Virtuallashtirilgan va virtuallashtirimagan kompyuter muhitlarining

Virtuallashtirilgan va virtuallashtirimagan kompyuter muhitlarining

O'quvchilarga / Informatika va AT
Virtuallashtirilgan va virtuallashtirimagan kompyuter muhitlarining - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI QARSHI FILIALI MUSTAQIL ISH Bajardi: N.UMAROV Qabul qildi: @DARSISHLANMAYANGI Mavzu: Virtuallashtirilgan va virtuallashtirimagan kompyuter muhitlarining kо'rinishini tahlil qilish Reja: Kirish Virtuallashtirilgan tahlil Virtuallashtirilmagan tahlil Virtual dasturlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kompyuter(inglizcha: computer - hisoblayman) - oldindan berilgan dastur bo'yicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida kompyuter ning bir necha avlodlarini ko'rsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur ta'minoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa bo'lgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. So'ngra bu lampa o'rnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (AQSh), YESEVM (Rossiya) va boshqalar, integratsiya darajasi katta bo'lgan integral sxemalar o'rnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo bo'ldi. Shaxsiy kompyuter (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmga kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM shirkati shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chikara boshladi. Keyinchalik boshka firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple shirkati esa Macintosh (talaffuzi: Makintosh) yoki oddiygina maki deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda o'nlab million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha o'n superEVM) bo'lgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar urnatilgan kompyuterdan, qujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi bo'lgan kompyuterdan foydalaniladi. Istalgan kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat bo'ladi. Kerak bo'lganda bo'lardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester - qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) bo'lib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Ko'pincha, kompyuter tarkibiga sichqon manipulyatori va printer kiritiladi. Sichqon ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) bo'lgan qurilma bo'lib, uning yordamida kompyuter ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qog'ozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, to'rt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi bo'lib, axborotlarga ishlov beradi, ya'ni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 446.48 KB
Ko'rishlar soni 0 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:37 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 446.48 KB
Ko'rishlar soni 0 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga