Zamonaviy MBBTlar Ko'p foydalanuvchili rejimda (markazlashgan arxitektura, fayl serverli kompyuter tarmog'i, mijoz -serverli arxitektura) ma'lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalarining turli varinatlari ko'rib chiqiladi. Zamonaviy MBBT larning qisqacha ta'rifi keltiriladi. ma'lumotlar bazasi tushunchasi avvalo ko'plagan masalalarni bir nechta foydalanuvchilar tomonidan yechishga qaratilgan. Shu sababli zamonaviy MBBT larda ko'p foydalanuvchili texnologiyaning mavjudligi muhim hisoblanadi. Turli vaqtlarda bunday texnologiyalarni ro'yobga chiqarish shu vaqtda hisoblash texnikasining asosiy xarakteristkalari va dasturiy ta'minotning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan. Ushbu texnologiyalarni xronologik ketma - ketlikda ko'rib chiqamiz. Markazlashgan arxitektura ma'lumotlar bazasining ushbu texnologiyada MB, MBBT va dasturiy ta'minot (ilovalar) bitta kompyuterda (meynfreym yoki personal kompyuterda, 12.1-rasm) joylashgan. Bu usul uchun tarmoqni qo'llab - quvvatlash zarur emas va barcha vazifalar avtonom shaklda yuajarilgan. Ishlash tartibi va tuzilishi quyidagicha: ma'lumotlar bazasi fayllar to'plami shaklida kompyuterning qattiq diskida joylashadi. Shu kompyuterning o'zida MBBT va MB bilan ishlovchi dastur ham o'rnatilgan bo'lgan. Foydalanuvchi dasturni ishga tushirgan va dasturdagi mavjud foydalanuvchi interfeysi yordamida ma'lumotlarni o'qishyangilash uchun MB ga murojat etgan. MB ga muroja MBBT orqali o'tgan va MBBT MB ni fizik strukturasi haqidagi barcha ma'lumotlar saqlangan MBBT foydalanuvchi so'rovlarini bajarish uchun ma'lumotlarga murojatni ta'minlab (ma'lumotlar ustida turli amallarni bajarish orqali) bergan. MBBT natijalarni ilovaga bergan. Ilova esa o'zida mavjud foydalanuvchi interfeysi yordamida so'rov natijasini tasvirlab bergan. 12.1-rasm. Markazlashgan arxitektura Bunday arxitektura DB2, Oracle, Ingres MBBT larning birinchi versiyalarida qo'llanilgan [1]. Ko'p foydalanuvchilarni ishlash texnologiyasi yoki multiprogrammalar rejimi yordamida (proqessor va tashqi qurilma baravar ishlagan - masalan, biror foydalanuvchining amaliy dasturi tashqi xotiradan ma'lumotni o'qiyotgan bo'lsa, boshqa foydalanuvchi dasturi protsessor tomonidan bajarilgan) yoki vaqtni taqsimlash rejimi yordamida (foydalanuvchi dasturlari bajarilishi uchun vaqt kvantlari taqsimlab berilgan) amalga oshirilgan. Bunday texnologiya katta EXM lar (IBM-370, YeS-1045, YeS-1060) davrida keng qo'llanilgan. Bu texnologiyaning asosiy kamchiligi foydalanuvchilar soni oshishi bilan unumdorlikni keskin pasayishi bilan xarakterlanadi. Tarmoq va fayl serverli texnologiya ( «fayl-server» arxitektura) Qo'yilgan masalalar murakkabligining oshishi, shaxsiy kompyuterlar va lokal hisoblash tarmoqlarining paydo bo'lishi yangi «fayl-server» arxitekturani paydo bo'lbishiga zamin yaratdi. Tarmoq orqali murojat qilish mumkin bo'lgan ma'lumotlar bazasining ushbu arxitekturasida tarmoqdagi bitta kompyuter server sifatida ajratilgan va unda ma'lumotlar bazasining fayllari joylashtirilgan[2]. Foydalanuvchilarning so'roviga mos holda fayllar fayl-serverdan foydalanuvchilarning ishchi stansiyalariga uzatilgan va u yerda ma'lumotlarni qayta ishlash bilan bog'liq asosiy ishlar bajarilgan. Bunda markaziy server ma'lumotlarni qayta ishlashda qatnashmasdan faqat fayllarni saqlovchi vazifasini bajargan (12.2 -rasm.). Mijoz kompyuterlari 12.2-rasm. Arxitektura «fayl-server» Bu texnologiyani ishlash tartibi kuyidagicha: ma'lumotlar bazasi fayllar to'plami shaklida maxsus ajratilgan kompyuterning (fayl server) qattiq diskida joylashgan. Lokal tarmoq mavjud bo'lib, undagi har ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.45 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.45 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:43 ]
Arxiv ichida: doc