Zamonaviy mikroprosessorlar strukturasi va ishlash prinsiplari Reja: 1. Mnkroprotsessorlar 2. Tizimli platalar 3. Mashina ichidagi tizimli periferiyali interfeys Mikroprocessor (MP), Mikroprocessor (MP), boshqachasiga central processing unit (CPU), - dasturli boshqariladigan, axborotni qayta ishlaydigan funkcional tugallangan qurilma bo'lib, u bitta yoki bir nechta katta (KIS) yoki juda katta (JKIS) integral sxemalar ko'rinishda tayyorlangan. Mikroprocessor quyidagi vazifalarni bajaradi: asosiy xotiradan (AX) buyruqlarni o'qish va deshifrlash (ochish); ma'lumotlarni AX dan va tashqi qurilmalar (TK) adapterlarining registrlaridan o'qish; so'rovlarni va buyruqlarni adapterlardan TK, larga xizmat ko'rsatish uchun qabul qilish va qayta ishlash; ma'lumotlarni qayta ishlash hamda ularni AX ga va TK, adapterlarining registrlariga yozish; SHK ning barcha boshqa uzellari va bloklari uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish. Mikroprocessor qiymatlar shinasining razryaoliligi SHK ning razryadliligani aniqlaydi; MP adreslar shinasini razryadliligi uning adres kengligini aniqlaydi. Adres kengligi - bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni bo'lib, u bevosita mikroprocessor tomonidan adreslanishi mumkin. Intel va Intel Birinchi MP 4004 mikroprocessori Intel firmasi (AQSH) tomonidan 1971 yilda chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli mikroprocessorlar chiqarilmoqda, lekin еng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intel ga o'xshash firmalarning mikroprocessorlaridir. Barcha mikroprocessorlarni 3 ta gURO'hga bo'lish mumkin: - CISC tipidagi (Complex Instruction Set Command) to'liq to'plamli buyruqlar tizimi bilan MP; - RISC tipidagi (Redused Instruction Set Command) qisqartirilgan to'plamli buyruqlar tizimi bilan MP; - MISC tipidagi (Minimum Instruction Set Command) minimal to'plamli buyruqlar tizimi bilan va etarlicha yuqori tezkor MP (hozirgi vaqtda bu modellar ishlab chiqish bosqichida turibdi). CISC tipidagi mikroprocessorlar IBM PC tipidagi ko'pchilik zamonaviy SHK lar CISC tipidagi MP larni ishlatadi, ulardan ba'zilarining tavsiflari 19- jadvalda keltirilgan. Izoxrar. 1. MP 80386,80486 mikroprocessorlarida SX, DX, SL va b. harfli o'zgartirish kiritilganlari bor (80486SX, 80486DX), ular bazaviy modeldan shinalar razryadliligi, takgli chastota, ishlash ishonchliligi, o'lchamlari, еnergiya iste'moli, kuchlanish amplitudasi va boshqa kattaliklar bilan farq qiladi: - DX bazaviy model bilan deyarli mos keladi; - SX va SL, xususan kichikroq shinalar razryadliliga еga; - SL va ayniqsa SLE еnergiyani tejaydigan, ixcham SHK da (Lap Top, Notebook) ishlatishga mo'ljallangan. 80486DX - bu MP 80486 ning boshlang'ich versiyasidir. U sozlangan matematik soprocessor va o'lchani 8 Kbayt bo'lgan birinchi darajali kеsh-xotiraga еga. Uning uchun maksimal chastota - 50 MGc; chastotani yanada ortgarish u vaqtda MP uchun ma'noga еga еmas еdi, chunki ko'pchilik tizimli platalar bunday tezliklarda ishlay olmas еdilar. 486SX modeli DX ga o'xshash, lekin unda soprocessor bloklangan. Bu ishlab chiqaruvchiga soprocessorni testlash harajatlaridan xalos bo'lish va shu bilan maxsulot narxini ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
564.01 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:43
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
564.01 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:43 ]
Arxiv ichida: ppt