Reja: 1. VBA komponentlarini o'rnatish 2. Word va Excel dan VBA ni chaqirish 3. Excel da makros yozish 4. Makrosning tuzilmasi Yordamchi (ilova) dasturlar uchun Visual Basic haqli versiyasi VBA-Visual Basic for Application-bu nom Microsoft kompaniyasi tomonidan Office dasturlarining dasturlash tiliga berilgan nomdir. VBA, shuningdek, boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ham yaroqli bo'lib, ular bu tildan o'z dasturlarida foydalanishlari mumkin. VBA va Visual Basic ning avtonom ishlovchi versiya lariorasidagi farqni bilish uchun ikki tashkil etuvchini farqlash kerak: 1. Visual Basic tilining negizi. obyektlar, yani tugma, ro'yxatlar oynasi va Active X boshqaruv elementlaridir. VBA da ham, Visual Basic ning avtonom ishlovchi versiyasida ham til negizi (asosi) o'zgarmaydi. SHu bilan bir vaqtda bu til-bu obyektlar to'plami bo'lib, ularning tarkibi o'zgarib turadi. VBA bilan ishlash imkoni bo'lgan dasturda o'ziga xos dastur obyektlari bo'ladi va ulardan siz o'z kodingizda foydalanishingiz mumkin. Misol uchun, Wordda Dosument (Hujjat) va Paragraph (Abzats) obyektlari bor. Siz bu obyektlar bilan ishlashni o'rganib olgan bo'lsangiz, VBA kodi yordamida bu obyektlar bilan ishlash imkoniga ega bo'lasiz. SHunisi ehtiborga loyiqki, sistemangizda Office dasturi o'rnatilgan bo'lsa, Office dasturlarining istalgan elementi uchun VBA kodini yozish mumkin. Masalan, Excelda yozilgan VBA kodini Word uchun yoki Visual Basic avtonom dasturida yozilgan koddan Office dasturining istalgan elementida foydalanish mumkin. Boshqa farqlar VBA da Visual Basicning avtonom versiyasidagiga o'xshash matn muharriri va sozlagich (otladchik) bor, lekin bu elementlar o'z imkoniyatlari bo'yicha bir nechta cheklashlarga ega. VBA da kodni avtonom EXE - faylgacha kompilyatsiya qilish imkoniyati yo'q, bundan tashqari, VBA (native code) protsessorning bevosita yo'riqnomasigacha qadar kompilyatsiya qila olmaydi. SHu bilan birga VBA da Data boshqarish elementi ham yo'q. Lekin ma'lumot bazalari orqali sof VBA kodi bilan ishlash imkoningiz bor. VBA ning noyob imkoniyati ham bor dastur tuzishni makroslar yozishdan boshlashingiz mumkin, yahni Office ning siz uchun kod yozadi. VBA Excel, Word, Access va Power Point dasturlarining bir qismi hisoblanadi. OutLook dasturi esa Visual Basic ning boshqa, imkoniyati kamroq vbceript versiyasidan foydalanadi. VBA ni o'rnatish VBA Office dasturlarini o'rnatishganda avtomatik tarzda o'rnatiladi. Lekin VBAning ma'lumotnomasi o'rnatilmaydi. VBA da dastur tuzish jarayonida ma'lumotnoma zarur bo'lishi mumkin. SHu bilan birga VBA bilan ishlashda axborotlar bazasi bilan ishlash imkonini beruvchi obyektlarni o'rnatish zaruriyati ham yuzaga kelishi mumkin. VBA komponentlarini o'rnatish VBA ma'lumotnomasi fayllarini o'rnatish uchun Officeni o'rnatish dasturini ishga tushiring. Dobavit (Udalit komponenti) (Add Remove components) Word, Excel va PowerPoint buyrug'ini tanlang. Spravka i fayli primerov (Help files and samples) satrini belgilang. Ascess uchun Spravka po programmirovaniyu (Programming Help) satrini belgilash lozim. Har ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
287.17 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
287.17 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: doc