Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Obyektga yo'naltirilgan dasturlash tillari

Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Obyektga yo'naltirilgan dasturlash tillari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Obyektga yo'naltirilgan dasturlash tillari - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash tillari Dasturlash - kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron qurilmalar uchun dasturlar tuzish, sinash va o'zgartirish jarayonidan iborat. Dаsturlаsh dаstur tuzuvchilarga dаsturlаrni kоmmutаtsiya blоki оrqаli kоmpyutеrning аsоsiy хоtirаsigа to'g'ridаn-to'g'ri kiritish imkоnini bеradi. Hozirgi kunda ko'plab masalalarni kompyutеr yordamida yechish uchun mo'ljallangan zamonaviy dasturlash tillari mavjud. JavaScript - multiparadigmali dasturlash tili hisoblanib, ob'ektga yo'naltirilgan, funktsional uslublarni qo'llab-quvvatlaydi. Bu dasturlash tili internet texnologiyalarida keng qo'llaniladi. Java - chuqur darajada klasslarga asoslangan, obyektga yo'naltirilgan (object-oriented) dasturlash tili. Java dasturlash tili veb sohasida uzoq vaqtdan beri foydalanib kelinaytogan, barqaror va kuchli tillardan biri hisoblanadi. Python - yuqori darajadagi dasturlash tili bo'lib, soddaligi, o'qilishi va sintaksisi tufayli eng oson til hisoblanadi. Python bugungi kunda yuqori darajada keng qo'llaniladigan dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. Veb ilovalarni yaratishda keng foydalaniladi. PHP - dinamik veb-saytlarni yaratish va rivojlantirish uchun eng keng tarqalgan tillardan biridir. CSS - veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. Hamda bir vaqtning o'zida bir nechta veb sahifalarni dizaynini o'zgartirish mumkin. HTML da ham veb sahifaga dizayn bersa bo'ladi, lekin bu juda uzoq jarayon talab qilgani bois, CSS bu vazifani o'z bo'yniga olgan. CSS ning boshqa tillardan bitta ustun tarafi shundan iborat. C++ - kompilaysiyalanadigan, statik usulda kiritilgan umumiy maqsadli dasturlash tilidir. C++ dasturlash vositasining yaratilishi esa nafaqat professional dasturchilar, balki oddiy dastur tuzuvchilar uchun ham keng yo'l ochib berdi. Juda qisqa vaqt ichida Borland kompaniyasi C++ning bir qator laxjalarini ishlab chiqdi. C++ ning oxirgi laxjalarida ma'lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlash, Internet tarmog'idan foydalangan holda ma'lumotlar alamashinuvini o'rnatish, dasturlashning obyektga yo'naltirilgan modelini keng qo'llash, vizual dasturlashda yangi komponentalar kutubxonasini (VCL) yaratish kabi asosiy farqli imkoniyatlarni o'z ichiga oladi. Borland C++ Builder 6 - bir necha muhim ahamiyatga ega bo'lgan texnologiyalar kombinatsiyasini o'zida mujassam etgan: yuqori darajadagi mashinali kodda tuzilgan komplyator; obyektga yo'naltirilgan komponentalar modellari; dastur ilovalarini vizual tuzish; ma'lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita. Borland C++ Builder 6 dasturini yuklash uchun quidagi ketma - ketlik bajariladi. Пуск = Все программы = Borland C++ Builder 6 = C++ Builder 6 Borland C++ Builder 6 dasturida dasturlash ikkita o'zaro ta'sir etuvchi bir-biri bilan bog'liq jarayon asosida tashkil qilinadi: - dasturni vizual loyihalash jarayoni; dastur kodlarini konsol muhitida kiritish jarayoni. Vizual loyihalash jarayonida dasturda yaratilayotgan ilovaning dizayni shakllanadi. C++ Builder 6 ilovasining ko'rinishi 1. Bosh oyna - C++ Builder 6 Project1; 2. Forma oynasi - Form1; 3. Ob'ekt xossalarini taxrirlash oynasi-Object Inspector; 4. Ob'ektlar ro'yxatini ko'rish oynasi - Object tree View; ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 336.59 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 336.59 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga