Yuzani bir xil shakllar bilan to'ldirish - массив buyrug'i bilan belgilangan ob'yektlarning nusxalarini to'rtburchak (Прямоугольный массив) yoki yoy bo'yicha (Круговой массив) joylashtirib olsa bo'ladi. Massiv buyrug'ining muloqat oynasi 20-21 rasmlarda keltirilgan. To'rtburchak massiv tanlangan bo'lsa qatorlar va ustunlar soni, va ularning oraliq masofalari hamda to'rtburchak to'rning buralish burchagi qiymatlarini kiritish kerak (20-rasm). Массив oraliq masofalariga musbat qiymat kiritilsa asl nusxasiga nisbatan yuqoriga va o'ngga qarab ko'payadi, manfiy qiymat kiritib ko'payish yo'nalishini o'zgartirish mumkin. Aylana massivi tanlangan bo'lsa kuyidagi parametrlar: markaz atrofida ko'payish uchun markaz koordinatasi, ko'payish soni (massiv soni), to'ldirilish burchagi (360 gradus tanlansa to'la aylana bo'yicha ko'payadi), massiv elementining o'z o'qi atrofida buralishi kabilar kiritiladi (21-rasm). Muloqat oynasida qiymatlar ma'lum bo'lsa kiritiladi, nomalum bo'lganda esa, tugmasi bosilib chizmaga qaytish va chizmada nishon bilan ko'rsatiladi. 22-a,rasmda aylana bo'yicha massivning ko'payishi ko'rsatilgan, bunda massiv soni 60 ta, to'lish burchagi 360 gradus va massiv elementi ko'payish vaqtida buralishga ruxsat berilgan. 46-b,rasmda turtburchakli massiv ko'rsatilgan, bunda massiv soni qator bo'yicha 3 ta va ustun bo'yicha 4 ta va buralish burchagi 0 qabul qilingan. 20-rasm. 21-rasm 22-rasm Misol tariqasida 23,a-rasmda ko'rsatilgan chizmani chizish ketma-ketligini keltiramiz. Avval radiusi 26, 25, 5 va 3 ga teng bo'lgan aylanalar chizib olinadi. So'ngra radiusi 3 ga teng bo'lgan aylana katta aylana markaziga nisbatan ko'paytirish orqali teng taqsimlanib 8 ta aylana chizib olinadi. Bu ketma-ketlikni batafisilroq keltirib o'tamiz. 1. - Круг (aylana) buyrug'i tanlanib ekranning ixtiyoriy yeriga sichqonchani bosib aylana markazini ko'rsatiladi va klaviaturadan aylana radiusi 26 raqami kiritilib Enter bosilagach, radiusi 26 ga teng bo'lgan aylana chiziladi. 2. Radiusi 25 ga teng bo'lgan aylanani chizish uchun aylana chizish buyrug'i takror tanlanadi va sichqoncha bilan radiusi 26 ga teng bo'lgan aylanaga yaqin boriladi. Shunda aylananing markazini ko'rsatuvchi sariq marker paydo bo'ladi (23,a-rasm). Bu markerga yaqinlashganda Центр yozuvi paydo bo'lgach, sichqoncha chap tugmasi chertiladi va klaviaturadan aylana radiusi 25 raqami kiritiladi. 3. Xuddi shu usulda radiusi 5 ga teng aylana ham chiziladi. 4. Markazdan 20 birlik masofada bo'lgan radiusi 3 ga teng bo'lgan aylanani chizish uchun aylana buyrig'i tanlanadi va sichqoncha bilan aylana markaziga yaqin boriladi. Nishon yonida Центр yozuvi paydo bo'lgach, u yerda bir oz to'xtab olamiz va chapga tomon yura boshlaymiz. Nishon yonida yurayotgan yo'nalish bo'yicha cheksiz nuqtali chiziq va yurilgan masofa ko'rinadi (23,b-rasm). Shunda klaviaturadan 20 raqami kiritilib, Enter tugmasi bosiladi (bu bilan aylana markazi topiladi) va yana 3 raqami ya'ni aylana radiusi kiritilib Enter bosiladi. 23-rasm 5. Radiusi 3 ga teng bo'lgan aylanani katta aylana markazi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
132.77 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
132.77 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: doc