Ziqna dasturlar. Ma'lumotlarni muhofaza qilishda shifrlash mexanizmini tutgan o'rni. Kanalli va abonentli shifrlash Reja: Ziqna dasturlar tushunchasi Informatsiya mahfiyligini ta'minlovchi shifrlash mexanizmi Foydalanishni nazorat qiluvchi mexanizm Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlari.Talaba bu mavzuni to'la o'zlashtirgandan so'ng: Ziqna dasturlar haqidagi tamoyillarni biladi; Shifrlash mexanizmi asosiy prinsiplarini bo'laklarga bo'lib, ta'rif bera oladi; Abonentli shifrlash xususiyatlarinini talqin eta oladi; Raqamli imzo mexanizmlarini qaysi sinfga mansubligini tasavvur eta oladi; Marshrutni boshqarish va guvohlik berish mexinizmlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni aniqlaydi, bog'lanishlarni tahlil qila oladi. Ziqna programmalar - bular shunday programmalarki, ular ish jarayonida sistemaning biror resursini monopollashtirib, boshqa programmalarga bu resurslardan foydalanishga yo'l qo'ymaydi. Sistema resurslariga bunday programmalarning kirishi sistemaning barcha resurslarining teng huquqli ishlash jarayoniga putur yetkazadi. Tabiiyki, bunday xujum sistemaning ishiga faol ta'sir etish hisoblanadi. Bunday bevosita hujumlarga asosan, sistemaning eng muhim obyektlari - protsessor, operativ xotira, kiritish-chiqarish qurilmasi, disk xotirasi duchor bo'ladi. Ko'pchilik kompyuterlar, ayniqsa tadqiqot markazlarida fon programmalariga ega bo'ladilar, bu fon programmalarning esa ustunlik darajasi past bo'ladi. Ammo bu ustunlik darajasining oshishi natijasida programma qolgan programmalarni blokirovka qilib qo'yadi. Aynan shunday programmalar ziqna programmalar hisoblanadi. Agar ziqna programma cheksiz siklga tushib qolsa, sistema boshi berk ko'chaga kirib qoladi. Ammo ko'pchilik operatsion sistemalarda masalada foydalanilayotgan protsessor vaqtini cheklash imkoniyati mavjud. Bu boshqa programmalarga bog'liq bog'liq holda bajariladigan amallarga tegishli emas, masalan, asosiy programmaga asinxron holda bajariladigan kiritish-chiqarish amallarini keltirish mumkin; bularning ijro vaqti programma vaqti hisobidan tashqari bo'ladi. Kiritish-chiqarish amalining tugallanganligi to'g'risida asinxron axborotni olib va yana yangi kiritish-chiqarishga so'rov jo'natgandan so'ng, chin ma'nodagi cheksiz siklli programmaga erishish mumkin. Bunday xujumlarni asinxron xujumlar deb ham atashadi. Ziqna programmalarga yana bir misol sifatida operativ xotiraning katta qismini band qilib oluvchi programmani keltirish mumkin. YA'ni bunday paytda opreativ xotirada tashqi ma'lumot eltuvchidan o'tkazilgan ma'lumotlar ketma-ket joylashtiriladi. Oxir oqibatda, xotira faqat birgina programma ixtiyorida bo'lib, boshqa programmalar uchun operativ xotirada joy yetishmasligi natijasida, ularning ishi to'xtaydi. Yuqorida aytilganidek ziqna programmalar asosan sitemaning 3 asosiy resursi: protsessor vaqti, operativ xotira va kiritish-chiqarish kanallaridan birini egallashga harakat qiladi. Ammo sistemaning boshqa harqanday resursini ham egallashi mumkin: uning ishini blokirovka qilish, yoki qandaydir programma (masalan, virus) ish faoliyatining natijalaridan foydalanishi mumkin. Resurslarni egallab olishga qarshi kurashni turli ijro etiluvchi programmalarga chegaralar qo'yish (protsessor vaqti, kiritish-chiqarish amallari soni, ruxsat etilgan operativ xotira sig'imi va h.), shuningdek, ular ustidan domiy operatorlik nazoratini o'rnatish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Parollar o'g'risi. Bu programmalarni maxsus o'g'irlashga mo'ljallangan. Sistemaga kirishga urinishda nomni va parolni kiritish so'raladi va bu parol va nom buzg'unchiga jo'natiladi, so'ngra ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.75 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.75 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:43 ]
Arxiv ichida: doc