9-Amaliy ish Mavzu: Xavfsiz Wi-Fi simsiz tarmog'ini qurish Ishdan maqsad: Simsiz tarmoq haqida tushunchaga ega bo'lish. Wi-Fi tarmog'ini qurish, MAC manzil bo'yicha filtrlash va parol yordamida xavfsizlikni ta'minlashni o'rganish. Nazariy qism Simsiz tarmoq Wi-Fi ulanish nuqtasini himoya qilish muhim hisoblanadi. Sababi xavfsizlik ta'minlanmasa, kimdir sizning tarmoqdan axborot almashishda tizimingizni buzishi yoki tarmoq orqali noqonuniy harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Wi-Fi protokollari - bu Wi-Fi simsiz axborot almashinishda xavfsiz kirishni ta'minlash uchun ishlab chiqilgan standartdir. Wi-Fi protokollari tarmoq bo'ylab harakatlanayotganda ma'lumotlarni shifrlaydi. Shifrini ochish kaliti bo'lmagan odam tarmoqqa ulana olmaydi va aloqa ma'lumotlarini o'qiy olmaydi. Barcha protokollar sizmsiz tarmoq xavfsizligini ta'minlash uchun ishlab chiqilgan. Ushbu protokollarning har biri o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Foydalanuvchi tegishli protokolni tanlashi kerak. Shuni yodda tutish kerakki, simsiz tarmoqlar mutloqo xavfsiz emas, chunki simsiz signallarning fazoda tarqalishini nazorat qilib bo'lmaydi. Shuning uchun ma'lumotlarni buzish yoki o'qish xavfini kamaytiradigan eng yaxshi xavfsizlik protokolini tanlash muhimdir. WEP (Wired Equivalent Privacy) WEP (Wired Equivalent Privacy)- Wi-Fi tarmoqlari xavfsizligini ta'minlash uchun ishlab chiqilgan dastlabki algoritm. Maxfiylikni ta'minlash va foydalanuvchilarning uzatilgan ma'lumotlarini ushlab qolishdan himoya qilish uchun ishlatiladi. WEP-40 va WEP-104 ikkita versiyasi mavjud, ular faqat kalit uzunligi bilan farqlanadi. Hozirgi vaqtda ushbu texnologiya eskirgan, hakerlar bir necha daqiqada buzib kirishi mumkin. Biroq, u keng foydalanishda davom etmoqda. WPA va WPA2 (Wi-Fi Protected Access) - simsiz qurilmalar uchun yangilangan sertifikatlash dasturi. WPA texnologiyasi WEP simsiz Wi-Fi tarmoq xavfsizligi texnologiyasini almashtiradi. WPA-ning afzalliklari ma'lumotlar xavfsizligining mustahkamlanganligi va simsiz tarmoqlarga kirishning kuchaytirilgan nazoratidir. Muhim xususiyat ko'plab simsiz qurilmalar, ham apparat, ham dasturiy ta'minot o'rtasidagi muvofiqlikdir. Hozirgi vaqtda WPA va WPA2 Wi-Fi Alliance tomonidan ishlab chiqilgan va foydalanilmoqda. WPA 802.1X standartlarini, shuningdek EAP (Extensible Authentication Protocol -kengaytirilgan autentifikatsiya protokoli) ni qo'llab-quvvatlaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, WPA2 AES (Advanced Encryption Standard) ga muvofiq shifrlashni qo'llab-quvvatlaydi, bu WEP RC4-ga nisbatan bir qator afzalliklarga ega, masalan, yanada mustahkam kriptografik algoritm. WPA-ni amalga oshirishda texnologiyani mavjud. WPA-ning ba'zi o'ziga xos xususiyatlari: rivojlangan RC4 shifrlash sxemasi EAP yordamida majburiy autentifikatsiya. markazlashtirilgan xavfsizlikni boshqarish tizimi, mavjud korporativ xavfsizlik siyosatida foydalanish qobiliyati. Amaliy qism. Cisco Packet Tracer dasturida simsiz routerlarida WEP, WPA, WPA2 protokolini sozlash Dastlab Cisco Packet Tracer dasturi ishga tushiriladi va rasmdagi kabi kompyuterlar, noutbooklar, smartfon va sizmiz router tanlab olinadi. Kompyuter va noutbooklarni simsiz routerga ulanish uchun qurilmalarda simsiz adapterni ulab qo'yish kerak. Buning uchun kompyuter tanlanadi. Physical bo'limiga o'tiladi: Kompyuter o'chiriladi; Kompyuter pastki qismidagi Ethernet adapter olinadi; Simsiz tarmoq adapter kompyuterga joylanadi va kompyuter qayta yoqiladi. Shu tariqa qolgan ...

Joylangan
06 Sep 2024 | 15:24:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
447.67 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:41
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
06 Sep 2024 [ 15:24 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
447.67 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:41 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan