan ko'rinish, chapdan ko'rinish. Bu ko'rinishlarning xammasida qirqimlar ko'rsatilgan; b) teshik va moylash ariiqchasining o'zaro joylashishini aniqlovchi A-A kesim chiqarilgan; v) 3 - detalning V-V kesimi. Bir detalning o'zi yig'ish chizmasining hamma tasvirlarida bir xil yo'nalishda shtrixlanadi. Yondosh detallar turli yo'nalishda shtrixlangan. Agar biror detalning shakli mavjud tasvirlarda to'la Aniq bo'lmasa, yig'ish chizmasida bu detalning strelka bo'yicha ko'rinishi joylashtiriladi. O'quvchilar yig'ish chizmasining tuzishdar oldin, buyum ta'rifnomasidan foydalanib buyumning vazifasi, tuzilishi va har bir detalning o'zaro bog'lanishini Aniqlab olishi zarur. Moylash tuzilmalarini tasvirlash Buyumning yig'ish chizmasini tuzishdan oldin detallar ishqalanadigan yuzalarining moylanish usulini aniqlash va yig'ish chizmasida moylash tuzilmalarini to'g'ri tasvirlash zarur. Podshipnik vkladishi ichida aylanadigan val yuzasini vaqti-vaqti bilan moylab turish uchun qalpoqsimon moydon ishlatiladi (1-shakl, a). 1-shakl 3. Zichlagich tuzilmalarini tasvirlash Gaz, bug, suyuqlik bosimi ta'siri ostida bo'lgan detallarni zich qilib, zazorsiz birlashtirish zarur. Pnevmo va gidrosistemalarning rezervuar va qopkoq, klapan korpusi, porshen va shtok hamda boshqa detallari orasida zichlagich tuzilmalari o'rnatilishi zarur. Ajraladigan birikmalarning tekis yuzalari orasida zazorlarni zichlash uchun qistirmalar qo'llaniladi (2-shakl, a). Kistirmalar rezinkadan, kartondan, fibradan, asbestdan, paronitdan va boshqa materiallardan tayyorlanadi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.03 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.03 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: doc