Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ularni texnik soxalarda qo'llanilishi

Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ularni texnik soxalarda qo'llanilishi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ularni texnik soxalarda qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari va ularni texnik soxalarda qo'llanilishi Texnik ob'yektlarni loyihalash - hali mavjud bo'lmagan ob'yekt obrazini yaratish, o'zgartirish va taqdim etish jarayonidir. Ob'yekt yoki uni tashkil qilgan qismlar obrazi inson hayolida ijodkorlik natijasida yaratilishi yoki kompyuter va insonning o'zaro aloqasi jarayonida ba'zi bir algoritmlarga mos ravishda amalga oshirilishi mumkin. Loyihalash birqancha bosqichlarni, texnik topshiriqdan tortib to yaratilgan namunani sinashgacha jarayonni o'z ichiga oladi. Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishdan maqsad shundan iboratki: - loiyhalashdagi ilmiy faoliyatda muhandislik mehnati unimdorligini ko'tarish; - ishlov muddatini qisqartirish; - ishlanmalarni sifatini oshirish; - yangi zamonaviy takomillashgan buyumlarni yaratish LOYIHA TURLARI: avtomatlashtirilmagan - loyihalash jarayoni (kompyuterni ishlatmagan xolda); avtomatlashtirilgan loyiha - loyihalarning hamma echimlari va ularning bajarilish qismi inson va kompyuter harakatida bajariladi; avtomatik loyiha - loiha inson qatnashuvisiz kompyuterdagi dasturlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Har qanday murakkab tizim kabi ALT(avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari) ham tizimostidan tashkil topadi. Loyihalash va xizmat ko'rsatish tizimostisi mavjud. Loyihalash tizimostlari bevosita loyihalash protseduralarini bajaradi. Loyihalash tizimostiga misol qilib mexanik ob'yektlarni geometrik uch o'chovli modellashtirish, konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash, sxemotexnik tahlil qilish tizim ostilari kiradi. xizmat ko'rsatuvchi tizimostlari bo'lib loyiha ma'lumotlarini boshqarish (PDM - Product Data Management); loyihalash jarayonini bosqarish (DesPM - Design Process Management); kompyuter bilan mutaxassis o'rtasida aloqa o'rnatadigan foydalanuvchi interfeysi; ALTning dasturiy ta'minotini ishlab chiquvchi - CASE (Computer Aided Software Engineering) ; ALTda qo'llaniladigan foydalanuvchi texnologiyasini o'rganuvchi o'quv tizimostlari xizmat qiladi. Avtomatlashtirilgan loyihalashni amalga oshiradigan tizim CAD tizimlari deb ataladi. (ingliz tilidan olinganda CAD System - Computer Aided Design System). Loyihalshning avtomatlashtirilgan tizimi Ularning turlari Keng qo'llaniluvchi ALT guruhlariga quyidagilar kiradi: Mashinasozlik sohasida qo'llaniladigan ALT. MCAD (Mechanical CAD) tizimi deb ataladi. 2. Radioelektronika uchun ALT. Uning nomlari - ECAD (Electronic CAD) yoki EDA (Electronic Design Automation) tizimlar. 3. Arxitektura va qurulish sohalaridagi ALT. AutoCad tizimlari. MCAD tarkibida CAECADCAM tizimlar paydo bo'ladi: CAD-tizimlari 2D, 3D grafikaga asoslangan bo'lib, geometrik modellashtirishga yo'naltirilgan. Ularda chizma hujjatlarni rasmiylashtirish uch o'lchamli geometrik modellarni qayta ishlash amalga oshiriladi. САМ-tizimning vazifasi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, jarayonlarini modellashtirish, uskunani nisbiy harakat trayektoriyasini qurish, ishlov vaqti normalarini hisoblashdan iborat. САЕ-tizimining vazifasi tahlil proseduralarini loyihalsh, chidamlilik tahlili kabi fizik kattalik maydonlarini modellashtirish, murakkab ishlab chiqarish tizimlarini imitatsion modellashtirish. CALS-texnologiyalari tushunchasi. CALS-texnologiya - bu sanoat ishlab chiqarishini kompleksli kompyuterlashtirishdir. Uning maqsadi sanoat mahsulotini uning faoliyat davri barcha bosqichlarida o'ziga xos xususiyatlarini standartlashtirish va unifikasiyalshdir. CALS vazifalari sanoat mahsulotlari faoliyat davrining barcha bosqichlari bilan bog'liqdir. Nazorat savollari: Loyihalashni avtomatlashtirilgan tizimi nima? Loyihalashning qanday bosqichlarini bilasiz? 3.ALT turlari va modellari? 4. Ilmiy ishlarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.89 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.89 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga