Ziyonet tarmog'idan foydalanish Darsning maqsad va vazifalari, kutilayotgan natijalar Ta'limiy-darsning maqsadi o'quvchilarning faqatgina yozma va kitobiy resurslardangina emas balki elektron manbalar asosida internet resurslaridan foydalangan holda darsni tashkil etish. O'quvchilarga Ziyonet tarmog'i haqida bilim va ko'nikmalar hosil qilish. Rivojlantiruvchi- O'quvchilarni bilim saviyasini rivojlantirish bilan birga, ularni aqliy qobiliyatini ham kengaytirish.O'quvchilarni o'tilayotgan darslarga ma'ruza sifatida emas, balki yangiliklarga to'la, bahs va munozarali, o'yinlar orqali dars jarayoni sifatida qarashlarini nazarda tutish. Shu bilan birgalikda o'quvchilarni mantiqiy fikrlashga o'rgatish. Tarbiyaviy-O'quvchilarda bahslashish, fikrlash madaniyatini shakllantirish. Shu bilan birga ular o'rtasida o'zaro muloqotni o'z aro xurmat ni yuzaga keltirish. Axborot texnologiyasiga bo'lgan qiziqishni oshirish.O'z - o'zini boshqarish qobiliyatini oshirish Dars turi: Ochiq dars. Dars o'tish metodlari: Ma'ruza namoyishi, videousul, kichik guruhlarda ishlash. Dars o'tish joyi: Kompyuter xonasi. Ajratilgan vaqt: 80 daqiqa Dars jihozlari: Ekran, videoproyektor, elektron qo'llanmalar, kompyuter. Yangi o'quv materialini mustahkamlash: Ziyonet tarmog'i haqida tushuncha berish. Ziyonet tarmog'idan foydalanishni o'rgatish. Uyga vazifa: Ziyonet tarmog'idan informatika faniga doir referat olish. Mashg'ulotning texnologik xaritasi Ma'ruza matni Hozirgi vaqtda axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda keng ko'lamda qo'llash jahon taraqqiyotining global tendentsiyasi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2005 yil 9 maydagi ma'ruzasida shularni qayd etib o'tdi: Yoshlarimizni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash bilan birga ularga zamonaviy taraqqiyot erishayotgan yutuqlardan ham bahramand bo'lishlarida ko'maklashmog'imiz lozim. Ayni chog'da, farzandlarimiz xalqimizning boy tarixini, milliy urf-odatlarini, bugun erishayotgan yutuqlarimizni, shuningdek, adabiyot va san'atimizni, fan va madaniyatimizni jahon uzra keng targ'ib etishda ham faol bo'lmoqlari darkor. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, xususan, Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozim. O'zbekistonning turli tuzilmalari tomonidan ma'lumotlar uzatish tarmoqlarida tashkil etilayotgan ta'lim va yoshlar yo'nalishidagi axborot resurslari ZiyoNET yagona axborot tarmog'iga birlashtiriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 29 sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog'ini tashkil etish to'g'risidagi qarorida shu narsa nazarda tutilgan. Respublikada ta'lim va yoshlar yo'nalishidagi axborot resurslarini tizimga soluvchi yagona axborot tarmog'i mavjud emasligi tufayli ZiyoNETni tashkil etish zarurati yuzaga keldi. Ziyonet tarmogiga kirish uchun veb brauzerni ishga tushirib, uning manzillar sohasiga W W W Ziyonet.o'z ni kiritamiz (1-rasm) 1-rasm Ekranda ziyonet tarmog'ining sayti chiladi (2-rasm) Saytning bir necha bo'limlari mavjud:Bosh sahifa, Publikasiyalar, Katalog, Kutubxona shular jumlasidandir Ziyonet tarmog'idan xohlagan mavzudagi ishlarni olish mumkin. Masalan bizga Informatika fanidan Kompyuter grafikasi mavzusida ma'lumot kerak bo'lsa saytning qidiruv sohasiga Kompyuter grafikasi so'zini kiritamiz va Izlash tugmasini bosamiz.(3-rasm) 3-rasm Natijada qidiruv natijalari hosil bo'ladi (4-rasm) 4-rasm Ma'lumotni olish uchun Ko'chirib olish tugmasini bosamiz (5-rasm) 5-rasm Ma'lumotni saqlash uchun 6 va 7-rasmlarda ko'rsatilgan amallarni bajaramiz 6-rasm 7-rasm Foydalanilgan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:36:46
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
522.17 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:43
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:36 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
522.17 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:43 ]
Arxiv ichida: ppt