Прямоугольник - to'g'ri to'rtburchak chizish tugmasi

Прямоугольник - to'g'ri to'rtburchak chizish tugmasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Прямоугольник - to'g'ri to'rtburchak chizish tugmasi - rasmi

Material tavsifi

Прямоугольник - to'g'ri to'rtburchak chizish tugmasi Режа: 1. «Дуга» - Yoy chizish tugmasi 2. «Круг» - Aylana chizish tugmasi «Прямоугольник» - To'g'ri to'rtburchak chizish tugmasi. Odatda usbu tugma tanlanganda sichqoncha ko'rsatkichi ikkita parametrni - to'g'ri to'rtburchakning bosh nuqtasi va diagonali bo'yicha to'g'ri to'rtburchak tugatiladigan nuqtasini belgilab berishni so'raydi. To'gri to'rtburchakni qo'shimcha o'lcham parametrlari - faska, tutashma burchaklar asosida bajarish ham mumkin. Buning uchun buyruq tugma tanlangandan so'ng klaviaturadagi ↓ - ko'rsatkichi bosiladi va yordamchi menu oyna chaqiriladi. Yordamchi menuda «Фаска» - Faska, «Уровень» - Nisbat, «Сопряжение» - Tutashma, «Высота» - Balandlik, «Ширина» - Kenglik buyruqlari mavjud. Sichqoncha ko'rsatkichi yordamida «Фаска» - Faska bandi tanlansa ekranda «Длина первой фаски прямоугольника» - To'gri to'rtburchak birinchi faskasining uzunligi degan axborot chiqadi. Bunda klaviaturadan kerakli qiymat kiritiladi va Enter tugmasi bosiladi. Song «Длина второй фаски прямоугольника» - To'g'ri to'rtburchak ikkinchi faskasining uzunligi degan axborot chiqadi. Bunda ham kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib, Enter tugmasi bosiladi. Har safar to'g'ri to'rtburchakni bajarishda kiritilgan parametrlar saqlanib, avtomatik ravishda berilgan qiymatlarga asoslangan holda to'g'ri to'rtburchak chizilaveradi. «Уровень» - Nisbat bandi tanlansa biron bir ob'ektga nisbatan ma'lum bir balandlikda to'g'ri to'rtburchak yasash nazarda tutiladi va ushbu parametr faoliyati uch o'lchamli chizma yaratishda, izometriada yaqqol ko'rinadi. Qiymatlar klaviaturadan kiritilib, Enter tugmasi orqali tasdiqlanadi. «Сопряжение» - Tutasma bandi tanlansa ekranda «Радиус сопряжения прямоугольников» - To'g'ri to'rtburchak tutashma radiusi degan axborot chiqadi. Klaviaturadan tutashma radiusi sonli qiymatda beriladi va Enter tugmasi orqali tasdiqlanadi. Har safar to'g'ri to'rtburchakni bajarishda kiritilgan parametrlar saqlanib, avtomatik ravishda berilgan qiymatlarga asoslangan holda to'g'ri to'rtburchak chizilaveradi. «Высота» - Balandlik bandi tanlansa to'g'ri to'rtburchakka hajm berish maqsadida uning eni va bo'yidan tashqari balandligini berish nazarda tutiladi va ushbu parametrning faoliyati ham uch o'lchamli chizma yaratishda, izometriada yaqqol ko'rinadi, aks holda ikki o'lchamli plan holidagi chizmalarda ushbu parametr ko'rinmaydi. Kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib Enter tugmasi orqali tasdiqlanadi. «Ширина» - Kenglik bandi tanlanganda to'g'ri to'rtburchakning chiziqlari kengligi yoki qalinligi tushuniladi. Bunda kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib Enter tugmasi orqali tasdiqlanadi. To'gri to'rtburchakning aniq o'lchamlarini, ya'ni eni va bo'yi yoki yuza kattaligida berish uchun, «Прямоугольник» - To'g'ri to'rtburchak chizish tugmasi bosilib dastlabki bosh nuqtasi tanlangandan so'ng, ekranga «Второй угол или ↓» - Ikkinchi burchak yoki ↓ degan axborot chiqadi. Klaviaturadagi ↓ - ko'rsatkichi bosiladi va yordamchi menu oyna chaqiriladi. Unda «Площадь» - Yuza, «Размеры» - O'lchamlar, «Поворот» - Burilish buyruq bandlari mavjud. «Площадь» - Yuza bandi tanlansa yuza qiymati klaviaturadan kiritilib, Enter tugmasi orqali tasdiqlanadi. So'ng «Вычислять размеры прямоугольника на основе параметра» - Quyidagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 471.86 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 471.86 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga