Optik aloqa linyalari zichlashtirish usullari Kirish Asosoiy qism Optik aloqa. Afzaligi va kamchiliklari Optik tolali aloqa liniyalari Zichlashtirsh turlari va usullari Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Insoniyat taraqqiyotida aloqaning, xususan, optik aloqaning roli katta bo'lgan, bunga sabab uning tarqalish tezligining juda kattaligidir. Hozirgi kunda deyarli har bir uyda radio, televizor va telefon bor, shaharlar va maydonlar o'rtasida yotqizilgan kabellar yordamida koinotdan Yerning sun'iy yo'ldoshlari orqali keng miqyosda axborotlar uzatilib turiladi. Ammo aloqa texnikasining rivojlanishi, elektronikaning zamonaviy yutuqlari, elektromagnit to'lqinlarining sm va mm diapazonining o'zlashtirilishi ham hozirgi paytda mislsiz ko'payib ketayotgan axborot talablariga javob bermay qoldi. Amaliyot axborotning zichligi, uzatish chastotasining oshirilishi aloqa kanallarini zichlashtirish kabi qator talablarni qo'ymoqda. Shuning uchun ham dunyo mutaxassislari birinchi navbatda optik diapazonga qayta-qayta e'tibor bera boshladilar. Shuningdek, dunyodagi mis konlari borgan sari kamayib bormoqda. Vaholanki, texnikada juda kerak bo'lgan bu metallning deyarli yarmi kabellar uchun ishlatiladi. Olimlarning taxmini bo'yicha mis ishlab chiqarish XXI asrda keskin ravishda kamayadi. Demak, biror chora topilmasa, kabel ishlab chiqarish tushkunlikka uchrashi turgan gap. Shuning uchun ham mis simlardan voz kechib, axborotni shaffof shisha tolalar orqali nur yordamida uzatishga o'tish lozimligini tushunib yetildi. Demak, shisha tolalarni ishlatish ikki ijobiy yutuqqa axborot uzatish tezligini keskin oshirib, qimmat hisoblangan misni katta miqdorda iqtisod qilishga imkon beradi 60-yillarda kashf etilgan lazerlar ham katta samara bermadi. Chunki axborotni lazer nuri bilan ochiq atmosferada uzatish yaxshi natija bermadi. Bunga sabab atmosferadagi temperatura, havo oqimi, changlar, tuman va h.k. lar tinimsiz o'zgarib turganligi uchun ochiq havo nur o'tkazuvchi muhit sifatida ishlatishga yaroqsizligi aniqlandi. Lazer nurini trubalar ichida uzatib ko'rildi, lekin bu yo'l ham foyda bermadi. Shuni aytish kerakki, nur o'tkazuvchi shisha tolalar 60 - yillarda ma'lum edi. Ularning diametri 100 mkm bo'lib, o'zak va uni o'rab olgan qobiqdan iborat edi. O'zakning sindirish ko'rsatkichi qobiqning sindirish ko'rsatkichidan biroz katta bo'lishi kerak. Lazer nurini shunday tolalar orqali uzatishga urinib ko'rildi, ammo bunday tolalar juda katta yutish koeffisiyentiga ega bo'lib, taxminan 100 dbkm ga teng. Bunday tolaga kiritilgan nur bir necha metr masofadan so'ng deyarli butunlay yutilib ketadi. Ammo 1966 yilda ingliz olimlari Kao va Xokxem o'zlarining ilmiy izlanishlarida optik shishalardagi nurning yutilish sabablarini tahlil qilib, nurning yutilishiga asosiy sabab He, Ni, Si, Sg va shunga o'xshash metallar shisha sintez qilinayotganda tashqaridan (havodan, tigeldan) kirib qolgan metall ionlari ekan. Maqola mualliflari agar shishalar ana shu ionlardan tozalansa, yutish koeffisiyenti 20dbkm bo'lgan tolalar olish mumkinligini isbotlab berdilar. Bu maqoladan so'ng dunyo miqyosida yutish koeffisiyenti kichik bo'lgan nur o'tkazuvchi tolalarni olish bo'yicha ishlar juda ...

Joylangan
31 Aug 2022 | 11:52:35
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
350.5 KB
Ko'rishlar soni
242 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:18
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
31 Aug 2022 [ 11:52 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
350.5 KB
Ko'rishlar soni
242 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:18 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan