Optik IP-tarmoqlarida xizmat ko'rsatish sifatini ta'minlash xususiyatlari Reja: Optik IP-tarmoqlarida xizmat ko'rsatish sifatini ta'minlash xususiyatlari IPTVning asosiy xususiyatlari. IPTV arxitekturasi. IPTV tarmoqlarning xizmatlari va ularning afzalliklari TCPIP protokollarining tuzilishi va ularning ishlash tamoyillari Marshrutizatsiya va signalizitsiya protokollari: RIP, OSPF, IGRP, EIGRP, EGP, BGP IP tarmoqlarida multimediali trafiklarning xususiyatlari Multimedia aloqa tarmoqlarini tashkil etish texnologiyalari Optik IP-tarmoqlarida xizmat ko'rsatish sifatini ta'minlash xususiyatlari Zich to'lqinspektral zichlashtirish (Dense Wavelength Division Multiplexing, DWDM)ga ega bo'lgan texnologiya tomonidan tavsiya etilgan, etarli chastota polosasi bilan birgalikda keng tarqalgan IP texnologiyasi, IP-over-DWDM kabi ma'lum va keyingi avlodning (Next Generation, NG) internet tarmoqlarida katta masofalarga ma'lumotlarni uzatishda etaksi hisoblanadi. DWDM - bu optik zichlashtiruvchi texnologiya bo'lib, juda ko'p chastotalarda yoki to'lqin uzunliklarida ma'lumotlar paketini bir vaqtda uzatish orqali, optik tola resurslaridan yaxshiroq foydalanishga imkon beradi. Ayrim xizmatlar uchun, ovozli paketlarni va videoni real vaqtda uzatish kabi ayrim xizmatlarni kafolatlash uchun xizmat ko'rsatish sifati (Quality of Service, QoS)ni ta'minlash muammosi, optik magistrallar uchun amalda yechimini topmagan. Optik DWDM tarmoqlarida QoS ni ta'minlash muammolari, elektron kommutatorlarda va marshrutizatorlarda qo'llaniladigan QoS usullardan bir qancha fundamental farq qiladi. Eng asosiy farqi DWDM qurilmalarida, kechiktiruvchi optik liniyalarda buferlanishi mumkin bo'lgan paketlar navbati konsepsiyasining mavjud emasligidir. Kechiqish liniyasi bu (Fiber Delay Line, FDL), ma'lum bir vaqt oralig'ida optik signalni kechiktirish uchun qo'llaniladigan uzun optik tolali liniya. Optik tarmoqlarda navbat alternativasi sifatida, kelgusida ma'lumotlarni optik kommutatsiyalash yo'li orqali chastota polosasini zaxiralash uchun signalli axborotlarni qo'shimcha uzatish qo'llaniladi. Optik kommutatsiyalash texnologiyalari DWDM texnologiyasiga asoslangan optik tarmoq bo'ylab IP-trafiklarini uzatish uchun, uchta asosiy kommutatsiyalash texnologiyasi tavsiya qilingan. Shunga mos holda IP-over-DWDM tarmoqlari quyidagicha sinflanishi mumkin: Optik kommutatsiyalash texnologiyalari DWDM texnologiyasiga asoslangan optik tarmoq bo'ylab IP-trafiklarini uzatish uchun, uchta asosiy kommutatsiyalash texnologiyasi tavsiya qilingan. Shunga mos holda IP-over-DWDM tarmoqlari quyidagicha sinflanishi mumkin: ◦ To'lqinli marshtutizatsiyaga ega bo'lgan tarmoqlar (Wavelength Routing, WR); ◦ Paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo'lgan tarmoqlar (Optical Packet Switching, OPS); ◦ Bloklarni optik kommutatsiyalashga ega bo'lgan tarmoqlar (Optical Burst Switching, OBS). IPTVning asosiy xususiyatlari. IPTV arxitekturasi. IPTV tarmoqlarning xizmatlari va ularning afzalliklari IPTV xizmatini taqdim etishning xususiyatlari.IPTV xizmatlari klassik telekommunikatsion xizmatlari kafolatlarini ta'minlash sohasini kengaytiradi. IP televideniye abonentlari monitortelevizor ekranida masofali pult yordamida baza- teledasturni ko'rishlari mumkin. Raqamli IP televideniyesi belgilangan vaqtda teleefir dasturlarini yozib olishni dasturlashtirishi mumkin. YOzib olingan videoni ma'qul vaqtda qayta-qayta ko'rish mumkin. IP-televideniyesida film va dasturlarni HDTV (yuqori aniqlik televideniyesi) formatida 1920x1080 kenglikdagi tasvir va Dolby 5.1 ko'pkanalli xajmli ovoz bilan ko'rsatishga katta e'tibor qaratilgan. hozirgi vaqtda bu formatni ko'plab telekanallar qo'llaydi. ...

Joylangan
31 Aug 2022 | 11:52:35
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
32.53 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:18
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
31 Aug 2022 [ 11:52 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
32.53 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:18 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan