Yuklagichlar va bog'lovchi programmalar Reja: Bog'lovchi yuklagich algoritmlari va jadvallari. Yuklagichning mashinaga bog'liqmas xususiyatlari. Yuklash jarayonini boshqarish. Programmalarning overley struktukasi. Yuklagich--bu tizim programmasi bo'lib, u obyekt programmani mashina xotirasiga yuklash vazifasini amalga oshiradi. Aksariyat yuklagichlar bundan tashqari ko'chirish va bog'lanishlarni ham amalga oshiradi. Odatda bog'lash funksiyasi yuklash va ko'chirish vazifalaridan ajratiladi. Bog'lash - bog'lash programmasi (bog'lash taxriri) orqali, ko'chirish va yuklash--yuklagich orqali bajariladi. Translyatorlar (assembler va komplyatorlar) har bir konkret tizimda biror standart shakldagi obyekt kodlarni yaratadilar. Shu sababli yuklagich va bog'lash programmalari uchun programma matni qaysi tilda yozilgani ahamiyatsiz. Bu ma'ruzada yuklagichning asosiy vazifalaridan biri bo'lgan obyekt programmani operativ xotiraga yozish va uning bajariluvchi birinchi adresiga boshqaruvni uzatishni ko'rib chiqamiz. Yuklagichlar ikki turga bo'linadi: absalyut va bog'lovchi yuklagichlar. Soddalashtirilgan o'quv mashinasi uchun yozilgan assembler programmasini xotiraga yuklash va unga boshqaruvni berish uchun absolyut yuklagich to'g'ri keladi. SO'M uchun yozilgan programmaga mos obyekt programma qo'yidagi ko'rinishga ega bo'lsin: H^COPY^00100^00107A T^00100^1E^141033^482039^001036^281030^301015^482061^3C1003^00102A^0C1039^00102D T^00101E^15^10C1036^482061^081033^4C00^454F46^003^ 00 T^002039^1E^041036^001030^E0205D^30203F^D8205D^281030^302057^549039^2C205E^38203F T^002057^1C^101036 ^4C00^F1^00100^ 041030^E02079^302064^509039^DC2079^2C1036 T^002073^07 ^382064^382064^4C00^05 E^00100 Absolyut yuklagichning ishi nisbatan sodda. Barcha ish bir o'tishda amalga oshiriladi: birinchi navbatda berilgan programma to'g'riligi tekshiriladi. Masalan, programmaning operativ xotiraga sig'ishi yoki yo'qligi, buning uchun bosh qism yozuvi o'qiladi. Keyin navbat bilan programma tanasi yozuvlari o'qilib, ko'rsatilgan adres bo'yicha joylashtiriladi va nihoyat, tugallash yozuvi o'qilgach programmaning boshlang'ich adresiga boshqaruv uzatiladi. Bog'lovchi yuklalich algoritmlari va jadvallari. Bog'lovchi yuklalich algoritmi absalyut yuklagich algoritmiga nisbatan murakkab. Chunki unda obyekt programmalar o'rtasida bog'lanish tashqi nomlarda ko'rsatgichlarni aniqlashga bog'liqdir. Bu ko'rsatgichlar tashqi nomlarga adreslar aniqlangandan keyingina qiymat qabul qiladi. Shu sababli bog'lovchi yuklagich xuddi assemblerga o'xshab ikkita o'tishda amalga oshiriladi. Birinchi o'tishda tashqi murojaatlar uchun adreslarni aniqlaydi, ikkinchi o'tishda yuklagichni, ko'chirish va bog'lashlarni bajaradi. Bog'lovchi yuklagich uchun tashqi nomlar jadvali -ESTAB zarurdir. Bu jadval SYMTABga o'xshash bo'lib, unda nomlar va tashqi marojaatlar adreslari (barcha boshqaruv seksiyalari uchun). Boshqa muhum o'zgaruvchilar -PROGADDR (programma yuklagich adresi) va CSADDR (boshqaruv seksiyasi adresi). PROGADDR - operativ xotiradagi bog'lanuvchi programma yuklanishi zarur bo'lgan programma boshlanish adresidir. Yuklagich bu adresni operatsion tizimdan oladi. SSADDR-ayni paytda yuklagich tomonidan qayta ishlanayotgan boshqaruv seksiyasining boshlanish adresi. Bu adres boshqaruv seksiyadagi borcha nisbiy adreslarga qo'shiladi. Bog'lovchi yuklagich birinchi o'tishda obyekt programmaning faqat bosh qism yozuvi va aniqlovchi yozuvni qayta ishlaydi. Birinchi boshqaruv seksiyasi uchun PROGADDR boshlang'ich adres bo'ladi. Boshqaruv seksiyasi yozuvlaridan o'qilgan nomlar (seksiya nomi , aniq yozuvdan nomlar) ESTABga qiymatlari bilan kiritiladi. Bu adreslar aniqlovchi yozuvdan qiymatlar CSADDR ga qo'shishdan hosil bo'ladi. Tugallash yozuvini o'qigandan keyin boshqaruv seksiya uzunligi (CSLTH) CSADDR ga qo'shiladi va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.65 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.65 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: doc