Zamonaviy GAT larni loyihalash va ularning sharhi Reja: GATni ishlab chiqish bosqichlari GATni loyihalashning xususiyatlari GATni ishlab chiqishning dasturiy vositalari ARCINFO (Instrumental GAT) ARCVIEW GIS 3.1 dasturiy paketi AutoCAD Map 200 Autodesk MAP R5 Autodesk MapGuide R5 dasturiy mahsuloti AutoCAD Land Devekopment CREDO kompleksining dasturiy modullari MapInfo dasturiy mahsulotlari Boshqa GAT-dasturlar GATni ishlab chiqish bosqichlari GATlarning dasturiy qobig'ini ishlab chiqish 6 bosqichdan iborat: GATga qo'yiladig an talablarni tahlil qilish Spestifikastiyalarni belgilash Tizimni loyihalash Kodlash Testlash Ekspluatastiya qilish va xizmatini ko'rsatish Ta'kidlash lozimki, bosqichlardan har birini realizastiya qilish uchun vaqt sarfi turlichadir, 4.1-rasm. Bosqichlardan har birini qisqacha tahlil qilib chiqamiz. Birinchi bosqichda ishlab chiqiladigan tizimga qo'yiladigan, ushbu tizim va uni ekspluatastiya qiladigan foydalanuvchilar o'rtasidagi interfeysda to'planadigan talablarni tahlil qilish amalga oshiriladi. Tahlilga axborotga ishlov berish vaqti, ishlov berishning narxi, xatolik ehtimoli va boshq. kabi masalalar kiritiladi. Talablarni tahlil qilish aynan hal etilishi lozim bo'lgan muammoni va kelishuv vaziyatlarini yaxshiroq tushunishda yordam berishi mumkin, bu eng yaxshi qarorni tanlashda ko'maklashadi. Tizimga qo'yiladigan, kelgusida o'zgarishi mumkin bo'lgan fazoviy-vaqt cheklovlarini, shuningdek uning turli qo'llanishlar uchun turlicha versiyalarida foydalaniladigan vositalarni aniqlash lozim. GAT yaratishda ishlab chiquvchilar jamoasi oldida bir zumda ham texnologik, ham kosteptual muammolarning ko'pchiligi yuzaga keladi. GAT asosida yotadigan asosiy tushunchalar, obyektlar va axborotga ishlov berish prosteduralarini aniqlab olish zarur. Bu masalani yechishga juda mas'uliyatli yondoshish zarur, zero aynan bo'lajak tizim konstepstiyasi va ma'lumotlar modelining takomilligi uning bozordagi muvaffaqiyatini va yashovchanligini belgilaydi. Bunda ishlab chiquvchilar ko'p omillarni - mavjud tizimlar konstepstiyalarining afzalliklari va kachiliklarini, amaliy masalalar tomonidan doim o'zgarib turadigan talablarni, axborot texnollogiyalaridagi o'zgarishlarni va ko'p boshqalarni inobatga olishlariga to'gri keladi. Spestifikastiyalarni belgilash bosqichida tizim funksiyalarini aniq ta'riflash amalga oshiriladi, kiruvchi va chiquvchi ma'lumotlarning strukturasi beriladi, fayllarning strukturasiga, ma'lumotlarga kirishni tashkil qilishga, ma'lumotlarni yangilash va chiqarib tashlashga tegishli bo'lgan masalalar kompleksi hal etiladi. Spestifikastiyalar faqat tizim bajarishi lozim bo'lgan funksiyalarni, qanday tarzda bunga Yerishilishini ko'rsatmasdan bajaradi. Tizim funksiyalarini realizastiya qilishning batafsil algoritmlarini tuzish ushbu bosqichda amalga oshirilmaydi. Loyihalash bosqichida spestifikastiyalar tomonidan beriladigan algoritmlar ishlab chiqiladi, va axborot tizimining umumiy strukturasi shakllantirladi. Ishlab chiqiladigan tizim katta bo'lmagan qismlarga shunday bo 'lib chiqiladiki, har bir shunday qismni realizastiya qilish uchun javobgarlik yoki bitta ishlab chiquvchiga, yoki ijrochilar guruhiga yuklatilishi mumkin bo'lishi kerak. Bunda tizimning shu tarzda belgilangan har bir moduli uchun unga qo'yiladigan talablar: realizastiya qilinadigan funksiyalar, modullarning o'lchamlari, bajarish vaqti va boshq. shakllantirilgan bo'lishi kerak. Keyingi bosqich - kodlashdir. Bu bosqich eng oddiysi. Uni realizastiya qilishda yuqori daraja algoritmik tillaridan, strukturaviy va obyektli-orientirlangan dasturlash ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
892.72 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
892.72 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: doc